Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi



Yüklə 462,37 Kb.
səhifə76/82
tarix28.11.2023
ölçüsü462,37 Kb.
#135475
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (1)

Savollar:

  1. Fakultet dekani ushbu masalani o‘rganishda qanday xatoga yo‘l qo‘ydi?


  2. Ushbu masala qanday o‘rganish lozimligi haqida tavsiya ishlab chiqing.


  3. Nima sababdan suhbat davomida talabalar tomonidan Hasan Husanovichning pedagogik faoliyatidagi kamchiliklar borasida fikr bildirilmadi?


  4. Siz ushbu muammoni qanday hal etgan bo‘lardingiz?



Tinglovchilarga tavsiya etiladigan manbalar:

O‘zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi, “Inson huquqlari deklarastiyasi”, O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim muassasalari Nizomi, Pedagogik kvalimetriya.


Tinglovchilar uchun ko‘rsatmalar:

  1. Keys mohiyatini etarlicha anglab oling.


  2. Muammoning echimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.


  3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko‘proq dahldor bo‘lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajrating.


  4. Ana shu omillar asosida echimni asoslashga harakat qiling.


  5. O‘z fikringizni bayon eting.


Keysni echish jarayoni:

  1. Tinglovchilar keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama qilinadi.


  2. Tinglovchi kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda muammoni hal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.


  3. Muammoni hal etishga imkon beradigan omillardan eng muhimlari ajratib olinadi.


  4. Kichik guruh a’zolari umumiy fikr asosida eng muhim omillarni bayon etadi.


  5. Kichik guruhlarning fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.



O‘qituvchining echimi

Fakultet rahbarlari o‘qituvchining pedagogik faoliyatidagi kamchiliklarni o‘rganishda xatolikka yo‘l qo‘ygan. Bu holatda pedagogik kvalimetriyaning anonim so‘rovnoma metodidan foydalanish va olingan natijalarni muhokama etilishi lozim edi.




  1. keys. Fakultet ilmiy Kengashida “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” tanloviga nomzodlar tanlanmoqda. Bakalavriat yo‘nalishining 3 kursida turli kurslardan mashg‘ulot olib boradigan 2 ta professor-o‘qituvchining pedagogik faoliyati va erishilgan natijalar tahlil etilmoqda. Har ikkala ustozning hamma ko‘rsatkichlari bir xil, lekin talabalarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlari tahlilida farq mavjud.

Birinchi ustoz talabalarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini standart test topshiriqlari bilan baholagan va 100% o‘zlashtirish va 60% ta’lim samaradorligiga erishgan.


Ikkinchi ustoz talabalarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini nostandart test topshiriqlari bilan baholagan va 98% o‘zlashtirish va 50% ta’lim samaradorligiga erishgan.

Ilmiy kengash yig‘ilishi birinchi ustozni tanlovda g‘olib deb topgan va rag‘batlantirilgan.



Yüklə 462,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə