Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə14/32
tarix22.03.2024
ölçüsü0,66 Mb.
#183253
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
turkiy tillarning qiyosiy-tariixy grammatikasi-buxoro

To‘lqin nazariyasi X1X asrning o‘rtalarida Yevriopada din mutlaq hukmdorligining zaiflashihi, Gegel falsafasi mavqeining pasayishi, fanlar taraqqiyotida biologik (naturalistik) yo‘nalishning emas, balki mexanika va fizikaning yetakchiligi boshlanishi, tilshunoslikda psixologizm oqimining kuchayishi davrida, yosh grammatiklar tomonidan ilgari surildi. Bu nazariya metodologik tamoyillariga ko‘ra, tillararo o‘xshashlik faqat ular orasidagi qarindoshlikdan va bir bobotildan kelib chiqqnligidan dalolar bermaydi. – bir-biriga juda o‘xshsahs bo‘lgan tillar, albatta, bir bobotildan kelib chiqqan bo‘lishi shart emas. Kelib chiqishi tamoman har xil bo‘lgan xalqlar va tillar uzoq davrlar mobaynida o‘zaro yaqin aloqa va hamkorlikda bo‘lsa, o‘zaro qorishuv, ta’sir va analogiya qonuninyatlari asosida bu tillar o‘zaro o‘xshsashlik kashf etishi mumkin. Tillar oilasiga birlashtirilgan barcha tillarni bitta bobotildan keltirib chiqarish shart emas – umumiylik o‘zaro ta’sir najijasi ham bo‘lishi mumkin. To‘lqin nazariyasi namoyandalari (jumladan, Andrey Kononov, Aleksandr Sherbak) turkiy tillarning mo‘g‘ul va tunguz-manjur tillari bilan qarindoshligini rad etib, ularning oralaridagi o‘xshashlikni o‘zaro ta’sir bilan sharhlaydilar.
Endi turkiy tillar tasnifi masalasi ustida to‘xtalib o‘tamiz. Bo‘lajak tadqiqotchi juda yaxshi tushunib yetishi va o‘zida singdirishi zarur bo‘lgan m e t o d o l o g i k tamoyillardan biri tasnif muammosidir. Tasnif – o‘rganilayotgan narsa/hodisani ma’lum o‘xshashliklar asosida aniq bir guruhlarga birlashtirish va bu guruh ichida har bir hodisaning xususiy farqini ochish berish − ilmiy tadqiq jarayoninig mohiyati va eng asosiy amaliyotidir12. Istagan narsa/hodisa serqirra, qarama-qarsi tomon va xossa-yu xusussiyatlar majmuasi bo‘lgani sababli13 tillar ham xilma-xil jihatlardan – joylashish o‘rni (geografik tasnif), qurilishi va grammatik ma’nolarni ifodalash usullari (tipologik tasnif), boshqa tillar bilan aloqalari (kontaklik tasnifi), jumladan, qarindoshlik – tarixan bir manba, manshadan kelib chiqish (genealogik tasnif) belgilari asosida tasnif etilishi mumkin. Tabiiyki, har bir tasnifda muayyan bir tilning o‘rni o‘ziga xos bo‘ladi va shu tasnif asosida tilning ochilgan xusussiyati – tilning definitsiyasi (ta’rifi, til haqida chiqarilgan hukm/xulosa) va aloqadorlari uning boshqa asosda berilgan tasnifidan chiqadigan hukm/xulosadan farqli (hatto zid va qarama-qarshi) bo‘lishi mumkin. Ayni bir narsaga beriladigan bunday bir-biriga zid ta’riflar bir-birini rad etmaydi, aksincha, narsaning turli tomonlarini ochib, uning mohitaini to‘laroq ochishga xizmat qiladi. Shuning uchun F.Gegel tasnif haqida gapirib, narsaning ta’riflari qancha ko‘p va bir-birini inkor etadigan bo‘lsa, biz uning mohiyatiga shuncha chuqurlashganmiz deb xulosa qiladi. Chunonchi, turkiy tillarning kontaktdoshlik belgisi (masalan, eroniy tillar bilan aloqalari va rus tili bilan aloqalari asosida) tasnif etadigan bo‘lsak, hozirgi turk (Turkiya turkchasi) tili bir tasnifda o‘zbek tili bilan bir guruhga mansub bo‘lsa, ikkinchi tasnifda o‘zbek tili unga kirmaydigan boshqa guruhga mansub bo‘lladi. Shuning uchun har bir narsa/hodisaga nisbatan beriladidan ta’rif, chiqarilgan hukm/xulosa (definitsiya) muayyan, aniq bo‘lishi, bu ta’rifning uning qaysi qirrasiga tegishli ekanligini, ya’ni qanday tasnif asosida berilayotganligini o‘zida aks ettirishi zarur. Aks holda, ta’rif mavhum – haqiqatdan, aloqadorlikdan uzilgan bo‘ladi va tadqiqotchini chalg‘itadi.
Turkiy tillar ham, “Turkiyshunoslikka kirish” o‘quv fanidan sizga ma’lum bo‘lganidek, turli jihatlardan tasnif etilishi mumkin va fanimizda qilingan. Biz genealogik munosabatlar – umumiy bobotilga mansublik masalasi bilan shug‘ullanayotganligimiz sababli bu yerda shu asosdagi tasnif haqida gapiramiz, xolos. Turkiy tillar oilasining genealogik aloqalarini yagona bobotil nazariyasiga asoslangan mukammal, hozircha yagona, butun dunyo turkiyshunosligida, bugungi barcha turkiyzabon respublikalarda keng qo‘llanilayotgan va o‘qitilayotgan genealogik tasnifi o‘tgan asrning 60-70-yillarida rus turkiyshunosi Nikolay Baskakov tomonidan ishlab chiqildi va juda keng ommalashgandir.
N.Baskakov turkiy, mo‘g‘uliy va tungus-manjur tillarini bitta – oltoy tillari oilasiga birlashtirib, ularni turk-mo‘g‘ul va tunguz-manjur tarkibiga, turk-mo‘g‘ul tarkibini turkiy tillar va mo‘g‘uliy tillarga, turkiy tillarni o‘z navbatida Sharqiy hun va G‘arbiy hun tarmoqlariga ajratadi. Baskakov tasnifiga ko‘ra, G‘arbiy hun tarmogini quyidagi to‘rt asosiy guruhga ajraladi:
1) bulg‘or guruhi − hozirgi turkiy tillardan bu guruhga chuvash tili mansub;
2) o‘guz guruhi − hozirgi turkiy tillardan bu guruhga turkman, turk, ozarbayjon(ozariy), gagauz, qirim-totor tillari mansub;
3) qarluq guruhi − hozirgi turkiy tillardan bu guruhga o‘zbek, hozirgi uyg‘ur tillari mansub;
4) qipchoq guruhi − hozirgi turkiy tillardan bu guruhga qozoq, qoraqalopoq, totor, boshqird, qarayim, no‘g‘oy, qorachay, bolqor tillari mansub.
Olim Sharqiy hun tarmog‘ini ikki guruhga ajtatadi:

  1. uyg‘ur guruhi − hozirgi turkiy tillardan bu guruhga yoqut, xakas, qamasin, sho‘r, cho‘lim-totor tillari mansub;

  2. qirg‘iz guruhi − hozirgi turkiy tillardan bu guruhga qirg‘iz, oltoy tillarir mansub.

Turkiyshunoslikda turkiy bobotil (praturkskiy) odatda umumturkiy til deb aytiladi. Shuning uchun umumturkiy deganda ko‘pincha turkiy bobotilga aloqdor hodisalar ataladi. Chunonchi, “umumturkiy /a/ o‘zbek tilida qachon /ao/ga o‘tishi qat’iy qonuniyatlar bilan belgilanmaydi” degan qonuniyatni “ko‘pgina turkiy tillarga xos bo‘lgan…” deb ham, “turkiy bobotilga xos bo‘lgan…” deb ham tushunish mumkin.
Shleyxer nazariyasiga uyg‘un ravishda turkiyshunolikda o‘g‘uz bobotil, qipchoq bobotil … kabi atamalarni ham uchratish mumkin. Bunday atama bilan turkiy tillar ichki guruhining umumiy xususiyati belgilanadi.
Shunday qilib, biz turkiy tillarning tasnifi va qarindoshligi masalasiga yakun yasab ayta olamizki, turkiy tillarning o‘zaro qarindoshligi tugal tan olingan, lekin ularning boshqa tillar va ularning oilalari (guruhlari) bilan aloqalari hali munozarali bo‘lib kelmoqda.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə