Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi


Pedagogik kvalimetriyaning maqsadi va vazifalari



Yüklə 462,37 Kb.
səhifə18/82
tarix28.11.2023
ölçüsü462,37 Kb.
#135475
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (1)

Pedagogik kvalimetriyaning maqsadi va vazifalari.



Pedagogik kvalimetriya fan sifatida quyidagi maqsadlarga erishish yo‘lini belgilaydi:
  1. Ta’lim xizmatlarining istiqbol rejalarini shakllantirish bosqichida ta’lim davlatimizning ijtimoiy sohadagi ustuvor yo‘nalish ekanligi nazarda tutilgan holda, axborotlar globallashgan, dunyoda sodir bo‘layotgan g‘oyaviy-siyosiy o‘zgarishlar, jahonning rivojlangan mamlakatlari ta’lim muassasalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, jamiyat hayotidagi ma’naviy-ma’rifiy yangilanishlarni e’tiborga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonining zamon talablariga mos tashkil etilishini nazorat qilish imkonini beradigan me’yoriy talablarni ishlab chiqish;


  2. Ta’lim-tarbiya jarayonining xuquqiy-me’yoriy hujjatlarini yaratish bosqichida davlat va ijtimoiy buyurtmalarga asoslangan DTS, pedagog kadrlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar asosida namunaviy o‘quv rejalar, uzluksiz ta’lim tizimida joriy etilgan modernizastiyalashtirilgan va uzviylashtirilgan namunaviy dasturlar, o‘quv kurslarining moddiy-texnik, o‘quv-metodik ta’minotining maqsadga muvofiqligini nazorat qilish va sifatini baholash yo‘llarini ishlab chiqish;


  3. Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning modernizastiyalashtirilgan va uzviylashtirilgan namunaviy dasturlar, DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma, malakalari va layoqatini amalga joriy etish maqsadida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayoni, o‘quv va pedagogik amaliyotning sifatini nazorat qilish va baholash me’yorlarini shakllantirish;


  4. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, ularni pedagogik jarayonga moslashtirish, pedagogik faoliyatni talab darajasida olib borilishi, ustoz-shogirda yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarning mazmun-mohiyatini tahlil qilish va baholash me’yorlarini ishlab chiqish; Pedagogik kvalimetriyaning fan sifatidagi asosiy vazifalari:


  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat dasturlari, Prezident Farmoni va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish;


  • Oliy ta’lim muassasalarini attestastiyadan o‘tkazish, akkreditastiyalash jarayonining me’yoriy hujjatlari va reyting tizimini ishlab chiqish;


  • Oliy ta’lim muassasalari tarkibidagi kafedralarning ilmiy salohiyati, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlari, tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini aniqlash;


  • Professor-o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlari, o‘qitiladigan kurslarning moddiy-texnik, o‘quv- metodik majmualarining sifatini aniqlash;


  • Fanlar bo‘yicha talabalarning DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirish, kompetenstiyalarni tarkib topganlik darajasi va sifatini aniqlash;


Pedagogik kvalimetriyaning ilmiy-tadqiqot metodlari jumlasiga taqqoslash, olingan natijalarni matematik statistik metod vositasida tahlil qilish va xulosa yasash, pedagogik kadrlarni suhbatdan o‘tkazish, o‘qituvchilarning fikr- mulohazalarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazish, ekspertizadan o‘tkazish, ijtimoiy metodlarni kiritish mumkin.


Pedagogik kvalimetriyaning dolzarb muammolari
Uzluksiz ta’lim tizimida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilish va baholashda tashxislash, ekspertiza, monitoring va pedagogik kvalimetriyadan foydalaniladi.
Pedagogik o‘lchov nazariyasiga asoslangan kvalimetrik yo‘nalish o‘zining keng qamrovliligi, test jarayonining daxlsizligi, olingan natijalarni matematik- statistik tahlil qilish, talabalarning rivojlanish darajasi va bilimlarni o‘zlashtirish sifati haqida qat’iy aniq va ranjerli natijalarni olish imkonini beradi.
Nazariy kvalemetrik yo‘nalishda tashkil etiladigan nazorat an’anaviy nazorat turlaridan tadqiq etilayotgan ob’ektning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari sifatini baholashda ko‘p miqdordagi axborot va miqdoriy baholash imkoniyati mavjudligi bilan farqlanadi.
Ta’lim monitoringini ilmiy asoslangan va o‘zaro uzviy bog‘langan nazorat turlari va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta’lim-tarbiya jarayonidan ko‘zlangan natija erishish va sifatini aniqlash imkonini beradi.
Jahonning rivojlangan mamlakatlarning ta’lim monitoringida test topshiriqlaridan foydalaniladi va bu metod yordamida ko‘p sondagi talabalarning qisqa muddatda o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari sifatini aniqlash, olingan natijalarga muvofiq talabalarga individual
yondoshish, uzluksiz ta’lim tizimi turlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonning sifatini aniqlash, ularning o‘rtacha qiymatini aniqlash va baholash, olingan natijalarni qayd etish amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda ta’lim muassasalarida test topshiriqlaridan samarali foydalanish yo‘llari ishlab chiqilgan bo‘lib, ta’lim makonida pedagogik muunosabatlarning yangi paradigmalari talaba-o‘qituvchi, talaba-ota-onalar, o‘qituvchi-rahbariyat, ta’lim muassasalari-ta’limni boshqaruv organlari kabi nazorat-baholash tizimi amaliyotga joriy etilmoqda.
Test topshiriqlarining daxlsiz va mustaqil tashkil etilishi ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilish va baholash tizimining muhim tarkibiy qismiga aylandi, shu bilan birgalikda tizim hosil qiluvchi va faol ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida maydonga chiqdi.




    1. Yüklə 462,37 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə