Oila psixologiya


Kommunikatsiyaning noverbal va verbal harakatlari



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə7/11
tarix26.10.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#130831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
umumiy nazariya (2) (2)

2.2. Kommunikatsiyaning noverbal va verbal harakatlari: Odamlar o‘rtasidagi muloqotning eng muhim turlari verbal va noverbal Noverbal muloqot til, tovush nutqining qo‘llanilishiga asoslanmagan bo‘lib, bu mimika, imo-ishoralar, pantomimika, sensor yoki tana orqali aloqalar vositasidagi muloqot. Bu boshqa odamdan qabul qilinadigan taktil, ko‘rish, eshitish, hid bilish, hamda, boshqa sezgi va tasavvurlar. Odam muloqotining noverbal shakl va vositalarning ko‘pchiligi tug‘ma bo‘lib, faqat o‘ziga o‘xshashlar bilan emas, balki, boshqa tirik jonzotlar bilan ham hissiyot va hulq-atvor darajalarida hamfikrlikka erishish orqali o‘zaro ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi. 5
Verbal muloqot faqat insonga xos bo‘lib, zarur shart sifatida tilni o‘zlashtirishni belgilab beradi. Nutq muloqot vositasi sifatida bir vaqtning o‘zida ham axborot manbai sifatida, ham suhbatdosh bilan o‘zaro ta’sirlashuv vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Buyuk shoir Sa’diyning so‘zlarini yodda tutish lozim: «Aqling bormi yoki yo‘q, buyukmisan yo kichik, biz bilmaymiz, sen bir so‘z atmaguningcha».6
Verbal (nutq) muloqot tarkibiga: so‘zlariboralar ma’nosi va mohiyati kiradi. Asosiy o‘rinni so‘zning qo‘llanilish aniqligi, uning ifodalanishi va hammabopligi, tovushlar, so‘zlar talaffuzi, ohang ifodasi va mohiyati egallaydi. Nutqdagi tovush hodisalari: nutq jadalligi, tovush balandligi modulyasiyasi, tovush toni, nutq vazni, tovush sifati, ohangi, aniqligidan iborat. Tovush sifatining ifodalanishi: o‘ziga xos maxsus tovushlar: kulgu, hiqillash, yig‘i, pichirlash, xo‘rsinishlar va boshqalar; ajratuvchi tovushlar bu yo‘tal; ahamiyatsiz tovushlar tanaffuslar, shuningdek, nazalizatsiya tovushlari «xm, xm», «e-e-e», «o-o-o» va boshqalar.
Tadqiqotlarga ko‘ra, odam kommunikatsiyasining har kungi aktida so‘zlar – 7%, tovush va ifodalar – 38%, nutqiy bo‘lmagan o‘zaro ta’sir – 53%ni tashkil etadi. Publitsiy aytganidek: «Ovoz orqali gaplashamiz, butun tanamiz orqali suhbatlashamiz».
Kundalik muloqotda odamlar ko‘proq quyidagi fanlar o‘rganadigan muloqotning noverbal vositalaridan foydalanadilar: kinestetika (inson hissiyotlarining tashqi ifodalanishi), mimika (yuz mushaklarining harakati), imo-ishoralar (tana alohida qismlarining ishoratli harakatlari), pantomimika (butun tana: gavda holati, qomat, egilish, yurish harakatlari), takesika (muloqot vaziyatidagi yaqinlashishlar: qo‘l siqish, o‘pishish, tegib ketish, siypalash, itarib yuborish va h.k.), proksemika (odamlarning muloqot vaqtida fazoda joylashishi, inson aloqalarida quyidagi masofalar sohalarini ajratadilar: yaqinlik sohasi (15-45sm), shaxsiy yoki xususiy soha (45-120sm), ijtimoiy soha (120-400sm), ommaviy soha (400 smdan ortiq)).
Mimika, nigoh, imo-ishoralar noverbal muloqotning ko‘proq ma’lumot olish mumkin bo‘lgan vositalari. Peshona, qoshlar, og‘iz, ko‘zlar, burun, iyak – bu yuz qismlari insonning asosiy hissiyotlari: hijron, g‘azab, shodlik, ajablanish, qo‘rqinch, nafrat, baxt, qiziqish, qayg‘u va boshqalarni ifodalaydilar.
Muloqot turlaridan tashqari, uning ba’zi shakllarini ham ajratish mumkin, bular: rasmiy ish yuzasidan, mutaxassislik, xususiy, ommaviy, pedagogik muloqot, autokommunikatsiya (o‘zi bilan muloqot)lardir.
Muloqot o‘zining maxsus masalalari hal etiladigan ma’lum davrlarga ega. Eng mas’uliyatli davr tayyorgarlik davri muloqotni rejalashtirish, o‘zi uchun tarbiyachilarga psixokorreksiyaning shaxsni rivojlantirish uchun qanchalik muhimligini tushuntirish.
Psixologik maslahatlar o‘smirlarga, ota-onalarga, vasiy-homiylarga, o‘qituvchi va tarbiyachilarga ularning muammoli vaziyatlarni hal qilish uchun ko‘rsatiladigan ruhiy yordam. Ichki ruhiy quvvatni jamlay olishni o‘rgatish.
Maslahatlarning maqsad vazifalari:
- ota-onalarga bolalarning yoshiga va ijtimoiy ruhiy xususiyatlariga qarab savollariga javob berish ularning rivojlantirishdagi kamchiliklarni yengib o‘tib, to‘g‘rilab o‘zgartirish;
- o‘smir o‘g‘il va qizlarga kattalar, tengdoshlari bilan kechadigan o‘zaro muloqotlardagi qiyinchiliklari, shaxsiy, kasbiy muammolarni chetlab o‘tishi haqida maslahat berish;
- o‘smirlarning o‘z ‘‘men”ini shakllantirib, o‘ziga hurmat bilan qarashni, o‘z ustida ishlashni, o‘zidagi kamchiliklarni amalda tuzatish ko‘nikmalarini shakllantirishni o‘zgartirish. 7
Deviant xulqli o‘smirlar va voyaga yetmagan huquqbuzarlar bilan yakka tartibdagi korreksiya ishlarini quyidagi uslublarda olib borish tavsiya etiladi:
1. “Psixoterapevtik oyna” vositasi - o£zini tashqaridan ko£rishga imkoniyat yaratib, shartli ravishda o£zini tushunishni rivojlantirish;
2. “Muqobil yo‘llar” vositasi - noto‘g‘ri axloq-odob me’yorlarini namoyon qilgan o‘smirga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish;
3. “O‘rniga-o‘rin” vositasi - xarakterida, fe’l-atvoridagi bo‘shanglik, iroda va kuchli mhiy quvvat kabilar bilan o‘rniga-o4nn almashtirish, to‘ldirish taklif kilinadi;
4. “Ijobiy ijtimoiy faoliyatni singdirish” vositasi - psixologning salbiy dunyoqarashni o‘zgartirib, ijobiy fikrlashga ta’sir qilishi;
5. “Ma’naviy immunitet hosil qilish” usuli - namunaviy, ideal axloq-me’yorlariga ega bo‘lishni maktabdan, hayotdagi misollardan keltirish, ba’zi insonlarning salbiy ta’siriga qarshi immunitet hosil qilish;
6. “Ko‘rsatmalar, qoidalar” usuli - oilaviy psixoterapiya vositasida oila a’zolarining qilishi kerak bo‘lgan ishlari qonun-qoidasini belgilaydi. Ko‘rsatmalar turlicha bo‘lishi mumkin: nimadir qilish, nimanidir qilmaslik. Bu qonun-qoidalar to‘g‘ri va qarama-qarshi ko‘rinishdagi qonun-qoidalar;
7. “Ishontira olish” vositasi - ta’sir o‘tkazish sifatida harakatlanayotgan inson psixolog yoki pedagogning boshqa ta’sir etuvchi insonning xulqiga, o‘ziga bo‘lgan munosabatiga, boshqalarga bo‘lgan munosabatiga, muammoni yaxshilikcha hal qilishga xizmat qiluvchi axborot vositasi;
8. “Ijtimoiy me’yorlarning to‘g‘rilanishi” vositasi - insonning shaxsiy shakllangan dunyoqarashlari, xususan, “o‘qishga, ishga”, “o‘ziga”, “boshqalarga” “kelishmovchiliklar”ga bo‘lgan qarashlarini to‘g‘rilash. Agar shu vosita yordamida faoliyat olib borilsa, unda muvaffaqiyatga erishish uchun kerakli dunyoqarashni shakllantirishga urinish kerakki, bunday dunyoqarash namunasi xulq-atvor qoidalarini madaniy, ijtimoiy majmuasining ideal shakli bo‘lib xizmat qilsin.
Yuqorida berilgan barcha to‘g‘rilash usullari deviant o‘spirinlarning shaxsiy xususiyatlari jumladan, “o‘ziga”, “boshqalarga”, “nizolarga” bo‘lgan munosabatlarini to‘g‘rilaydi. Muammolarni to‘g‘ri tuzatadi. Shu bilan birga bu usullarni qo‘llash jarayonida ruhiy maslahatlar va ruhiy treninglarga ahamiyat berish lozim. Shunday kompleksli (jamlangan) yondashilgandagina deviant xulqli o‘smirlarni to‘g‘rilash ishlari yaxshi natija bera oladi. Deviant xulqli o‘smirlar axloqi va shaxsiy xususiyatlarini to‘g‘irlash ishlarida ijobiy xislatlarni shakllantirish, rag‘batlantirishi muhimdir.
Muloqot tuzilishida uch xil o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tomonlar: kommunikativ yoki kommunikatsiyani, interfaol va perseptiv nuqtai nazarlarni ajratib ko‘rsatadilar.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə