Oʻlkashunoslik



Yüklə 62,57 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.03.2022
ölçüsü62,57 Kb.
#84844
Oʻlkashunoslik - Vikipediya



Oʻlkashunoslik

Oʻlkashunoslik

 — mahalliy aholi tomonidan oʻz ona yurti hisoblangan muayyan oʻlka, viloyat,

shahar, tuman, qishloq va boshqalar hududlarning har tomonlama oʻrganilishi. Oʻ. tabiiy, ijtimoiy,

madaniy, tarixiy va boshqalar tadqiqotlar majmuidan iborat. Oʻ.da oʻlkaning tabiati, aholisi,

xoʻjaligi, tarixi, madaniyati, arxeologiyasi, oʻlka namoyandalari oʻrganiladi. Oʻ. kompleks va soha

Oʻ.likka boʻlinadi. Kompleks Oʻ. turli sohalarni bir-biri bilan bogʻliq holda, soha Oʻ. geografiya,

tarix, etnografiya, madaniyat, toponomika va boshqalar sohalarga oid masalalarni alohida

oʻrganadi. Hozirgi vaqtda ekologik vaziyat va tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan

oqilona foydalanish masalalarini oʻrganuvchi Oʻ. rivojlanmoqda. Oʻ.ning asosiy maqsadi oʻz oʻlkasi

tabiati, aholisi, etnografiyasi, xoʻjaligi, madaniyati, ekologik vaziyat va h.k. haqida ashyoviy

dalillar, maʼlumotlar, namunalar toʻplab, ularni ommalashtirib, aholi bilimini oshirishdir. Oʻ. juda

katta ijtimoiy-siyosiy, madaniymaorifiy, oʻquvtarbiyaviy ahamiyatga ega. Ayniqsa, milliy

qadriyatlarni aniqlash va ommalashtirishda Oʻ.ning oʻrni juda katta.

Oʻzbekistonda Oʻ. tashkiliy shakliga koʻra 3 turga boʻlinadi: ilmiy (davlat), jamoat va maktab. 



I l

m i y (davlat)

 Oʻ. bevosita davlat ilmiy tashkilotlari, ilmiy tekshirish institutlari, tabiiy, tarixiy va

arxeologik yodgorliklarni muhofaza qilish qoʻmitalari, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari,

maxsus muzeylar xodimlari tomonidan olib boriladi, tadqiqot maʼlumotlari toʻplanadi, topilmalar

maxsus muzeylarda koʻrgazmalarga qoʻyiladi. 

J a m o a t Oʻ.

 mahalliy hokimiyatlarning bevosita

rahbarligida tegishli joylardagi tabiiy, tarixiy va arxeologik, etn., toponimik va boshqalar

tashkilotlar mutaxassislari tomonidan olib boriladi. 



Maktab Oʻ.

 umumiy taʼlim maktablarida,

geogr., tarix, botanika, zool., til va adabiyot oʻqituvchilarining bevosita rahbarligida tashkil

etiladi. Oʻlka tabiati, tarixi, aholisi, xoʻjaligi, madaniyati, etnografiyasi, toponimikasi,

arxeologiyasiga oid dalil va topilmalar maktab Oʻ. muzeylarida namoyish etiladi.

Oʻzbekiston hududida Oʻ. tarixi oʻrta asrlarga borib taqaladi.

 Abu Rayhon Beruniyning

"Hindiston", "AtTafhim", "Mineralogiya", "Saydana" asarlarida Oʻ.ka, jumladan, toponomik Oʻ.ka oid,



Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida geografik, toponimik Oʻ.ka oid

maʼlumotlar juda koʻp. Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asari esa Oʻ.ning mumtoz

asari hisoblanadi.

Mamlakatimizda oʻlkani har tomonlama oʻrganish 20-asr oʻrtalarida ayniqsa rivojlandi. Bunda

oʻlkaning tabiati va tabiiy boyliklarini oʻrganish kengaydi. Chunki bu vaqtda mahalliy tabiiy

boyliklar va ulardan xalq xoʻjaligida koʻproq foydalanish vazifasi qoʻyilgan edi. Oʻzbekiston

mustaqillikka erishgach, Oʻ. ishlari xalq tarixini, qadriyatlarini oʻrganishga, ularni tiklashga

qaratildi. Fan va texnika rivojlanishi, tabiat va tabiiy resurslardan foydalanishning jadallashishi

natijasida ekologik Oʻ. tez rivojlanib bormoqda. Maktablarda yosh oʻlkashunoslar guruhlari

tashkil etilib, oʻz joyining tabiati, ekologik sharoitlari, tarixi, toponimikasi va qadriyatlarini

oʻrganish taraqqiy etmoqda. Baʼzi mamlakatlarda Oʻ. maktabdagi taʼlim ishlarining tarkibiy qismi

hisoblanadi.



Bu maqolada 

boshqa til boʻlimlariga ishorat

 yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.

Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=O%CA%

BBlkashunoslik&action=edit)

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz mumkin.

 

Bu andozani 



aniqrogʻiga

 almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?


 

Soʻnggi tahrir 4 oylar avval

 

MalikxanBot

 tomonidan amalga oshirildi  

title=O


ʻ

lkashunoslik&oldid=238726



0

" dan olindi



Yüklə 62,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə