Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə19/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Nazorat savollair:
1. Oilaning ijtimoiy ahamiyatiga molik funktsiyasini nimalar belgilaydi?
2. Hozirgi zamon oilasi “monogam” oilalardan iborat. Bu qanday oilalar?
3. Psixologik muhit – bu nima?
4. Oiladagi psixologik muhitga ta’rif bering.
5. Sotsialog-psixologlar o’z tadqiqotlarida nimalarni aniqlaganlar?
6. Muvofiqlik – bu nima
7. “Oila yili” yili deb nechanchi yil belgilangan?
8. O’zagining ijtimoiy mazmuniga qarab, oila 3 ta guruhdan tashkil topadi. Ularni sanang va ta’rif bering.
9. Oilaning asosini nima tashkil etadi?
10. Hozirgi zamonoilalarining funktsiyalarini sanang va ta’riflab bering.


Adabiyotlar ro`yxati:

  1. Karimova V.M. “Oila psixologiyasi” Darslik –T.:Fan va texnologiya. 2008. 152 b.

  2. Shoumarov G.B. taxrir ostida. «Oila psixologiyasi».T.: Sharq,-272b.

  3. Bo’riev O.O’zbek oilasi tarixidan. – T.: O’qituvchi, 1995.-128b


4-MAVZU: YoShLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH
Maqsad: Nikohga etuklik va nikoh yoshi xususiyatlari to`g`risida tushuncha berish, Nikoh qurish motivlari xususiyatlari haqida tushuncha berish orqali talabalarni axloq-odob tarbiyasini shakllantirish, oila psixologiyasi to`g`risidagi tasavvurlarini kengaytirish, bo`lajak pedagog-psixologlarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish.
Mavzuga oid kalit so`zlar: Oila, Nikoh qurish motivlari xususiyatlari, oila kodeksi, nikoh, nikoh yoshi, tanishish shartlari va muddatlari, jamiyat, havas, oila, qiziqish, makon, er-xotin, omillar.


Asosiy savollar:
1. Nikohga etuklik va nikoh yoshi xususiyatlari.
2. Nikoh qurish motivlari xususiyatlari
3. Nikohgacha tanishish shartlari va muddatlari
4. Oilaviy hayot haqidagi tasavvurlar


1-savol bayoni.
Oila deb atalmish muqaddas makon, «oila qasri» ning mustahkamligi shu qasrning poydevori bo’lmish nikoh oldi omillari xususiyatlariga, ularning qay darajada to’g’ri va mustahkam qo’yilishiga bog’liq. Agar shu poydevor etuk, mustahkam bo’lsa, uning ustida qurilgan imorat ham ko’rkam, yorug’, unda istiqomat qiluvchilarga qulaylik, xotirjamlik, tinchlik, huzur-halovat bag’ishlaydigan bo’ladi. Hech bir devor yoki uy poydevorsiz bo’lmaganidek, Sizning qurajak oilangizning ham o’ziga xos poydevorlari bor. Ular shu oilaning yuzaga kelishiga, qurilishiga asos bo’lgan nikoh oldi omillaridir. Agar shu nikoh oldi omillarining oilani yuzaga kelishiga ta’siri noo’rin bo’lsa, u shoshilinch, bo’sh, qiyshiq qurilsa, uning ustiga o’rnatilgan oila imoratining devori ham qiyshiq va omonat bo’lib boraveradi va u shu imoratning bir kuni kelib qulashi, buzilib ketishi xavfini tug’diradi. Bunday poydevor ustiga qurilgan imorat qulab tushmagani, buzilib ketmagani taqdirda ham unda istiqomat qiluvchilarga xotirjamlik, tinchlik, quvonch baxsh eta olmaydi. Ular doimo qandaydir bir xavotirda, hadikda, noqulaylikda, xijolatda yashashlariga to’g’ri keladi. Xo’sh, shu poydevorlar ya’ni nikoh oldi omillari nimalardan iborat? Gap nikoh oldi omillari haqida borar ekan, shuni ta’kidlab o’tish joizki, nikoh oldi omillari u yoki bu nikohning yuzaga kelishiga asos bo’lgan ko’plab ijtimoiy, iqtisodiy, biologik, fiziologik, ma’naviy, axloqiy va bugungi kunlarimiz uchun eng muhim bo’lmish psixologik omillarni o’zida mujassamlashtirgan, ko’p qirrali omillar kompleksidan iborat bo’lib, oila qurayotgan yoshlarning, shu o’zlari qurayotgan oilaviy hayotlariga qay darajada «yetilgan»liklarini belgilab beradi. Bu erda eng muhimi shu yoshlarning oilaviy hayotga, nikoh talablariga qay darajada javob bera olishligi nazarda tutiladi. Nikohga etuklik tushunchasi ham o’z navbatida o’ta murakkab va nisbiy tushunchadir. Chunki odam doimo rivojlanib, takomillashib boruvchi, kasb-hunar faoliyatida yoki ma’naviy va axloqiy rivojlanishida muntazam yangidan yangi cho’qqilarga erishib boruvchi mavjudotdir. Agar odamni u yoki bu faoliyatga «to’la etukligi» haqida gapiradigan bo’linsa, demak bu uning ma’lum bir chegaraga erishgani va undan ortiq rivojlanish mumkin emasligini bildiradi. Shuning uchun ham odamning nikohga yoki biron-bir faoliyatga etukligi haqida gapirilganda «etuklik» tushunchasi tom ma’noda o’rinli bo’la olmaydi. Shuning uchun ham odamning «etukligi», ayniqsa nikohga, oilaviy hayotga «etukligi» haqida gapirilganda bu tushunchadan ma’lum bir umumqabul qilingan standart, o’rtacha me’yor, ma’lum bir shartli «o’lchov birligi», ko’rsatkichlar va shu kabilar sifatidagina foydalaniladi. Masalan, barcha o’quv yurtlari (maktab, litsey, kollej, institutlar) uchun bitirish imtihonlari (davlat imtihonlari tizimi, diplom ishlari himoyasi tizimlari kabilar) mavjud bo’ladi va ular yordamida bitiruvchilar tomonidan o’zlashtirilgan o’rtacha bilimlar va malaka yig’indisini aniqlash mumkin bo’ladi. Bu esa ularga keyinchalik yana o’qishni davom ettirish yoki ma’lum bir mutaxassislik bo’yicha ishlashi mumkinligi haqida ma’lum bir huquq beradi. Shu nuqtayi nazardan olinganda
Nikoh oldi omillari:
1. Oilaviy hayotga yetukligi.
2. Oila qurish motivlari.
3. Nikohgacha tanishish muddati.
4. Nikoh qurish yoshi.
5. Nikoh qurish shartlari.
6. Oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari.
«yetuklik» — rivojlanishning ma’lum bir bosqichi, fazasi,chegarasiga yetilganlikning sifatiy va miqdoriy xarakteristikasinima’lum bir aniqlikda belgilab beruvchi ko’rsatkich bo’lib xizmatqiladi. Odamning nikohga, oilaviy hayotga etukligimasalasi esa o’ta murakkab biron-bir qat’iy me’yor bilano’lchab bo’linmaydigan individual xarakterga ega bo’lganko’rsatkichdir. Shu keltirib o’tilganlarning o’ziyoq nikoh oldi omillari qay darajada murakkab xarakterga ega bo’lgan muammolardan ekanligini ko’rsatib turibdi. Hozirgi zamon oilasining ijtimoiy psixologik muammolarini yoritishga bag’ishlangan psixologik adabiyotlarda nikoh oldi omillarining turlicha shakllari, ko’rinishlari farqlanadi. Quyida Sizning e’tiboringizga ularning ayrimlari haqidagi ma’lumotlarni havola etamiz.
Nikoh oldi omillari qatoriga shu oila qurayotgan yoshlarning: oilaviy hayotga etukligi; ularning oila qurish motivlari; ularning oila qurishgunlariga qadar bir-birlarini tanishlik muddati (qancha vaqt bir-birini tanishligi) shartlari va sharoitlari; ularni o’zlarining bo’lg’usi oilaviy hayotlari haqidagi tasavvurlari kabilarni kiritish mumkin. Albatta, bu omillarning har biri turli yoshlarda turlicha xarakterda bo’lishi mumkin, shu Bilan birga ularning har biri o’z navbatida yana bir necha turlarga farqlanadi. Masalan, nikohga etuklik deyilganda oila quruvchi yoshlarning: jismoniy (fiziologik), jinsiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik kabi etuklik jihatlarini farqlash mumkin. Bularning orasida huquqiy, jinsiy etuklik ko’rsatkichlari etarlicha aniq alomatlarga, belgilarga ega bo’lgan va bular haqida tegishli huquqiy, tibbiy, psixologik adabiyotlarda ko’plab ma’lumotlar berilgan jihatlar bo’lsa, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik jihatlar biroz murakkabroq, qat’iy bir ko’rsatkich, chegaraga ega emasligi bilan xarakterlanadi. Jinsiy yetilish qat’iy jinsiy ehtiyojlarning shakllanishiga olib keladi. Bu davrga kelib bolalarda ikkilamchi jinsiy alomatlar namoyon bo’la boshlaydi. Jinsiy sekretsiya bezlarining faolligi ortadi. Qiz bolalarda oylik sikllari (menstruatsiya), o’g’il bolalarda pollyutsiyalar ro’y bera boshlaydi. Boshqacha qilib aytganda, ularda pubertat davr boshlanadi. (Bu davr haqida va uning xususiyatlari haqida 4-mavzuda batafsil ma’lumotlar berilgan). Demak bu davrga kelib bolalarning moddiy va ma’naviy qiziqishlarining o’sib borishi bilan bir qatorda jinsiy ehtiyojlar shaxs faolligining kuchli manbalaridan hisoblanib, u turli psixologik va ijtimoiy shakllarda namoyon bo’la boshlaydi. Jinsiy maylning, jinsiy ehtiyojning yuzaga kelishi odamni biologik rivojlana boshlashining o’ziga xos bosqichidir. Ular bola ruhiyatining rivojlanishiga, uni shaxsining shakllanishiga, hayot faoliyatining boshqa jihatlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Jinsiy hayotning ko’plab muammolarini nafaqat yoshlarga, balki uzoq vaqt oila qurgan, farzandli bo’lgan katta yoshlilarga ham tushuntirib o’tish lozim bo’ladi, chunki ularda ham shu asosda ko’plab jiddiy nizolar yuzaga kelishi mumkin. Jinsiy munosabatlar masalasi o’ta nozik masaladir, bu borada ko’pincha «yolg’on, bachkanalarcha uyatchanlik»ka duch kelinadi. Ba’zi bir ota-onalar va o’qituvchilar hatto maorif rahbarlari ham maktabda jinsiy tarbiya berish masalasiga e’tiroz bildiradilar va «Jinsiy tarbiya, jins masalasiga oid barcha zarur ma’lumotlar biologiya kurslarida berilgan, buning ustiga «ota-bobolarimiz bunday jinsiy savodxonliksiz ham binoyidek yashaganlar», — qabilida mulohaza yuritadilar. Albatta, bunday nuqtayi nazar o’ta qoloq, bugungi kun nikoh-oila munosabatlari talablarini, hozirgi zamon oilasi vazifalarini hisobga olmay chiqarilgan xulosalardir. Aynan shunaqa yo’llar bilan yoshlarga jinsiy tarbiyadek o’ta nozik va zarur masalalar yuzasidan beradigan har qanday sanitar-gigiyenik oqartuv ma’lumotlarning ahamiyati butunlay kamsitib kelinmoqda. Bu esa millionlab o’smirlarning jinsiy balog’atga yetishish vaqtida g’aflatda qolishlariga va buning oqibatida ayrim hollarda hayotda tuzatib bo’lmaydigan xatolarga yo’l qo’yishiga olib kelishiga sabab bo’lmoqda. Hech nima bilan asoslanmaydigan xavotir, hadik, gohida esa haqiqiy vahima zaminida o’smir xulqida turli xil og’ishlar, nerv-fiziologik buzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Bularning barchasi sanitar-gigiyenik tarbiyaning yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi va jinsiy tarbiyani berilmaganligining natijasidir. Bu masala ayniqsa bizning etnosimizda o’ta jiddiy mohiyat kasb etadigan masaladir.
Jinsiy tarbiya masalasiga ko’pincha yo alohida e’tibor talab qilinmaydigan va hech qanday qiyinchilikni yuzaga keltirmaydigan, har bir yosh guruhi uchun osongina o’zlashtirish mumkin bo’lgan, yoki o’ta shaxsiy, intim, ko’pchilik orasida, ayniqsa bolalar orasida muhokama qilib bo’lmaydigan masala tarzida qaraladi. Shu kabi mulohazalar qator mamlakatlarda, ayniqsa sobiq ittifoqda jinsiy tarbiyaga oid materiallarni, bunga taalluqli tadbirlarni maktab dasturidan chiqarib tashlanishiga asos bo’lgan. Bu o’rinda jinsiy tarbiyani, organizmning faoliyati haqidagi bugungi kunda har bir odam o’zlashtirishi, bilishi zarur bo’lgan sanitar-gigienik, psixogigiyenik ma’lumotlar bilan uzviy bog’liq tarzda qaralishi maqsadga muvofiqdir. Oilaviy hayotda esa jinsiy hayot psixologiyasi haqidagi bilimlarga ega bo’lish o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan masaladir. Turli mutaxassislar tomonidan berilgan ma’lumotlarni kompleks tahlil qilgan holda aytish mumkinki, har bir to’rtinchi ajralishgan er-xotinlarda (ajralishlarning 29%ida) jinsiy mutanosiblikning u yoki bu tarzda buzilishi (er-xotinning jinsiy nomutanosibligi) sabab bo’lmoqda. Albatta, o’zaro sevgi, ishonch va hurmat hislari, qiziqishlar va niyatlarning umumiyligi hislari qisqa vaqt oralig’ida yuzaga kelgan va shunga ko’ra shoshilinch oila qurgan juftlarga jinsiy hayot psixologiyasi borasidagi bilimlar o’z-o’zidan yordam bera olmasligi mumkin. Bunday tezlikda, qisqa vaqtda (sovchilar, qarindoshlar orqali bir-ikki haftadayoq) yuzaga kelgan oilalar miqdori, ayniqsa, so’nggi yillarda bizning millat vakillari o’rtasida ortib bormoqda. Yoshlarning bir-birlariga nisbatan bo’lgan yoqtirishi va ijobiy emotsional hislari kompleksisiz bu bilimlarning samarasi past bo’ladi. Ular faqat er-xotinlar birbirlarini yoqtirganlari, bir-birlari uchun jozibali bo’lgan holatlardagina, er-xotinlarining intim hayotini muvofiqlashtiradi. Boshqa tomondan nikohdagi jinsiy hayot psixogigienasi muammolaridan qandaydir «bo’lmag’ur, uyat narsa» sifatida voz kechish ham kerak emas. Chunki, ko’pchilik hollarda jinsiy hayot psixogigiyenasi sohasidagi ilmiy bilimlar yosh er-xotinlar ga yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan ayanchli xatolardan qutulishga va shu bilan o’z nikohlarini saqlab qolishlariga yordam berishi mumkin. Shunday qilib, jinsiy etuklik odam anatomiyasi va fiziologiyasi nuqtayi nazaridan etarlicha aniq va ravshan bo’lgan hodisadir. Biroq uning psixologik, axloqiy jihatlari o’ta murakkab. Shuning uchun ham odamning nikohga jinsiy etukligi deyilganda uning fiziologik nuqtayi nazardangina etilishini nazarda tutish jinsiy etuklikning to’liq mohiyatini bildirmaydi, bundan tashqari odam jinsiy hayot psixogigiyenasi borasida ham zarur ilmiy psixologik bilimlarga, to’g’ri tasavvurlarga ham ega bo’lmog’i zarur. Bu esa shubhasiz alohida e’tibor, maxsus tayyorgarlik, o’qitishni talab qiladigan jarayondir. Yoshlarni nikohga jinsiy etuklik masalasidan tashqari yuqorida keltirib o’tilganidek yana bir nechta ijtimoiy etuklik turlarini farqlash mumkin. Bular: jinsiy, fuqarolik, kasb-hunar, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy va psixologik etukliklardir. Bularning orasida yoshlarning jinsiy (fiziologik) etukligi boshqalariga qaraganda ancha erta amalga oshadi, quyida bu masalalarga bog’liq ravishda yana qanday muammolar majmuining yuzaga kelishi mumkinligi haqida to’xtalib o’tamiz. Fuqarolik, huquqiy etuklik — bu odamning huquqiy jihatdan balog’atga yetish yoshi bilan, u huquqiy jihatdan oila qurish, farzand ko’rish huquqiga ega bo’lgan shaxs bo’lib hisoblanishi bilan belgilanadi. Bizning mamlakatimizda bu 18 yosh deb ko’rsatilgan. Bu vaqtda u Konstitutsiyada belgilangan barcha huquq va majburiyatlardan foydalana oladigan bo’ladi. 18 yoshni shaxsning huquqiy etuklik yoshi deb hisoblash mumkin.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə