O'lchash usullari to'g'risida reja



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə2/2
tarix09.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#121547
1   2
4--Маьруза

Birgalikdagi o‘lchash - Turli nomli ikki va undan ortiq kattaliklar orasidagi munosabatni topish uchun bir vaqtda o‘tkaziladigan o‘lchashlar. Misol, rezistorning 200S dagi elektr qarshiligi qiymatini turli temperaturalarda o‘lchab topish. Mutlaq o‘lchash - Bir yoki bir necha asosiy kattaliklarni bevosita o‘lchanishini va (yoki) fizikaviy doimiylikning qiymatlarini qo‘llash asosida o‘tkaziladigan o‘lchash. Nisbiy o‘lchash - Kattalik bilan birlik o‘rnida olingan nomdosh kattalikning nisbatini yoki asos qilib olingan kattalikka nisbatan nomdosh kattalikning o‘zgarishini o‘lchash.

O‘lchash usuli deganda o‘lchash qonun-qoidalari va o‘lchash vositalaridan foydalanib, kattalikni uning birligi bilan solishtirish usullarini tushunamiz. O‘lchashning quyidagi usullari mavjud: Bevosita baholash usuli - bevosita o‘lchash asbobining sanash qurilmasi yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini topish. Masalan, Prujinali manometr bilan bosimni o‘lchash yoki ampermetr yordamida tok kuchini topish. O‘lchov bilan taqqoslash (solishtirish) usuli - o‘lchanayotgan kattalikni


o‘lchov orqali yaratilgan kattalik bilan taqqoslash (solishtirish) usuli. Masalan tarozi
toshi yordamida massani aniqlash. O‘lchov bilan taqqoslash usulining o‘zini bir nechta turlari mavjud: Ayirmali o‘lchash (differensial) usuli - o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini (farqini) o‘lchash asbobiga ta’sir qilish usuli. Misol qilib uzunlik o‘lchovini qiyoslashda uni komparatorda namunaviy o‘lchov bilan taqqoslab o‘tkaziladigan o‘lchash. Yoki, voltmetr yordamida ikki kuchlanish orasidagi farqni o‘lchash, bunda kuchlanishlardan biri juda yuqori aniqlikda ma’lum, ikkinchisi esa izlanayotgan kattalik hisoblanadi.

Ux bilan U0 qanchalik yaqin bo‘lsa, o‘lchash natijasi ham shunchalik aniq bo‘ladi.
Nolga keltirish usuli - bu ham o‘lchov bilan taqqoslash usulining bir turi
hisoblanadi. Bunda kattalikning taqqoslash asbobiga ta’siri natijasini nolga keltirish
lozim bo‘ladi. Masalan, elektr qarshiligini qarshiliklar ko‘prigi bilan to‘la muvozanatlashtirib o‘lchash.

O‘rindoshlik usuli - o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning o‘lchov orqali yaratilgan ma’lum qiymatli kattalik bilan o‘rin almashishiga asoslangan. Misol, o‘lchanadigan massa bilan tarozi toshini bir pallaga galma-gal qo‘yib o‘lchash yoki qarshiliklar magazini yordamida tekshirilayotgan rezistorning qarshiligini topish:
kattalik bilan o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar yoki davriy signallarni mos keltirish orqali o‘tkaziladigan o‘lchash. Masalan, kalibr yordamida val diametrini moslash. Har bir tanlangan usul o‘z usuliyatiga, ya’ni o‘lchashni bajarish usuliyatiga ega bo‘lishi lozim. O‘lchashni bajarish usuliyati deganda, ma’lum usul bo‘yicha o‘lchash natijalarini olish uchun belgilangan tadbir, qoida va sharoitlar tushuniladi. O‘lchash vositalari va ularning turlari Ma’lumki, o‘lchashni biror bir vositasiz bajarib bo‘lmaydi. O‘lchash vositasi deb o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va meyorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi. O‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari meyorlangan metrologik
xosalarga ega bo‘lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq. O‘lchash vositalarining namoyondalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
* o‘lchovlar;
* o‘lchash asboblari;
* o‘lchash o‘zgartkichlari;
* o‘lchash qurilmalari;
* o‘lchash tizimlari.
O‘lchovlar - keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi. O‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va shu kabilarni o‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin. O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan. Standart namuna - modda va mayetriallarning xossalarini va xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o‘lchov sanaladi. Masalan, g‘adir-budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari. Namunaviy modda esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va aniq xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va hokazolar. "Toza rux" 4200S temperaturani hosil qilishda ishlatiladi.
O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) turlarga bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham foydalaniladi. Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda tutishimiz lozim bo‘ladi: Ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi etalon, solishtirish etaloni, nusha etalon, ikkilaamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon va davlat etaloni. Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o‘lchovlar etalonlardeb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda qo‘llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi. O‘lchash asbobi deb kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqarishga muo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi. Ma’lumotni tavsif etishiga qarab o‘lchash vositalari quyidagilarga bo‘linadi: Shkalali o‘lchash vositalari; Raqamli o‘lchash vositalari; O‘ziyozar o‘lchash vositalari.
Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə