Muhim metodlari



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix28.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#113710
  1   2   3   4
boshlang-ich-sinf-o-quvchilarining-diqqatini-jalb-etishning-muhim-metodlari (1)



SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
270 
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING DIQQATINI JALB ETISHNING 
MUHIM METODLARI 
H. S. Shukurova 
Jizzax Davlat Pedagogika instituti Ilmiy kengash rahbari katta o’qituvchi
Begimova Nozima Akram qizi 
Jizzax Davlat Pedagogika instituti 2-kurs talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7231908 
Annotatsiya. 
Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarning diqqatini jalb etishga 
doir metodik tavsiyalar berib o’tilgan. 
Kalit so’z:
diqqat, yo’nalganlik, jamlanganlik, ixtiyoriy diqqat, ixtiyorsiz diqqat
barqarorlik, ko’chuvchanlik, bo’linuvchanlik, parishonlik, retikulyar formatsiya. 
ВАЖНЫЕ ПРИЕМЫ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ВНИМАНИЯ УЧАЩИХСЯ 
НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ 
Аннотация.
В статье даны методические рекомендации по привлечению 
внимания учащихся начальных классов. 
Ключевые слова:
внимание, направленность, концентрация, произвольное 
внимание, непроизвольное внимание, устойчивость, подвижность, делимость, 
отвлечение, ретикулярная формация. 
IMPORTANT METHODS OF ATTRACTING THE ATTENTION OF 
ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS 
Abstract.
Methodological recommendations for attracting the attention of elementary 
school students have been given in this article. 
Key words:
attention, orientation, concentration, voluntary attention, involuntary 
attention, stability, mobility, divisibility, distraction, reticular formation. 
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini yil sayin mustahkamlab borar ekan, shu 
yurtning tayanchi, kelajagi bugungi avlodning bilimli,o’qimishli sog’lom ma’naviyatli barkamol 
yetuk shaxs bo’lib ulg’ayishiga bog’liqdir. Insonning ruhiyati, hissiyotlarini, ta’lim va tarbiya 
jarayonida mustaqil ishtiroki, ichki kechinmalarini, faol shaxs sifatidagi o’z-o’zini shakllantirish 
samaradorligini oshirishda psixologiya fani va uning metodlari muhim rol o’ynaydi. 
Ta’lim va tarbiya jarayoni bolaga yoshlik chog’idan singdirilib borilar ekan, biz 
singlimiz, ukamiz, farzandimizni ijtimoiy hayotning har jabhasida o’z o’rnini topa olmog’i 
uchun o’z xulqi va odobi ila yoinki, bilimi va kasbi ila mahallamiz, shahrimiz va yurtimizga 
foydasi tegadigan barkamol avlod bo’lmog’I uchun, boshlang’ich sinf o’qituvchisi ta’lim va 
tarbiya jarayoning faol ishtirokchisi sifatida astoydil harakat qilmoqlari lozim. 
O’qituvchi o’quv faoliyatini amalga oshirishda o’quvchilarning diqqatini qarata olishi 
dolzarb masalalardan biridir. Shuning uchun Boshlang’ich sinflarning bilim olishi, ko’nikma, 
malaka kompetensiyalarini shakllantirish masalasi bo’yicha ‘’Boshlang’ich sinf o’quvchilarining 
diqqatini jalb etishning muhim metodlari’’ bo’yicha ilmiy maqola yoritishni maqsad qilib oldik. 
O’qituvchi o’quvchilarga yaxshi bilim bera olishi, dars jarayonini yaxshi tashkil eta olishi 
va o’z vazifasini to’laqonli amalga oshira olishi uchun o’z kasbining bilimdoni bo’lishi va dars 
jarayonini tashkil eta olishi uchun faol ishtirokchi bo’lishi shart. Eng asosiysi esa 
o’quvchilarning diqqatini torta olishi kerak. O’quvchilarning diqqatini o’ziga qarata olmagan 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
271 
o’qituvchi BKMlarini yaxshi yetkazib bera olmaydi, uning natijasida esa yaxshi kadrlarni 
tayyorlay olmaydi. Diqqat faoliyatni samarali bo’lishini ta’minlovchi, yosh kadrlarning 
savodxonlik darajasini oshirib beruvchi eng muhim psixik jarayondir. Bundan tashqari, 
diqqatning psixik hodisalarning qaysi sinfiga tegishliligi haqida ham turli fikrlar mavjud. 
Ba’zilarning ta’kidlashicha, diqqat- bu psixik bilish jarayoni. Boshqalar diqqat har bir 
faoliyatning zarur sharti ekanligiga, diqqatning o’zi esa ma’lum iroda kuchlarining ifodalanishini 
talab etishga asoslangan holda, diqqatni iroda va insonning faoliyati bilan bog’laydilar. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə