Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 137 Kb.
səhifə2/4
tarix01.02.2023
ölçüsü137 Kb.
#99966
1   2   3   4
Sharipova Madina OTO\'M kurs ishi

Darsning maqsadi: O’tmishda yashab o’tgan vatandoshimiz shoh Mirzo Bobur shaxsi bilan tanishtirish, uning hayoti haqida ma’lumot betish. O’quvchilarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular nutqini o’stirish va o’qish malakasini oshirish.
Darsning turi: O’tilganlarni mistahkamlash.
Darsning uslubi: Suhbat.
Darsning jihozi: Mirzo Bobur portreti va tarqatma material.
Darsning borishi: Dars O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi bilan boshlanadi.
O’tilgan mavzuni so’rab, bolalar bilimi aniqlanadi, quyidagi savollar beriladi:
a) Biz o’tgan darsda qanday mavzudagi asarlarni o’rgangan edik?
b) Alisher Navoiy Jaloliddin Munshiyga qanday topshiriq bergan edi?
d) Said Ruhillo nima uchun xursand bo’ldi?
Tanlab o’qitish:
a) Mirak naqqosh navkariga yalinib-yolvorgan qismigacha o’qing.
b) Mirak naqqosh Ulug’ amirning shartini qabul qilgan qismigacha o’qing. Lug’at ustida ishlash:
Munshiy jome masjid, tilxat, falakning gardishi, boshni tanadan judo qilish kabi so’z va iboralar.
Yangi mavzuning bayoni: Asarni o’qishga tayyorgarlik. O’qituvchining hikoyasi.
Shoh va shoir Mirzo Bobur temuriylar avlodidan edi. U taqdir taqazosi bilan Hindistonga borib, uyerda katta davlat tuzdi.
Shu yurtni obod qilishga o’z hissasini qo’shdi. Bobur nafaqat shoh, balki shoir, tarixchi, biolog, musiqachi va me’mor ham bo’lgan.
Uni dovyurak, jasur va epchil bo’lgani uchun “Bobur”, ya’ni “Yo’lbars” deb ataganlar. Bobur Hindistonda yashar ekan, o’z yurtini. Andijonu Farg’onaning so’lim bog’larini, shirin-shakar mevalarini qo’msaydi.
Shuning uchun u Hindistonda go’zal bir bog’ yaratadi. Bu bog’da shirin-shakar mevalar yetishtiriladi, polizda esa piyoz, sabzi bodring, tarvuz bitadi ammo handalak bilan qovun bo’lmaydi.
Shoh ketma-ket 3 yil qovun ektiradi, biroq dehqonlar yerdan qovun olisha olmaydilar.
Shoh Bobur bu yil ham qovun ekib pishirmasalaring, hammangizni jazolayman deb g’azablanadi.

Hozir yangi mavzuni o’qib o’rganamiz.


a) Bobur yaratgan bog’da qovun yetkaza olindimi yo’qmi?
b) Dehqonlar shohning g’azabiga duchor bo’lishdimi yoki yo’qmi?
Degan savolga javob topamiz.
Asarni o’qish.
O’qituvchi asarni ifodali qilib o’qib beradi.

Asar yuzasidan dastlabki suhbat:


a) Asarda kim haqida hikoya qilinadi?
b) Shoh Bobur qovunning o’z yurtida yetishtirilganini qayerdan bildi?
c) Bobur bog’bomnni nima uchun bosh-oyoq sarpo bilan mukofotlaydi?

Yangi mavzuni mustahkamlash:


O’quvchilarga asar qismlarga bo’lib o’qitiladi. Bolalar Bobur yaratgan bog’ida nimalar yetishtirilganiga, nimani yetishtirishning iloji bo’lmaganiga, shoh dehqonlardan nimani talab qilganligi, dehqonlar shohning talabini qondirish uchun qanday hiyla o’ylab topishgani va Bobur buni nimalarga asoslanib bilib qolganiga e’tiborni qaratish vazifasi topshiriladi. So’ngra hikoya qismlariga sarlavhalar qo’yiladi.

a) “Bog’i Boburiy” bog’i barpo etildi.


b) Bog’bonlarning qiyin ahvoli.
c) Buburning ko’ngli buzildi.
d) Bobur bog’bonga rahmatlar aytdi.

Reja asosida tanlab o’qish va qayta hikoyalash:


Xat taxtada reja yozilgan bo’ladi, yaxshi o’qiydigan o’quvchilar asarni qisqartirib qayta hikoyalanadi.
To’liq qayta hikoyalash:
Bir o’quvchi qism sarlavhalari yordamida qayta hikoyalab beradi.
Shundan so’ng asar ichida o’qitiladi.
O’qiganda notanish so’zlarni belgilab ketish topshiriladi.
Masalan: chekkasi rezavor, tilimlamoqchi, tilni yorar kabi so’z va iboralar.
O’quvchilarga asar mazmuni yuzasidan savollar tuzib kelish vazifa qilib qo’yiladi.
Hikoyaning tahlilidan so’ng o’quvchilarning Bobur haqidagi fikrlari so’raladi.

Darsni yakunlash:


Bolalar, siz bu hikoya orqali kimning hayotidagi voqea bilan tanishdingiz?
Boburning hind yerida qovun yetishtirishni talab qilishdan asosiy maqsadi nima edi?
Bu hikoyada asosiy g’oya nimadan iborat deb o’ylaysiz?
O’qituvchi darsda ishtirok etgan o’quvchilarning bilimi qanchalik mustahkam bo’lishiga erishilsa yuqori sinflardagi materialni o’zlashtirish oson kechadi. Shunday ekan, boshlang’ich sinf o’qituvchilari bu borada samaraliroq ishlashiga umid bog’laymiz.

Boshlang’ich ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining eng muhim va murakkab bo’g’ini hisoblanadi. Boshlang’ich sinflarda ifodali o’qishga o’rgatish sinflar bo’yicha o’qish mazmunini og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish va mashg’ulotlarni olib borish kerak. Bola maktabga kelganida avval o’qish, yozishni o’rganadi. Asta-sekin unga mustaqil kitob tanlay boshlaydi,o’qigan kitobini to’g’ri baholay olish ko’nikmalari shakllantiriladi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar so’zlarni to’g’ri bo’g’inlarga ajrata olishi kerak, buning uchun o’qituvchi har bir o’quvchi bilan ishlash o’quvchilar bilan to’g’ri muomalada bo’lishi zarur. Ifodali o’qish turli badiiy va amaliy matnlarni puxta o’zlashtirishning ma’lum metodlaridan biri sifatida o’qituvchi uchun kalit rolini bajaradi. Ifodali o’qish darslarida o’quvchilarning zerikishiga yo’l qo’ymaydi, aksincha faollashtiradi,badiiy asarlarga qiziqishini kuchaytiradi, adabiyotga havas uyg’otadi. Ifodali o’qish va o’zaro nutqiy faoliyat jarayonida bolalarning adabiy talaffuz me’yorlari shakllanadi. O’quvchilar nutqining grammatik shakllarini to’g’ri qo’llash va to’g’ri talaffuz etish bolalar nutqining ravon, ifodali bo’lishiga yordam beradi. Ifodali o’qishda:


a) nafasdan to’g’ri foydalana olish;
b)adabiy til talaffuz normalarini yaxshi bilish;
c)so’z,bo’g’in va tovushni to’g’ri,aniq talffuz etish;
Boshlang’ich o’quvchilarini ifodali o’qitishda asosan shu 3 qoidaga amal qilishi kerak. Boshlang’ich sinflarda ifodali o’qishga o’rgatish har bir o’quvchi so’zlarni to’g’ri talaffuz qila olish,bo’g’inlarni to’g’ri ajrata olishi va normal tezlikda o’qishi orqali bola gapdagi asosiy,mazmunini anglaydi. Bolaning o’qish tezligini normallashtirishda 2ta narsaga e’tibor berishi kerak. 1.Normal tezlikda o’qish namunasini ko’rsatish;
2.Ichidagi o’qish yuzaki bo’lmasligi uchun topshiriqlar berish yo’li bilan tekshirish.
Ifodalilik ko’rgazmalilik demakdir. Ifodali o’qish adabiyotni aniq va ko’rgazmali o’qitishning dastlabki va asosiy formasidir. O’qituvchi ifodali o’qish orqali asar mazmunini va emotsionalligini o’quvchilarga ko’rgazmali ravishda yetkazadi. O’qish darslari o’quvchilar fikrini va nutqini o’stirish,hamda o’quvchilar shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi xususiyatlar bilan boshqa o’quv predmetlari orasida alohida o’rin tutadi. O’qish darslari jarayonida o’quvchilarning o’qish malakalari takomillashib,to’g’ri,ongli,va ifodali o’qish badiiy asar g’oyasini tushunish qobiliyatlari o’sib boradi. 2-sinfda ona tili va o’qish savodxonligi darsligining 1 -qism 1 -bo’limida "Katta bo’lsam,Nobel mukofotini olaman!"mavzusida keltirilgan quyidagi hikoyasi "Nobel olaman!",ya’ni bu hikoya o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga,tabiatni asrashga,o’quvchilarni o’z oldiga qo’ygan maqsadiga intilishiga yordam beradi. Ismim - Muhammad, familiyam -Haydarov. Ikkinchi sinfda o’qiyman. Men tabiatdagi g’aroyib narsalarga qiziqaman. Shuning uchun ham eng sevimli fanim - tabiiy fanlar. Tabiatda sirli narsalar ko’p. Oddiygina yomg’ir yoki shamolning qanday paydo bo’lishi haqida o’qisam, hayratlanib ketaman. Ayniqsa, osmondagi yulduzlar, sayyoralar haqida ko’proq bilgim keladi. Katta bo’lsam, astronom bo’laman. NASA, SpaceX kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlayman. Ularga koinotni o’rganishda yordam beraman. O’zim ham fazoviy kemalar yasayman. Ularda fazogirlar Oy va Marsga uchishadi.Yaxshi astronom bo’lish uchun hamma fandan a’lo baholarga o’qish kerak. Fizika, matematika va kimyoni chuqurroq o’rganish kerak. Chunki boshqa galaktikalarga uchsak, bu bilimlar kerak bo’ladi.Kelajakda Nobel mukofotini olmoqchiman. O’zbek olimlari haligacha bu mukofotni olmagan. Men Nobel mukofotini olgan birinchi o’zbekistonlik bo’lishim mumkin. Buning uchun esa hamma odamlarga foyda keltiradigan katta ish qilish kerak. Bu oson emasligini bilaman. Lekin men albatta harakat qilib ko’raman.

Yüklə 137 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə