|
![](/i/favi32.png) Oliy va o’rta maxsus ta’lim
|
səhifə | 262/282 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 53,54 Mb. | | #137049 |
| va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)Baland tog’lar
|
Relefning morfogenetik tipi, balandligi 2000 m dan yuqori bo’lgan tog’lar. Yuqorida muz bilan qoplanganligi sababli muz hosil qilgan relef shakllari keng tarqalgan bo’ladi. Bunday tog’larga Himolay,
Tyanshanv, Al’p, Pomir, Kavkaz, Oltoy tog’lari kiradi.
|
Balka
|
uzun cho’zilgan botiq bo’lib, uning yonbag’irlari tik va o’simliklar
bilan qoplangan bo’ladi.
|
Barik (barometrik) bosqich
|
atmosfera bosimining 1 mm yoki 1 mb ga kamayishi uchun zarur bo’lgan balandlik yoki pastga tushganda shuncha miqdorga
ortadigan vertikal masofa.
|
Barik maydon
|
atmosferaning yer yuzasiga bo’lgan bosimi va uning taqsimlanishi.
|
Barometr
|
(yunoncha baros – og’irlik, metr – o’lchayman) – atmosfera bosimini
o’lchaydigan asbob.
|
Barxan
|
o’simlik bilan qoplanmagan ko’chma qum do’ngi. Shamol ta’sirida bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yuradi. Yillik ko’chish tezligi bir
necha sm dan yuzlab m ga yetadi.
|
Baykal tog’
burmalanish
|
burmalanishi bosqichi proterozoy erasiniing oxiri va kembriy
davrining boshida ro’y bergan.
|
Biogeogafiya
|
Yer yuzasida o’simlik va hayvonlar tarqalishining geografik
jihatlarini o’rganadigan fan
|
Biogeosenoz
|
Bir – biri bilan va atrof-muhit bilan o’zaro munosabatdan bo’lgan
organizmlar to’plami
|
Biosfera
|
(yunoncha bio – hayot, sfera – shar)–Yerning hayotga makon bo’lgan, tirik organizmlar tarqalgan joyi qobig’i. B. atmosferaning pastki qismi (troposfera)ni okean, dengiz, ko’l va daryo suvlari
(gidrosfera)ni hamda Yer po’stining ustki qismi (litosfera)ni o’z ichiga oladi.
|
|
Dostları ilə paylaş: |
|
|