Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/33
tarix13.01.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98559
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
аҳмедова мухлиса-405-г

gulandom
im mening, 
Ne ko‘zumda uyqu bor, ne jonda oromim mening (102). 
Eroniy so‘zlar
1044
Arabiy-eroniy-
turkiy so‘zlar
214
ta
Arabiy-eroniy 
so‘zlar
236 
ta
Eroniy-turkiy 
so‘zlar
49
ta
Sof eroniy so‘zlar
545
ta


23 
 
Sendin ayru tushgali, ey 
mohi tobonim
 mening, 
Dam-badam qonyoshi yig‘lar chashmi giryonim mening (102). 
Nazmiy uslubga xos bunday arabcha va fors-tojikcha so‘zlar Alisher Navoiyning 
“Majolis un-nafois” asari leksikasining 15,6 foizini tashkil qiladi. Albatta, bunday 
so‘zlar o‘zaro alohida leksik-semantik va mavzuviy guruhlarga ajralmasdan hayotiy 
zarur narsa va voqea-hodisalarni qo‘shimcha ma’nolar bilan to‘ldirish uchun xizmat 
qilgan.
Biroq bunday qat’iy va aniq riyoziy ko‘rsatkichlar, shuningdek, TEQlarning 
lug‘aviy-tavsifiy bayoni etimologik qatlamlar hamda ularning birliklari haqidagi 
tashqi ma’lumotlar beradi. Biz bu ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, Alisher 
Navoiyning “Majolis un-nafois” asarida turkiy so‘zlar miqdori deyarli barcha 
qatlamlardan past degan xulosaga kelamiz. Bunday xulosalar eski o‘zbek tili leksikasi 
bo‘yicha qilingan deyarli barcha tadqiqotlarda mavjud. Afsuski, bu riyoziy-tavsifiy 
ma’lumotlar turli xildagi TEQlarning, jumladan, turkiy, forsiy va arabiy so‘zlarning 
tildagi sifat mavqei to‘g‘risida aniq xulosa chiqarishga to‘sqinlik qiladi. Chunki tavsif 
va ro‘yxatlarda, riyoziy ko‘rsatkichlarda biz fahm (tajriba, kuzatish, emperik 
o‘rganish) asosida “Majolisun-nafois” asari lug‘at boyligining tashqi miqdoriy tomoni 
haqidaga ma’lumotga ega bo‘lamiz. Bunday xulosalar ko‘p hollarda bizni “aldaydi”. 
Buning boisi shundaki, qiyosiyot (dialektika) va tasavvuf ta’limotiga ko‘ra tashqi 
tomondan o‘rganish bizni hamma vaqt “yanglishtiradi”', “chalg‘itadi”. Buyuk 
mutafakkir Alisher Navoiy buni “Lisonut-tayr” asarida ixchamgina qilib “Qosir etti 
fahmdin idrokni” fahm, ya’ni hodisalarning tashqi xususiyatlari, idrok, esa mohiyatni 
ochishga to‘sqinlik qiluvchi ) deb sharhlagan edi. Haqiqatan ham TEQlarni fahmiy 
usulda miqdoriy ko‘rsatkichlarda va ro‘yxatlarda ko‘rib o‘tish turkiy, arabiy va forsiy 
TEQlar orasidaga sifat bog‘lanishlarini sifat munosabatlar bilan qorong‘ilashtirib 
qo‘yadi. Bu qatlamlar orasidagi sifat bog‘lanishlarni ko‘rib o‘tish uchun biz namuna 
sifatida atigi uchta turkiy so‘zni, shu so‘z ifoddlagan ma’noni anglatuvchi arabiy va 
forsiy ma’nodoshlarni, ya’ni sinonimlari bilan munosabatini ko‘rib o‘tamiz. Bu 
so‘zlar suyukluk, tuzluq, go‘zal- kabilardir. Shuningdek, suyukluk so‘zining sevgili 


24 
ma’nosini anglatuvchi arabiy (a) va forsiy (b) ma’nodoshlari (sinonimlari) ham keng 
qo‘llanilgan: (1-chizma) 
а) 
gulafshon - Bu hazratkim, bu majlis ahlining sadrinishinidurlar sahobi 
maoniylari

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə