Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə20/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Kasb-hunar etukligi — bu ham ancha murakkab tushunchadir. Uning murakkabligi shundaki, bir tomondan u qandaydir bilim yurtini, o’quv kurslarini bitirish, ya’ni ma’lum bir ish turini bajarish uchun zarur bo’lgan maxsus bilimlarga ega bo’lish bilan belgilanadi. Biroq odam u yoki bu bilim yurtini (kollej, litsey, texnikum, institutni) bitirganidan keyin o’zi tanlagan kasbi bo’yicha bir necha yil ishlab ko’rishi kerak bo’ladi va shundan keyingina uning kasb-hunar etukligi haqida gapirish mumkin. Shu bilan birga ba’zi bir kasblar bo’yicha 19—20 yoshlardayoq kasb-hunar etukligiga erishish mumkin bo’lsa, boshqalarda masalan xirurg-vrachlikda kechroq 29—30 yoshga etganda bunga erishish mumkin. Shaxsni etukligining yana bir jihati ijtimoiy-iqtisodiy etuklikdir. Bunda odamning o’zini va o’z oilasini moddiy jihatdan mustaqil ta’minlay ola bilishligi nazarda tutiladi. Yoshlarni oila qurishlarida, ularning iqtisodiy mustaqilligi alohida ahamiyatga ega. Bu o’rinda ham turlicha yosh chegaralari mavjud, yoshlarninig ayrimlari 18—19 yoshidayoq ota-onasi oilasidan iqtisodiy mustaqillikka erishishi mumkin, boshqalari esa 25—30 yoshlarida ham ota-onalarining moddiy yordamidan foydalanadilar. Bu etuklik jihatlari orasida shaxsning ma’naviy va axloqiy etukligi haqida gapirish eng murakkabidir. Chunki bu jihat haqida aniq bir mezon va tavsif hozircha ishlab chiqilmagan. Shunday qilib, «etuklik» tushunchasi o’zicha ko’plab jihatlarni mujassamlashtiradi. Shuni aytib o’tish joizki «etuklik» tushunchasi, albatta ma’lum bir hayotiy tajriba bilan, ya’ni «hayotiy bilimlar» bilan uzviy bog’liqdir. «Hayotiy bilimlarni o’zlashtirish», «Hayot universitetlaridan» o’tishning ham o’ziga xos individual xususiyatlari mavjud. Kimdir 20 yoshidayoq «hayotni yaxshi bilib oladi», kimdir 30 yoshida ham bolaligicha qolaveradi. Bunga mavjud ijtimoiy sharoit, jamoatchilik va ijtimoiy tartibning ta’siri katta. Ma’lumki oldingi vaqtlarda, ayniqsa urush yillari bolalar kattalar ham hamma vaqt uddalay olavermagan hayotiy qiyinchiliklarni boshidan kechirganlar. U vaqtlarda 12—14 yoshdanoq bolalar onalariga oilani ta’minlashda yordam berganlar. Shuningdek shahar va qishloq joylarda istiqomat qiladigan, kam farzandli va ko’p farzandli oilalarda, nuklear yoki ko’p tabaqali oilalarda o’sayotgan bolalarning ham oilani moddiy, ijtimoiy ta’minotiga hissa qo’shish, bu ishlar bilan shug’ullanish muddatlari va miqdori turlichadir. Hayotni bilish, hayotiy tajribalar turli individlarda turlicha jadallikda amalga oshishi mumkin va bu o’rinda qandaydir bir yosh, vaqt oralig’ini ko’rsatishi mutlaqo mumkin emas. Buningustiga hayotni, bizni o’rab turgan atrof olamni bilish o’z navbatidacheksizdir. Shunga qaramay ijtimoiy va iqtisodiy etuklikning ma’lum bir minimum chegaralarini belgilab olish mumkin, ya’ni shunday hayotiy tajriba, bilimlar «minimumi» mavjudki, ularsiz biron-bir yoshni, yigit-qizni tom ma’noda etuk deb hisoblab bo’lmaydi.
Mana yuqorida keltirib o’tilganlarning o’ziyoq «etuklik» tushunchasi naqadar keng tushuncha ekanligini ko’rsatib turibdi. Shunga qaramay biz undan foydalanishga majburmiz. Chunki u nikohning mustahkamligini belgilab beruvchi muhim shart-sharoitlarni, vaziyatlarni o’zida mujassamlashtiradi. Gap shaxsning psixologik etukligi haqida borgudek bo’lsa, bunda dastavval uning turli hayotiy vaziyatlar va sharoitlarni hushyor baholay olishi nazarda tutiladi. Bu hushyorlik amaliylik, voqelikni to’g’ri baholay olish shaxsda o’zining yutuq va kamchiliklarini, bilim, malaka va qobiliyatlarini etarlicha ob’ektiv baholay olishda ham namoyon bo’lishi kerak. Afsuski, ko’pincha yoshlar o’z qobiliyatlarini orttirib baholab, o’z oldilariga erishib bo’lmaydigan maqsadlarni qo’yib olishi hollariga duch kelinadi. Ayniqsa, oilaviy hayotni tasavvur qilish, unda o’z o’rnini baholash masalasida yoshlarimiz ko’proq xatoga, o’zlarini orttirib baholashga, oilaviy hayotdan mumkin bo’lganidan ko’proq narsani kutish hollari ko’proq kuzatiladi. Natijada muvaffaqiyatsizliklar, pushaymon bo’lishlar, asab buzilishlar yuzaga keladi. Psixologik etuk shaxs esa aksincha, o’z oldiga erishishi muqarrar bo’lgan, bunga imkoniyatlari etarli bo’lgan maqsadlarni qo’yadi, o’z hayot yo’lini va unga erishish vositalari va usullarini to’g’ri belgilaydi. Bunday shaxs o’z hissiyoti, kechinmalarini etarlicha yaxshi nazorat qila bilishligi, ya’ni ichki intizomining yuqori rivojlanganligi bilan xarakterlanib turadi. Psixologik etuklik boshqa odamlarning xohish, istaklari, kechinmalarini tushunish bilan ma’lum darajada bog’liq. Bu o’z navbatida muloqotning, hamkorlikning yaxshi yo’lga qo’yilishiga, oilada, turli guruhlarda gormonik munosabatlarning o’rganilishiga imkon beradi. Turli yoshdagi, mansab, lavozim, toifadagi odamlar bilan, qiziqishi, odati, ta’bi, turmush tarzi mutlaqo boshqacha bo’lgan odamlar Bilan o’rinli munosabatda bo’la olish — shaxsning psixologik etukligining asosiy xususiyatlaridan biridir. Yoshlar oila qurayotganlarida bu xususiyatlar hal qiluvchi bo’lib hisoblanadi. Albatta, bunday qobiliyatlar bir kunda shakllanmaydi. Ular oldingi hayoti davomida unga berilgan tarbiya ta’sirida asta-sekinlik bilan shakllanadi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə