Muhim metodlari



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix28.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#113710
1   2   3   4
boshlang-ich-sinf-o-quvchilarining-diqqatini-jalb-etishning-muhim-metodlari (1)

METOD VA METODOLOGIYA
Diqqat-ongimizning bir nuqtaga to’planib, ma’lum narsa va hodisalarga faol 
yo’naltirilgan jarayonga aytiladi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. 
Bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta’rifi. Insonga nisbatan diqqatni 
ma’lum obyektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o’zida boshqa obyektlardan chalg’igan 
holda, yo’nalganligi va jamlanganligi sifatida o’rganish mumkin. Bu ta’rifdan diqqatning 
ahamiyatga molik belgilari uning yo’nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib 
chiqadi. 
Psixik faoliyatning 
yo’nalganligi 
ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni, subyekt uchun 
ahamiyatli bo’lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan ajratib olish yotadi. Ya’ni 
o’quvchilar o’zlari qiziqqan shakl, o’zlari yoqtirgan rangga e’tibor qaratishadi. Bu hikoya, ertak 
yoki topishmoq ham bo’lishi mumkin. Ba’zi o’quvchilar dars jarayonida kechadigan 
voqealarning borishiga qiziqsa, boshqasi esa, o’qituvchini tinglashni yoqtiradi, yana biri esa 
sinfdagi obyektlarning shakllariga qiziqadi. Bu jarayonlarda o’quvchilarning qiziqishiga qarab 
ularning diqqatlari ma’lum bir narsaga yo’naladi. Yo’nalganlik tushunchasiga, shuningdek, 
ma’lum vaqt oralig’ida psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi. 
Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada chuqurlashganligini 
tuushuntirib beruvchi 
jamlanganligi
dir. Vazifa qanchalik murakkab bo’lsa, diqqatning jadalligi 
va zo’riqishi shunchalik kuchli bo’lishi kerak, ya’ni, bunda yot narsalardan chalg’ish bilan 
bog’liq. Aks holda, o’quvchilar yot narsalardan chalg’iy olmay qolishsa, vazifani bajarishga
qiyinlashadi. 
P.Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir 
narsa, har bir hodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y fikrlarimiz diqqatning obyekti bo’la oladi. 
Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, hayol va tafakkur jarayonlarida har doim 
ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlaimizning doimiy yo’ldoshidir. U har qanday 
ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya po’stlog’ining muayyan joylaridagi 
optimal qo’zg’alish manbalari diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. 
Diqqat ikki turga bo’linadi: ixtiyorsiz- passiv diqqat va ixtiyoriy-aktiv diqqat. Biron 
tashqi sabab ta’sirida kishi xohishidan qat’iy nazar hosil bo’ladi. Bunday diqqat odamdan iroda 
kuchini talab qilmaydi. Diqqatni jalb qilish uchun qo’zg’atuvchining kuchi katta ahamiyatga ega, 
masalan: o’qituvchining dars faoliyatida metodlarini tez tez almashtirib turishi, qo’llayotgan 
metodologik vositalarning takrorlanmasligi, rangi, shakli, vazifasi jihatidan bir biriga 
o’xshamasligi shular jumlasidandir. Bular o’quvchilarning e’tiborini yaxshi jalb qila oladi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə