Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi


Kvalimetriya va ob’ektlarni amaliyotga qo‘llash nazariyasi



Yüklə 462,37 Kb.
səhifə24/82
tarix28.11.2023
ölçüsü462,37 Kb.
#135475
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (1)

Kvalimetriya va ob’ektlarni amaliyotga qo‘llash nazariyasi.



Mazkur tarmoq yaratilgan ob’ektning foydali tomonlariini tajriba yo‘li bilan maksimal darajada o‘rganishga tayanadi. Ob’ektning yutug‘i va kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini belgilaydi. Ob’ektning foydali ish koeffistentini o‘rganish ba’zi hollarda konstruktiv natijalarni beradi. Bu jarayonda ob’ektning foydali ish koeffistentini aniqlash mezonlarining to‘g‘ri, haqqoniy belgilanganligini asoslash, alternativ mahsulotlar bilan

qiyoslash, ba’zan tavakkalchilik asosida qarorlar qabul qilish ko‘zga tashlanadi. Kvalimetriyaning metodologiyasi va metodlarini qo‘llash mazkur ob’ekt va jarayonlarning miqdor va sifat ko‘rsatkichlari asosida baholash va qarorlar qabul qilishga imkon yaratadi.

Bu jarayon uchta bosqichda amalga oshiriladi.

Dastlabki bosqich. Amalda qo‘llanilayotgan ishlab chiqarish mahsulotlarining foydali tomonlarini aniqlashda kvalimetriya metodlarini qo‘llash kutilgan samarani beradi.

Ba’zi ko‘pgina amaliy muammolarni hal etishda nafaqat tartib shkalasidan, balki keng miqyosdagi umumiy maqsadlarni e’tiborga olish va kvalimetriya metodlaridan foydalanish juda qo‘l keladi.

Ikkinchi bosqich. Ko‘p hollarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ahamiyatini belgilashda iste’molchilar va buyurtmachilar tomonidan bildirilgan taklif, talab va shartlari ustuvor sanaladi. Bu yondashuv asosida bozor iqtisodiyoti davrida mazkur taklif, talab va shartlarni to‘liq amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu erda mijozlarning taklif, talab va shartlari asosida bozorga chiargandan keyin emas, balki avval ekspertiza yo‘li bilan aniqlash lozim bo‘ladi.

Kvalimetriya bu muammoni ekspertiza metodi yordamida osongina hal etadi. Uchinchi bosqich. Ko‘pchilik hollarda ob’ektning foydali tomonlari bitta ko‘rsatkich bilan aniqlanadi, aslida uning foydali tomonlarini aniqlashda bir nechta ko‘rsatkichlarni majmua holda qo‘llash orqali aniqlash tavsiya etiladi.

Bu jarayonda kvalimetriyaning metodologiyasini qo‘llash, ob’ektning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini yaxlitlikda aniqlash lozim bo‘ladi.

Yüklə 462,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə