Ona tili (15 ta)



Yüklə 181,51 Kb.
səhifə5/5
tarix14.09.2023
ölçüsü181,51 Kb.
#121897
1   2   3   4   5
70134122 fizika matematika

FIZIKA (30 TA)

  1. To‘g‘ri burchakli teng yonli ABC uchburchak shakldagi plastinka tekislikda harakatlanadi. Qandaydir vaqt momentida to‘g‘ri burchakli B uchning tezligi 18 cm/s ga teng va A uch tomonga yo‘nalgan. A uchning tezligi esa AC ga parallel yo‘nalgan. Shu paytda C uchning tezligi qanchaga teng boʻldi (cm/s)?
    A) 9 B) 13 C) 15 D) 36


  2. Yoʻlning birinchi yarmini avtomobil 30 km/soat tezlikda oʻtdi. Yoʻlning qolgan qismidagi vaqtning yarmida u 13 km/soat tezlik bilan harakatlandi, oxirgi qismini esa 17 km/soat tezlikda oʻtdi. Avtomobilning butun yoʻldagi oʻrtacha harakat tezligini aniqlang (km/soat).
    A) 15 B) 24 C) 18 D) 20


  3. Jism radiusi 1 m ga teng boʻlgan aylana trayektoriya boʻylab 2 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Aylanish davrining yarmiga teng vaqt oraligida jism bosib oʻtadigan yoʻlni (m) va jism koʻchishining modulini (m) toping.
    A) 3,14; 0 B) 6,28; 0 C) 3,14; 2 D) 6,28; 2


  4. 80 m balandlikda turgan aerostatdan jism 10 m/s boshlangʻich tezlik bilan gorizontal otildi. Havoning qarshiligini e’toborga olmagan holda, harakatning √2 chi sekundi oxirida jism trayektoriyasining egrilik radiusi qanday boʻlishini aniqlang. g = 10 m/s2.
    A) 35√2 m B) 25√2 m C) 30√3 m D) 25 m


  5. 3 kg massali jism 9 m balandlikdan boshlangʻich tezliksiz tushib yer sirti yaqinida 12 m/s tezlik oldi. Havoning oʻrtacha qarshilik kuchini (N) toping. (g = 10 m/s²)
    A) 20 B) 100 C) 6 D) 30


  6. Arqon koʻpi bilan 15 kg massali yukni koʻtara oladi. Shu arqon yordamida qanday massali yukni 5 m/s2 tezlanish bilan koʻtarish mumkin boʻladi? g = 10 m/s2.
    A) 20 kg B) 10 kg C) 30 kg D) 15 kg


  7. Silliq gorizontal yuzada yotgan, uzunligi 50 cm va massasi 900 g boʻlgan taxtaning bir uchida 100 g massali qurbaqa oʻtiribdi. Qurbaqa taxta boʻylab gorizontga nisbatan 15° burchak ostida sakraydi. Qurbaqa taxtaning ikkinchi uchiga kelib qoʻnishi uchun uning boshlangʻich tezligi qanday boʻlishi kerak? (m/s)
    A) √10 B) 3 C) 9 D) 5


  8. Massasi 2 kg boʻlgan jism gorizontga nisbatan 60° burchak ostida 12 m/s tezlik bilan otildi. Jism harakatlanish paytida qanday eng kichik kinetik energiyaga ega boʻladi ( J)? Havoning qarshiligini hisobga olmang.
    A) 6 B) 12 C) 24 D) 36


  9. Hajmi 2 m3 boʻlgan shar suvda suzib yuribdi. Sharning qancha qismi suv ichida boʻladi? Arximed kuchi 5 kN ga teng.
    A) 0,32 B) 0,5 C) 0,25 D) 0,75


  10. Moddiy nuqta x = xm ∙cos(ω∙t) qonunyatga koʻra tebranishni boshladi. Tebranish boshlangandan soʻng qancha vaqt oʻtgach moddiy nuqta yarim amplituda masofasiga siljiydi (s)? Tebranish davri 3,6 s.
    A) 0,3 B) 0,6 C) 0,2 D) 0,8


  11. Gazning mutlaq temperaturasi 1,69 marta ortganida, molekulalarning o‘rtacha kvadratik tezligi necha marta ortadi?
    A) 1,69 B) 2 C) √3 D) 1,3


  12. 0,04 m3 hajmli ballonda 27 °C temperaturali gaz bor. Gaz chiqib ketishi natijasida ballondagi bosim 4140 Pa ga kamaydi. Agar temperatura o‘zgarmagan bo‘lsa, ballondan nechta molekula chiqib ketgan?
    A) 7 ∙ 1022 B) 9 ∙ 1022 C) 1022 D) 4 ∙ 1022


  13. Bir tonna poʻlatni eritish uchun 100 kW quvvatli elektr pechidan foydalanilmoqda. Agar poʻlatni erish boshlangunga qadar, 1500 К ga qizdirish kerak boʻlsa, eritish necha minut davom etadi? Poʻlatning solishtirma issiqlik sigʻimi 460 J /(kg∙K), poʻlatning solishtirma erish issiqligi 210 kJ/kg.
    A) 35 B) 180 C) 120 D) 150


  14. Agar oʻzgarmas temperaturada toʻyingan bugʻ egallab turgan hajm ortirilsa, masalan, silindrda porshen ostida oʻz suyiqligi bilan muvozanatda turgan toʻyingan bugʻning hajmi kengaytirilsa…
    A) suyiqlikning bir qismi bug’ga aylanib suyiqlikning miqdori kamayadi
    B) bug’ning zichligi kamayadi
    C) bug’ning bir qismi suyiqlikka aylanib suyiqlikning miqdori ortadi
    D) barcha javoblar to’g’ri


  15. Elektron 2 kV/m kuchlanganlikdagi bir jinsli elektr maydonga 3 Mm/s tezlik bilan maydon kuchlanganlik chiziqlariga perpendikulyar ravishda uchib kirdi. 100/9 ns vaqt momentida uning tezlik miqdorini (Mm/s da) hisoblang. Elektronning solishtirma zaryadi 1,8 ∙ 1011 C/kg.
    A) 3 B) 7 C) 5 D) 8


  16. Yassi kondensatorning gorizontal plastinalari orasida izolyatsiyalangan prujinaga zaryadlangan sharcha osilgan. Kondensator 250 V li kuchlanish manbaiga ulanganida, prujina yana 1 cm ga choʻziladi. Agar prujinan ing bikrligi 10 N/m, kondensator plastinalari orasidagi masofa 10 cm boʻlsa, sharchaning zaryadini (µC) toping.
    A) 26 B) 40 C) 47 D) 21


  17. Bir хil metalldan teng massali silindr shaklidagi ikkita oʻtkazgich tayyorlandi. Birinchi oʻtkazgich ikkinchisidan 3 marta uzun boʻlib, uning qarshiligi 36 Ω ga teng boʻlsa, ikkinchi oʻtkazgichning qarshiligini toping (Ω).
    A) 12 B) 4 C) 6 D) 108


  18. Quyidagi elektr zanjirida ampermetrning ichki qarshiligini juda kichik deb hisoblab, kalit ulanganda ampermetrning koʻrsatishi qanday oʻzgarishini toping.

    A) 2 marta kamayadi B) 2 marta ortadi C) 4/3 marta ortadi D) o’zgarmaydi


  19. Elektr qarshiligi 16 Ω ga teng boʻlgan oʻtkazgich oʻzgarmas kuchlanish tarmogʻiga ulangan. Oʻtkazgichda ajralayotgan elektr quvvati 2 marta kamayishi uchun unga qanday qarshilikka (Ω) ega boʻlgan oʻtkazgich ketma-ket ulanishi kerak ?
    A) 8 B) 4,46 C) 6,56 D) 4


  20. Sulfat kislotasining (H2SO4) suvdagi eritmasidan 15 C manfiy ishorali zaryad oʻtgan boʻlsa, ajralib chiqqan kislorod massasini aniqlang (mg). Kislorod atomining nismiy massasi Ar(O)=16.
    A) 5 B) 4 C) 3 D) 6


  21. Magnit induktsiyasi 5,6 mT boʻlgan bir jinsli maуdоnga tik hоlda 2 · 107 m/s tеzlik bilan elektrоn uchib kirdi. U qandaу radiusli aуlana chizishini hisоblang.
    A) 1 cm B) 2 cm C) 3 cm D) 4 cm


  22. Induktiv gʻaltakdan 2 A tok oʻtganda, unda 60 Vb magnit oqimi vujudga keladi. Agar gʻaltakdagi magnit oqimi doimiy saqlanib, gʻaltakning oʻramlar soni 2 marta orttirilsa, undagi magnit maydon energiyasi qanday qiymatga (J) ega boʻladi?
    A) 30 B) 5 C) 15 D) 120


  23. Elektromagnit toʻlqinning oʻrtacha energiyasi zichligi qiymatini maksimal energiya zichligi qiymatiga nisbatini toping.
    A) 1 B) 2 C) √2 D) 1/√2


  24. Yuzasi 8 cm2 boʻlgan sirtdan nuqtaviy yorugʻlik manbai tarqatayotgan yorugʻlik oqimining 1 % qaytayotgan boʻlsa sirtning yorqinligi necha lm/cm2 ga teng boʻladi? Manbaaning yorugʻlik kuchi 200 cd ga teng.
    A) 4,32 B) 1,57 C) 3,14 D) 2,16


  25. Ustma-ust joylashgan ikkita shaffof yassi parallel plastinkalarga yorug‘lik nuri tushmoqda. Plastinkalarning sirtlari absolyut silliq bo‘lib, nurning plastinkalarni chegara sirtiga tushish burchagi 60º ga, sinish burchagi esa 30º ga teng. Birinchi plastinkaning optik zichligi 1,5 ga, har bir plastinkaning qalinligi esa 0,6 cm ga teng bo‘lsa, nurining plastinkalardagi optik yo‘lini (cm) toping.
    A) 2,4 B) 3,6 C) 4,2 D) 2,8


  26. Vakuumda qavariq linza (1), qavariq ko‘zgu (2), botiq linza (3), botiq ko‘zgu (4) ning qaysi biri yordamida kichiklashgan haqiqiy tasvir hosil qilish mumkin?
    A) 2,4 B) 1,2 C) 2,3 D) 1,4


  27. Shaffof plastinkadan o‘tishda yashil rangli nurlarning intensivligi 2,72 marta kamaydi. Plastinka qalinligi 0,8 mm ga teng. Plastinkaning yashil rangli nurlarni yutish koeffisiyenti qanchaga (cm-1) teng?
    A) 25 B) 16 C) 8 D) 12,5


  28. Soat OX o‘qi bo‘ylab 0,6c tezlik bilan harakatlanmoqda x = 0 paytda soat nolni ko‘rsatadi, x = 270 m bo‘lganda soat nimani (µs) ko‘rsatadi?
    A) 1 B) 0,6 C) 1,2 D) 0,8


  29. Qandaydir atomni ionlashtirish uchun 4,1 eV ga teng bo‘lgan energiya zarur. Shunday energiyali ionlashtiruvchi nurlanishning to‘lqin uzunligini toping (nm). h = 4,1∙10-15 eV∙s
    A) 300 B) 600 C) 150 D) 900


  30. Solishtirma bog‘lanish energiyasi 7,65 MeV/nuklon ga teng bo‘lgan yadroning tarkibida 8 ta proton va 9 ta neytron bor. Shu yadroni erkin proton va neytronlarga ajratib yuborish uchun kamida qancha energiya zarur bo‘ladi (MeV)?
    A) 130,05 B) 7,65 C) 61,2 D) 68,85


Yüklə 181,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə