Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə37/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


  1. yassi tog’ligi tabiiy geografik o’lkasiga tavsif bering?

  2. Kap tabiiy geografik o’lkasining o’ziga xos tomonlariga tavsif bering?

  3. Madagaskar va Efiopiya-Somali tabiiy geografik o’lkasiga qiyosiy tavsif bering?

  4. Janubiy Afrika tabiiy geografik rayonining gidrografik xususiyatlari nimada?

II BOB. AVSTRALIYA MATERIGI. OKEANIYA




Umumiy ma’lumotlar: Avstraliya va Okeaniya maydoni – 8 959 000 km2
Avstraliyaning dengiz sathidan eng baland nuqtasi – Kossyushko, 2228 m
Okeaniyaning dengiz sathidan eng baland nuqtasi – Jaya, (Yangi Gvineya oroli), 5030 m
Dengiz sathidan eng past nuqtasi – Eyr-Nort ko’li, -16 m Materikning chekka shimoliy nuqtasi – York burni (10°41/ sh. k)
Materikning chekka janubiy nuqtasi – Saut-Ist-Poynt burni (39°11/ j. k.)
Materikning chekka g’arbiy nuqtasi – Stip-Poynt burni (113° 05/ shq. u)
Materikning chekka sharqiy nuqtasi – Bayron burni (153°34/ shq.u)
Eng uzun daryo – Murrey (Marri) (Darling bilan), 3490 km Maydoni bo’yicha eng katta ko’l Eyr-Nord, 15000 km2 gacha Eng katta orol – Yangi Gvineya, 792 540 km2


    1. AVSTRALIYA MATERIGI GEOGRAFIK O’RNI, OKEAN QISMLARI, CHEKKA NUQTALARI. TEKTONIKASI




Tayanch so’z va iboralar: platforma, sinkliza, chekka nuqta, Tasmaniya, King, Flinders, Kenguru, Derk-Xartog, Freyzer, materik orol, suv osti cho’kmasi, Katta To’siq rifi, palaxsali tog’, geosinklinal mintaqa.

Avstraliya – yer sharidagi eng kichik materik. U atrofidagi orollari bilan birga butunlay janubiy yarim sharda joylashgan. Boshqa materiklardan so’ng topilgandan keyin aholi o’rnashgan bu materikning nomi lotincha “australis” - janubiy so’zidan kelib chiqqan. Janubiy tropik Avstraliyani shunday kesib o’tganki, undan shimolda materikning kichik qismi, janubda katta qismi joylashgan. Materikning chekka nuqtalari shimolda York burni (10°41/ sh. k.), janubda Saut-Ist-Poynt burni (39°11/


j. k.), g’arbda Stip-Poynt burni (113° 05/ shq. u.), sharqda Bayron burni (153°34/ shq. u.) joylashgan. Avstraliya shimoldan janubga 3200 km, g’arbdan sharqqa 4100 km cho’zilgan, maydoni 7mln 659 ming km2. Avstraliya yaqinida shimolda Melvill, Baterst, Grut-Aylend va boshqa mayda orollar, janubda materik sayozligida joylashgan Tasmaniya, King, Flinders va Kenguru kabi orollari mavjud. Derk- Xartog oroli g’arbdagi, Freyzer oroli esa sharqdagi eng yirik orollar hisoblanadi. Avstraliyani Hind va Tinch okeanlari suvi yuvib turadi va Avstraliya boshqa hech bir materik bilan quruqlik orqali bog’lanmagan. Shu sababli va uning kichikligini nazarda tutib Avstraliyani “Materik orol” deb ham ataladi (Ilova, 4-rasm).
Avstraliya materigini shimol tomondan epikontinental (materik yoni) Timor va Arafur dengizlari, shuningdek Karpentariya qo’ltig’i o’rab turadi. Materikning Hind okeani suvi yuvib turadigan g’arbiy va shimoliy sohillari bo’ylab dengiz sayozligi polosasi cho’zilgan. Avstraliyani sharq tomondan Marjon, Tasman dengizlari o’ragan, ular okean tipiga yoki oraliq tipga kiruvchi chuqur botiq havzalardan iborat bo’lib, katta (5000 m dan ortiq) chuqurliklarga ega. Suv osti
ko’tarilmalari bilan bo’lingan Fidji, Yangi Kaledoniya botiqlari va boshqalar ham juda chuqur. Suv osti ko’tarilmalari va tizmalari ustida materik hamda marjon orollari joylashgan. Orollar yoyi bo’ylab tashqi tomonda, qisman dengiz tomonda ham suv osti cho’kmalari (Melaneziya, Vityaz, Tong, Kermadek va boshqalar) cho’zilgan, ularning eng chuqur joylari 9000-10000 metrdan oshadi.
Avstraliyani shimol va shimoli-sharqdan o’rab turgan dengizlarning suv harorati butun yil bo’yi +27, +28°S ga teng. Marjon dengizi janubida qishda +19°S gacha, Tasman dengizida esa +16 +17°S ga tushib boradi. Marjon dengizidan materik qirg’og’i bo’ylab janub tomonga iliq Sharqiy Avstraliya oqimi harakatlanadi. Suvning sho’rligi hamma joyda 34,5-35,5 promilega teng.
Suv haroratining doim yuqori bo’lishi marjon qurilmalarining rivojlanishi uchun qulaylik tug’diradi. Marjon qurilmalari Marjon dengizida keng tarqalgan. Marjon dengizida materik sayozligi bo’ylab Katta To’siq rifi 2300 km ga cho’zilgan. Uning kengligi janubda 150 km ga yetadi. Rifning notekis, eroziya natijasida parchalangan yuzasini qalqish vaqtida suv bosadi. Rifni kesib o’tadigan tor kanallar ochiq dengizni Katta laguna bilan bog’lab turadi, lagunaning chuqurligi 50 m dan oshmaydi. Unda kemalar qatnashi mumkin va qirg’og’ida Avstraliyaning yirik portlari joylashgan. Keyingi yillarda marjon qurilmalariga juda ko’payib ketgan dengiz yulduzlari qattiq zarar yetkazmoqda, ular Katta To’siq rifining bir qismini buzib yuboradi va tabiatning bu ajoyib hosilasini butunlay barbod etish xavfini solmoqda. Materikning g’arbiy qirg’oqlari yaqinidan G’arbiy Avstraliya sovuq oqimi o’tadi, lekin u faqat qishda paydo bo’ladi va suv hamda havo haroratini ko’p pasaytirib yubormaydi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə