Ommaviy axborot vositalari


Ommaviy axborot vositalari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix25.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#112766
1   2   3
Co5E2h40BNOFW3vZ25kNidRUlrW1zLqvkejINVNm

Ommaviy axborot vositalari

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari uchun turli 
imtiyozlar belgilashga qaratilgan qonunchilik tobora 
takomillashtirilmoqda. Xususan, 2011 yil 30 dekabrda qabul 
qilingan “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish 
uchun qo’shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklari berish 
to’g’risida”gi qaror buning yorqin isbotidir. Mazkur qaror axborot 
sohasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash 
bo’yicha OAV imkoniyatini kengaytirib, iqtisodiy asoslarini mus-
tahkamlamoqda. Zero, iqtisodiy erkin, baquvvat va mustaqil 
ommaviy axborot vositalari jamoatchilikka tahliliy, tezkor va 
xolis ma’lumot etkazib berish imkoniga ega. 

YuNISEF bilan hamkorlikda ona va bola salomatligini 
muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy 
ahamiyatga molik dasturlar omtimizning har bir fuqarosi 
Vatanimiz taqdiri uchun o’z mas’ulligini his etgan holda el-
yurtimizning yanada ravnaq topishiga hissasini qo’shishga 
intilishiga ko’maklashishi lozim. 


Og’zaki nutq:

Mavzuga oid matnni o’qib tushunish. 

Matndagi termin va iboralarning ma’nosini 
izohlash.

Matnga munosabat bildirib so’zlash.

Mavzu bo’yicha bahs-munozarada ishtirok etish.


Yozma nutq:

Ommaviy axborot vositalarining faoliyati haqida 
fikr bildirish. Teleko’rsatuvlar va 
radioeshittirishlar, gazeta va jurnallardagi 
materiallar, reklama matnlarini tahlil qilish. 

“XXI asrda axborotning o’rni” mavzusida esse 
yozish.


Publitsistik uslub va uning
xususiyatlari. 

Publisistika (lat. «xalq, omma») davrning eng muhim, dolzarb 
masalalarini o`quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga 
gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani 
jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo`layotgan 
voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini 
shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ommaviy axborot 
vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy majlis 
yig`inlarida, turli xil anjumanlarda qo`llaniladigan nutq uslubi 
publitsistik uslub
sanaladi. Publitsistik uslub ikki xil shaklda 
namoyon bo`ladi: 1) yozma shakl; 2) og`zaki shakl; Ijtimoiy-
siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh 
maqolalar, felyeton va 
pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar
publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va 
televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning 
nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir. 


Publitsistik uslub va uning 
xususiyatlari. 

Publitsistik uslubning o`ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan 
ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo`lish, hozirjavoblik, 
ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy 
tushunchalarni ifodalovchi so`zlar ko`proq qo`llaniladi. M., 
isyon, 
irqchilik, qo`poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim
va boshqalar. 


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə