“Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan oraliq va yakuniy nazoratlar uchun test topshirilari



Yüklə 279 Kb.
səhifə1/24
tarix30.09.2023
ölçüsü279 Kb.
#125076
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Ona tili o’qitish metodikasi fanidan test 500 savolga 500 javob


Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan savollar.
1. Ona tili o’qitish metodikasi qanday fanlar qatoriga kiradi?
A) Ilmiy nazariy fan
B) Ilmiy-tabiiy fan
*C) Pedagogik fan
D) Tabiiy fan
2. Ona tili o’qitish metodikasining predmeti ko’rsatilgan javobni toping.
*A) Ta’lim berish jarayonida ona tilini egallash
B) Ta’lim berish jarayonida barkamol shaxsni tarbiyalash
C) Ona tilining imlo qoidalarini, og’zaki nutqni egallash
D) Ona tilining tovush tuzilishi va grafikasini egallash
3. Boshlang’ich sinf ona tili o’qitish metodikasining vazifasi qaysi qatorda berilgan?
A) Amaliy fan sifatida o’quvchiga ta’lim va tarbiya berish vazifasini bajaradi
B) O’quvchilar og’zaki va yozma nutqining to’g’ri shakllanishiga g’amxo’rlik qiladi.
*C) Nimani o’qitish kerak? Qanday o’qitish kerak? Nega huddi mana shunday o’qitish kerak? savollariga javob beradi
D) Boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqini o’stiradi.
4. Nimani o’qitish kerak savoliga javob bo’lgan qatorni aniqlang.
A) Ta’lim metodlarini, usullari, ish turlarini, yozma ishlar, mashqlar tizimini ishlab chiqadi.
B) Eng foydali metodlarni ilmiy nuqtai nazardan o’rganish, tanlangan metodlarni asoslash, tavsiyalarni eksperimentdan o’tkazish.
C) Interfaol usullarni qo’llagan holda o’qitish metodini ishlab chiqadi.
D) Ta’lim mazmunini ishlab chiqadi, dastur, darslik va qo’llanmalar yaratib beradi, ularning samaradorligini tekshiradi.
5. Ona tili ta’lim tizimining qaysi bosqichlarida o’rgatiladi?
A) Boshlang’ich ta’lim, o’rta maktab va oliy o’quv yurtlarida.
B) Boshlang’ich ta’lim va o’rta maktabda
C) Boshlang’ich ta’lim, o’rta maktab, pedbilim yurti va oliy o’quv yurtlarida
D) Maktabgacha tarbiya, boshlang’ich ta’lim, o’rta maktab, pedbilim yurti va oliy o’quv yurtlarida
6. Ona tili o’qitish metodikasi asosiy bo’limlari ketma-ket, izchil tartibda berilgan javobni toping.
A) Savod o’rgatish metodikasi, o’qish metodikasi, grammatika va imlo metodikasi, o’quvchilarning nutqini o’stirish metodikasi
B) Savod o’rgatish metodikasi, sinfda o’qish metodikasi, sinfdan tashqari o’qish metodikasi, fonetika, so’z yasalishi, o’quvchilarning nutqini o’stirish metodikasi, grammatika va imlo metodikasi
C) O’qish metodikasi va nutq o’stirish, savod o’rgatish metodikasi va nutq o’stirish, grammatika va imlo, nutq o’stirish metodikasi
D) Savod o’rgatish metodikasi, husnixat metodikasi, o’qish metodikasi, grammatika va imlo metodikasi, bog’lanishli nutqini o’stirish metodikasi

Yüklə 279 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə