Ona tili darslarida qo’llaniladigan samarali metodlar Reja


-mavzu: Grаmmаtikа vа so‘z yasаlishigа оid tushunchаlаrni shаkllаntirishning mеtоdik аsоslаri



Yüklə 26,56 Kb.
səhifə7/7
tarix15.04.2023
ölçüsü26,56 Kb.
#105657
1   2   3   4   5   6   7
Ona tili darslarida qo’llaniladigan samarali metodlar

15-mavzu: Grаmmаtikа vа so‘z yasаlishigа оid tushunchаlаrni shаkllаntirishning mеtоdik аsоslаri. 
PEJA: 

1. Grammatik tushunchalarning mohiyati. Ularni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar. 

2. Tushunchani o’zlashtirish ustida ishlash jarayoni. 

3. Til ustida ishlsh jarayoni bosqichlari
Boshlang’ich sinflarda morfologiyadan “ot”, “sifat”, “son”, “fe’l”, “olmosh” tushunchalarini; siktaksisdan “gap”, “ega”, “kesim”, “ikkinchi darajali bo’lak”, “uyushiq bo’lak”, “undalma” kabi tushunchalarni; so’z yasalishidan “o’zak”, “qo’shimcha”, “o’zakdosh so’zlar” kabi tushunchalarni shakllantirish ustida ish olib boriladi.
O’qituvchi tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarish, o’quvchilar aqliy faoliyatini to’g’ri tashkil etish uchun tushuncha nimaligini, tushunchani bilib olish jarayonining xususiyatlarini, tushunchani o’zlashtirish qanday sharoitda natijaliroq bo’lishini ko’z oldiga aniq keltirishi lozim. 

1. Grammatik tushunchalarning mohiyati. Ularni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar. Tushuncha atrof-muhitdagi predmet va hodisalarning muhim belgilari va o’zaro aloqadorligi aks ettirilgan tafakkur shaklini tasvirlab ko’rsatadi.
Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, hodisalarning muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarining o’ziga xos xususiyati, ya’ni tushunchaning mazmun tomoni grammatik tushunchaning o’ziga xos xususiyatini keltirib chiqaradi. Til hodisalari, til kategoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni shakllantirishda belgilarini kuzatish, bir tizimga solish va umumlashtirish mumkin bo’lgan aniq hodisalar va predmetlar material sifatida asos qilib olinadi. Grammatik tushunchalar esa so’z, so’z birikmasi, gap, mor­fema, leksema, fonema va boshqalarning o’ziga xos muhim belgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan grammatik tushunchaga asos bo’lgan dastlabki materialning o’zi yetarli darajada mavhumdir. Demak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana umumlashtirilgani hisoblanadi.
Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o’quvchilarda tushuncha juda ko’p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun mavhum tafakkur ma’lum daraja­da rivojlangan bo’lishi lozim. Mavhum tafakkur ta’lim jarayonida vujudga keladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko’nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar yig’indisini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi zarur. Ko’pgina ruhshunos olimlarning tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni ta­fakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O’quvchilarda tu­shunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay darajada o’sganligiga bog’liq.
Mavhumlashtirishda qiynaladigan o’quvchilar so’zlarni taqqoslay olmaydilar va ularning muhim grammatik belgilariga ko’ra bir guruhga birlashtira olmaydilar, tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo’l qo’yadilar. Masalan, fe’l o’rganilganda o’quvchilar fe’l predmetning harakatini bildirishini bi­lib oladilar. Yurmoq, o’qimoq, olmoq kabi fe’llarda leksik ma’no grammatik ma’noga mos keladi. Ko’p fe’llarda bunday moslik bo’lmaydi. Grammatikada predmet harakati deyilganda, harakat bilan birga predmetning holati, uning boshqa predmetlarga munosabati, predmet belgisining o’zgarishi kabilar ham tushuniladi: uxlamoq, o’ylamoq, sevmoq, o’smoq, ko’karmoq va hokazo. Predmet harakatini bunday keng ma’noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni o’rgana boshlagan o’quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko’proq yurish, siljish ma’nosida aniq tasavvur qiladilar. SHuning uchun fe’lni o’rganishning boshlang’ich bosqichida yotmoq, kasallanmoq, turmoq, qizarmoq kabi so’zlarni predmet harakatini bildiradi deb hisoblamaydilar. Bunday hodisani otni o’rganishda ham uchratish mumkin. Ayrim o’quvchilar tinchlik, qahramonlik, qadam kabi so’zlarni ot turkumiga kiritmaydilar. Tushunchani shakllantirish uchun o’quvchilarda mavhumlashtirish ko’nikmasini o’stirish, ular diqqatini so’zning aniq leksik ma’nosidan grammatik ma’nosiga qaratish va shu guruhdagi so’zlarga oid umumiy, grammatik belgilarni hisobga olgan holda, ularni bir guruhga birlashtirish talab etiladi. Masalan, k i m? yoki n i m a? so’rog’iga javob bo’ladigan barcha so’zlar “ot” turkumiga birlashadi; predmet bildirish, son (birlik va ko’plikda kelish), egalik qo’shimchalari bilan o’zgarish, kelishiklar bilan turlanish bu so’zlar uchun umumiy gram­matik belgilar hisoblanadi. Tushunchani shakllantirishda xatoning oldini olish uchun ta’lim berish jarayonida qator metodik talablarga rioya qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T: O’zbekiston, 2016.
2.. Mirziyoyev Sh BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi. 2017-yil, 9-sentabr.
3. Karimov I. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma‘naviyat, 2016.
4. Karimov I. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T,1997.
5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. –T.: Sharq, 2001.
6. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori: O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi- 230 ning davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida. 2017-yil,
Abdullayeva M. O’zbek tili va adabiyotini o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish. Ma‘ruzalar matni. – T, 2017.
Abdusamatov R.A. O’zbek tilida gap bo’laklarining noamaliy mavqeyi masalasi. Samarqand, 1995
Bobokalonov R, Ne‘matova G. Ona tili o’qitishning yangi texnologiyasi haqida. — T, 1998
G’ulomov A. va boshqalar. Ona tili o’qitish metodikasi. –T.: Fan va texnologiya, 2002


Mahmudov N., Nurmonov A. O’zbek tilining nazariy grammatikasi. – T.: O’qituvchi,1995.
Yüklə 26,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə