Ona tili (15 ta)



Yüklə 181,51 Kb.
səhifə1/5
tarix14.09.2023
ölçüsü181,51 Kb.
#121897
  1   2   3   4   5
70134122 fizika matematika




ONA TILI (15 TA)

  1. Berilganlar orasidan so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud bo‘lgan gapni toping.
    A) Bu dori uning dardiga da’vo bo‘lolmadi.
    B) Malika she’rni tez yod oladi.
    C) Qattiq shamol ko‘tarildi.
    D) Sanjar va Sardor juda ahil do‘stlar.


  2. Ushbu gapda hol vazifasida kelgan so‘zni toping. Aziza darsda qatnashmagani uchun baho ololmadi.
    A) Aziza B) qatnashmagani uchun C) darsda D) ololmadi


  3. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so‘zdan keyin qanday tinish belgi ishlatiladi?
    A) vergul B) nuqtali vergul C) tire D) ikki nuqta


  4. So‘zlarning tobe bog‘lanishida so‘roq qaysi qismga beriladi?
    A) tobe qismga B) hokim qismga C) ikkala qismga ham D) so‘roq berilmaydi


  5. Ushbu gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turinni aniqlang. G‘olib bo‘lib, onamni xursand qilaman.
    A) darak gap B) so‘roq gap C) buyruq gap D) istak gap


  6. Qanday fe’llar tushum kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanadi?
    A) harakat fe’llari B) holat fe’llari C) o‘timli fe’llar D) o‘timsiz fe’llar


  7. Gulchilar so‘zidagi shakl yasovchi qo‘shimchani aniqlang.
    A) gul B) -chi C) -lar D) -chila


  8. Qaysi so‘z tarkibida sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha mavjud?
    A) oymoma B) kitobim C) muzlatgich D) kelinchak


  9. Majhul nisbatdagi fe’llarni toping.
    A) kiyindi,boqildi B) bo‘yandi, olindi C) chaqildi, taqildi D) berildi, maqtandi


  10. Fe’lning vazifa shakliga kirmaydigan qatorni toping.
    A) orttirma nisbat B) sifatdosh C) sof fe’l D) harakat nomi


  11. Eskirgan so‘zlarni aniqlang.
    A) handasa, shuaro B) yumurta, paqir C) olim, maktub D) asr, marosim


  12. Ushbu gap tarkibidagi so‘roq olmoshi qaysi so‘z turkumiga qarata aytilgan: Qizaloq do‘konga nima uchun kirganini unutib qo‘ydi.
    A) ot B) sifat C) ravish D) olmosh


  13. Faqat –alla qo‘shimchasini qo‘shish yordamida gumon olmoshiga aylanuvchi so‘zni aniqlang.
    A) kim B) narsa C) bir D) har


  14. Bizning hovli ko‘chaning boshidagi eng birinchisi edi. Berilgan gapda olmoshning tuzilishiga ko‘ra qaysi turi ishtirok etgan?
    A) sodda B) qo‘shma C) juft D) takroriy


  15. Qaysi olmoshlarga egalik va kelishik qo‘shimchasi qo‘shilganda, tovush ortishi ro‘y beradi?
    A) ana, mana B) men, sen, biz C) u, bu, shu D) kim, nima, qayer



Yüklə 181,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə