Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 244,15 Kb.
səhifə8/17
tarix21.10.2023
ölçüsü244,15 Kb.
#130066
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
O`zbekiston respublikasi

Nikel-kobalt sanoati
Yuqori qattiqlikka ega bo'lgan nikel qotishma metall bo'lib, metall buyumlar uchun himoya qoplamasi sifatida ishlatiladi. Nikel boshqa rangli metallar bilan qimmatbaho qotishma hisoblanadi.
Nikel rudalaridan qazib olingan kobalt kobalt qotishmalarini olish uchun ishlatiladi: magnit, issiqlikka chidamli, o'ta qattiq, korroziyaga chidamli.
Nikel-kobalt sanoati xom ashyo manbalari bilan eng chambarchas bog'liq bo'lib, bu asl rudalarni qayta ishlash jarayonida olingan oraliq mahsulotlarning (mat va mat) pastligi bilan bog'liq. Rossiyada ikki turdagi rudalar qazib olinadi: Kola yarim orolida (Nikel) va Yeniseyning quyi oqimida (Norilsk) ma'lum bo'lgan sulfid (mis-nikel) va Uraldagi oksidlangan rudalar (Yuqori Ufaley, Orsk). , Rezh). Norilsk viloyati ayniqsa sulfid rudalariga boy. Bu yerda xomashyo manbalari (Talnaxskoye va Oktyabrskoye konlari) aniqlangan, bu esa nikelni metallurgiyada qayta ishlashni yanada kengaytirish imkonini beradi.
Norilsk viloyati mis-nikel rudalaridan kompleks foydalanish bo'yicha eng yirik markazdir. Bu yerda faoliyat yuritayotgan zavodda nikel, kobalt, platina (platinoidlar bilan birgalikda), mis va boshqa nodir metallar ishlab chiqariladi, ular texnologik jarayonning barcha bosqichlari – xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘zida mujassam etgan. Chiqindilarni qayta ishlash orqali sulfat kislota, soda va boshqa kimyoviy mahsulotlar olinadi.4
1.3. Qora metallarga ishlov berish.
Har qanday metallurgik korxonalar to’xtovsiz faoliyati davomida o’zi joylashgan hudud ekologiyaga va insonlar salomatligiga ta’sir ko’rsatadi. Xususan po’lat va ferroqotishma eritish jarayonlarida atrof muhitga turli xil ko’rinishdagi chiqindilar ajralib chiqadi. Bu chiqindilardan biri changdir. Chang o’zining judayam kichik o’lchamli ekanligi va tarkibida og’ir rangli metallarning oksildarini saqlagan holda zararli chiqindilar qatoriga kiradi. Bu turdagi chang inson nafas olish organi orqali oshqozonida to’planib og’ir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Buni oldini olish uchun esa hozirda changni qayat ishlashning bir qancha usullari taklif etilmoqda. Metallni chang bilan yo’qotilishi korxonani yillik ishlab chiqarishida 2-5 % yo’qotilishga olib keladi. Agar metallurgik korxona yiliga 1 mln tonna po’lat ishlab chiqarsa undan hosil bo’ladigan chang esa 32 ming tonnani tashkil etishi mumkin. Ko’p hollarda bu turdagi changlar tarkibida temir oksidi miqdori yuqori bo’lsa ham ular qayta ishlanmasdan shlam saqlovchi maydonlarda yig’ilmoqda. Ayni paytda bu turdagi chiqindi changlar ikkilamchi xomashyo ham hisoblanadi. Changni qayta ishlashning asosiy muommosi shundaki birinchidan jarayondan ajralib chiqayotgan changlarni har xil kimyoviy tarkibli ekanligi va uning dispersligi. Ikkinchidan esa tarkibida rux metalining yuqoriligi va amalda birmuncha qiyin masala bo’lgan ho’l usulda tutib qolingan shlamdan changni ajratib olish hisoblanadi.
Elektr yoyli po’lat eritish pechlarining gazni tozalash tizimida 15-25 kg/t chang tutib qolinadi. Bu changlarda nafaqat noorganik moddalar balkim yuqorida ta’kidlaganimizdek (Pb,Zn,Cu) metallar mavjudligi uni qayta ishlashda alohida e’tibor talab qiladi.Bu changlarni xavflilik darajasi esa uning tarkibidagi og’ir metall birikmalarining suvda erishi va chang zarralarining o’lchamiga bog’liq. Yuqorida ta’kidlanganimizdek bu turdagi changlarni qayta ishlash usullarining foydasi bir muncha past hisoblanadi. Mavjud texnologiyalarni 3 guruhga bo’lish mumkin: Birinchi guruh – Changdan ruxni ajratib olmasdan turib uni aglomeratsiyalash jarayoniga yuborib undan olingan aglomeratni domna pechiga eritishga yuborish hisoblanadi. Bu metodda faqatgina changda rux miqdori o’ta kam bo’lgan hollardagina foydalanish mumkin. Ikkinchi guruh – Ruxni pirometallurgik qayta ishlash usuli bilan ajratib olish hisoblanadi. Bu usulga velslash va FASTMET, FASTMEL, Oxycup, PRIMUS, PaulWurth va boshqa texnologiyalar kiradi. Keltirilgan texnologiyalarning asosini rux oksidlarini turli xildagi uglerod saqlagan reagentlar yordamida yuqori haroratda tiklash yotadi.
Jarayondagi asosiy muommo bu tiklovchi materiallarni ko’p miqdorda sarflanishi,pech futerovkasini yemirilishi hisoblanadi. Shuningdek yana ruxni xlorid holatida uchirish ham taklif etilgan. Xloridli usulda ruxni temirdan ajratish yuqoriligi bilan ajralib turadi ammo texnologiyada reagent sifatida HCl ishlatilishi xavfli va zaharlidir. Uchinchi guruh – Turli xil eritmalar bilan changni gidrometallurgik qayta ishlash. Bu usulda kislotali hamda ishqoriy tanlab eritishni qo’llash mumkin. Kislotali tanlab eritishda changdan ruxni yuqori darajada eritmaga o’tqazish mumkin shu bilan birga eritmada qo’shimchalar shu jumladan temir tuzlari ham ko’p miqdorda bo’ladi. Eritmadan esa ruxni elektroliz usulida ajratib olish mumkin dastlab eritmani qo’shimchalardan tozalash zarur va bu birmuncha sarf xarajatni talab etadi. Erituvchi sifatida odatda sulfat kislota qo’llanilib u anchayin arzon hamda nitrat va xlorid kislotalarga qaraganda ruxni ajratib olish darajasi yuqoriroq



Yüklə 244,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə