Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə30/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


      1. Materikni tabiiy geografik rayonlashtirishda qaysi komponentlar ishtirok etadi?

      2. Shimoliy Afrika tabiiy geografik rayonining tabiiy geografik xususiyatlarini ayting?

      3. Atlas va Sudan o’lkalariga qiyosiy tavsif bering?

      4. Sahroi Kabir o’lkasining o’ziga xos tomonlariga tavsif bering?



      1. MARKAZIY AFRIKA TABIIY GEOGRAFIK RAYONI




Tayanch so’z va iboralar: Shimoliy Gvineya, Kamerun vulqoni, Kongo botig’i, vulqon konuslari, Bengela sovuq oqimi, sese pashshasi.


Shimoliy Gvineya yoki Gvineya sohili. O’lka Gvineya qo’ltig’ining shimoliy qirg’og’ida joylashgan, keng polosaga ega bo’lgan pastekislikni hamda Shimoliy
Gvineya balandligini o’z ichiga oladi. Iqlimi subekvatorial mintaqadan ekvatorial mintaqaga o’tkinchi oraliq iqlimdir. Gvineya qo’ltig’ining tekis sohili Shimoliy Gvineya balandligi bilan o’ralgan. Bu balandlik qirg’oq tomon zinapoyasimon shaklda pasayib boradi. Uning aksariyat qismining balandligi 500-600 m atrofida, ayrim joylarda maksimal balandligi 2000 m gacha yetadi. Balandlikning janubiy yonbag’ri uzunligi 200-300 km ga yetadigan bir qator kichik daryo vodiylari bilan chuqur kesilgan. Shimoliy Gvineya balandligi qadimiy kristall jinslardan tarkib topgan. Uning ayrim joylari gorizontal ravishda joylashgan qumtoshlar bilan qoplangan.
Gvineyaning qirg’oq bo’ylari pastekislik rel’ef shakliga ega bo’lib, dengiz yotqiziqlari bilan qoplangan. Qirg’oq chizig’i bo’ylab mayda orollar, qum tillari, lagunalar, ko’llar va dyunalar cho’zilab yotadi. Sohilning sharqiy qismini maydoni 24 000 km2 keladigan Niger daryosining yirik del’tasi egallagan. Nigerning quyi oqimidan sharq tomonda Adamava tog’lari joylashgan. Bu tog’lar Gvineya qo’ltig’iga yaqin joyda Kamerun vulkanik tog’ massivi bilan tugallanadi. Uning eng baland nuqtasi Kamerun vulqoni (Fako cho’qqisi) okean sathidan 4070 m qad ko’targan. U o’zining vulkanik faoliyatini hozirga qadar ham to’xtatgan emas. Gvineya sohili deyarli yil davomida janubi-g’arbiy musson ta’sirida bo’ladi. Dengiz havosiga ega bo’lgan mussonlar tog’ yonbag’irlariga juda katta miqdorda yog’in keltiradi. Ayniqsa yog’in qirg’oqlarning janubiy qismida va Kamerun tog’ massivi yonbag’irlarida yil bo’yi yog’adi. Shimoli-sharqiy passat Gvineya sohillariga qish paytida kirib keladi va iqlimga ta’sir etadi. Shimoldan kirib kelgan quruq shamol havo namligini keskin pasaytiradi.
O’lka hududida atmosfera yog’inlari bir tekis taqsimlanmagan. Kamerun tog’ massivining Atlantika okeaniga qaragan yonbag’ri yiliga 10 000 mm yog’in oladi. Bu faqat o’lkaning emas, balki butun Afrikaning eng seryog’in joyi hisoblanadi. Qolgan joylarda yillik yog’in miqdori 2000 mm dan 3000 mm gacha o’zgaradi. Janubi-g’arbiy qismlarda yog’in miqdori 1000 mm ga ham yetmaydi. Shunday joylardan biri Gvineya qo’ltig’ining shimoliy sohilida joylashgan Akkra shahri va uning atrofida yiliga 600-700 mm yog’adi.
Gvineya sohillari qadimda tropik o’rmonlarga boy bo’lgan. Keyinchalik ularning maydoni inson xo’jalik faoliyati tufayli keskin qisqargan. Kesilib ketgan o’rmonlar o’rniga yog’ beradigan palma, shokolad daraxti va shakar qamish plantasiyalari barpo etilgan. Bu yerning o’rmonlari uchun seyba daraxti yoki tola beradigan paxta daraxti, orxideylar, paporotniklar (qirqquloqlar) xarakterlidir. Gvineya tropik o’rmonlarida Amerikada o’sadigan va kaktuslar oilasiga mansub bo’lgan yovvoyi holda o’suvchi ripsalis kaktusi uchraydi. Bulardan tashqari o’rmonlarda kigeliya yoki kolbasa daraxti, liberiya kofe daraxti o’sadi. Daraxtlar kesilib ketgan joylarda savannalar ham vujudga kelgan. Gvineyaning suv bosadigan sohillarida va daryo del’talarida mangra o’rmonlari keng polosa bo’ylab tarqalgan.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə