Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


“O‘zbek dialеktologiyasi” fanidan tayyorlanib



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/87
tarix11.05.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#109617
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   87
Т ЭНАЗАРОВ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМАМ 10032018 ДИАЛЕКТОЛОГИЯМ d

“O‘zbek dialеktologiyasi” fanidan tayyorlanib
nashir etilgan darsliklar haqida 
 
Bu fan yuzasidan XX asrning 20-yillaridan to bugungacha bir qancha 
o‘quv qo‘llanma, metodik qo‘llanma, juda ko‘p monografiya va maqolalar nashr 
qilingani kabi bir necha darsliklar ham tayyorlanib, e’lon qilingan. Ular (ya’ni 
darsliklar) to‘grisida quyida qisqagina ma’lumotlarni qayd etishni o‘rinli deb 
bilamiz: 
1. V. V.Rеshеtov, Sh.Shoabdurahmonov. O‘zbеk dialеktologiyasi.T., 
1959.
Mualliflari: prof.V.V.Reshetov, filologiya fanlari kandidati Sh.Shoabdu-
rahmonov. Nashr etilgan yili 1959-yil.Tiraji 3500 ta.Hajmi 80 sahifadan 
iborat.Uning munda-rijasida quyidagilar bor: 
I.Uqdirish xati - 3-31-betlar. 
I.1.Dialektologiya fani – 3-4-betlar. 
I.2. Transkripsiya – 4-11-betlar. 
I.3.O‘zbek xalq shevalarini o‘rganish – 12-16-betlar. 
I.4. O‘zbek xalq shevalarining klassifikatsiyasi – 17-31-betlar. 
II.Programma (4ta bo‘limdan iborat) – 32-34-betlar.. 
III.Adabiyotlar (3ta bo‘lim, 247ta) – 35-44-betlar. 
IY.Tekst namunalari (22ta) – 45-80-betlar.
2. V. V.Rеshеtov, Sh.Shoabdurahmonov. O‘zbеk dialеktologiyasi.T., 
1962 (Mazkur ishda shevalarimizning fonetikasi, morfologiyasi, leksikologiyasi 
bo‘yicha shevalarga oid katta hajmli material bor).
3. V. V.Rеshеtov, Sh.Shoabdurahmonov. O‘zbеk dialеktologiyasi.T., 
O‘qi-tuvchi, 1978 (Bu vaqtda esa mualliflar akademik unvonini olishgan. Unda 
shevalarimizning fonetikasi, morfologiyasi, leksikologiyasi bo‘yicha zarur 
materiallar shu fanga ajratilgan o‘quv soatiga mos holatda berilgan). 
4. N. Rajabov O‘zbеk shеvashunosligi.T.,O‘qituvchi,1996 (Bunda lahja 
hamda shevalarimizga ham tarixiy, ham sinxron nuqtai nazaridan qaralgan). 
5. B. To‘ychiboyеv, B. Hasanov O‘zbеk dialеktologiyasi. Abdulla Qodiriy
nomidagi xalq mеrosi nashriyoti, T., 2004 (Ushbu darslikda asosan 
dialektologiya fani, uning maqsadi va vazifalari, lingvistik geografiya metodi, 
shevalar tasnifi hamda uchta lahjaga xos xarakterli xususiyatlarga e’tibor 
qaratilgan). 
1
Qarang: Rеshеtov V.V., Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek dialеktologiyasi. T., O‘qituvchi , 1978.18-20-betlar. 


168 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə