Ona tili va adabiyot



Yüklə 129,16 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.06.2022
ölçüsü129,16 Kb.
#90032


Ona tili va adabiyot
1. Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi shartli 
belgilarga to‘liq mos keladigan egasi yashiringan gapni aniqlang. 
aniqlovchi toʻldiruvchi hol kesim 
A)Kecha shaftolizor bog‘larni ko‘rgani bordik. 
B)Urush. . . Oynisa ayvon ustuniga suyanganicha qotib qoldi.
C)Berilgan topshiriqni vaqtida bajarish kerak.
D)Bu masalani odillik bilan hal etamiz.
2. U "Turkmаn binоsi", "Adolat yaxshi" she’rlari muallifi
dir.
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida? 
A) Avaz O‘tar 
B) Maxtumquli
C) Fuzuliy
D) Mashrab
3. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki 
jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining 
harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub? 
A) qadoqchi-qaroqchi B) hayron-hayvon
C) chayla-qayla D) paxta-taxta
4. Turli podsholarni ko‘rgan Binoiy yosh 
Boburning halolligidan qattiq ta’sirlandi. 
Mazkur gapda qatnashgan so‘z birikmalari 
haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri
?
A)Moslashuv usulida birikkan 2ta otli so‘z 
birikmasi qatnashgan.
B)Boshqaruv usulida birikkan 3ta fe’lli so‘z 
birikmasi qatnashgan.
C)Bitishuv usulida birikkan 3ta otli so‘z 
birikmasi qatnashgan.
D)Bitishuv usulida birikkan 2ta fe’lli so‘z 
birikmasi qatnashgan.


5. Qaysi javobdagi ma’lumot Uvaysiy haqida? 
A)U hayot har bir inson uchun imtihon
ekanligiga urg‘u berilgan "Kel, dahrni 
imtihon etib ket" g‘azali muallifidir. 
B)Hayoti va ijodiy faoliyatining bir qismi
malika va shoira Nodirabegim iltifoti tufayli
Qo‘qon xoni Amir Umarxon saroyida 
kechadi.
C)U sakkiz yoshida Farididdin Attorning
"Mantiq ut-tayr" dostonini yod olgan,
to‘qqiz yoshida quyidagi baytni yozgan: 
"Mening maktab aro buldur murodim,
Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim".
D)Uning ota-onasi buyuk Sohibqiron Amir
Temur xonadoniga mansub edi. Bu haqda
shoira: "Siyodat xonadoni, shohi Bobur nasli
pokimen" deb yozgan edi.
6. Qaysi javobdagi gapda // belgisi o‘rnida tire 
tinish 
belgisi qo‘yiladi? 
A)A’lo o‘qish // bizning va sizning asosiy 
hamda sharafli vazifamiz.
B)Harakat // sen ezgulikning haqiqiy
qadr-qimmatini belgilaysan.
C)Bildi ota // foydasizdir kurashmoq.
D)Otamning akalari ham // haydovchi.
7. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib
ko‘rsatilgan so‘zlar o‘zaro shakldosh so‘zlar 
hisoblanmaydi?
A)Bir yil ichida yigitning bo‘yi ancha o‘sdi. 
Bog‘dagi gullarning muattar bo‘yi kishiga 
huzur bag‘ishlaydi. 


B)Raqib darvozasiga ketma-
ket to‘p kiritildi. 
Ayol stoldagi bir to‘p xatni olib, ko‘z 
yugurtirdi.
C)Hech bo‘lmaganidan ko‘ra kech bo‘lgani 
yaxshi.
Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning.
D)Maktabda “O‘tkir zehnlilar” musobaqasi 
bo‘lib o‘tdi. 
Uning 
o‘tkir boltasi bo‘lsa
-yu, shu qurigan
daraxtni chopib tashlasa.
8. Tarkibida sifat, ot va fe’l turkumiga oid yasama 
so‘zlar ishtirok etgan gapni aniqlang. 
A)Shoirning qalbi samimiy va beg‘ubor 
tuyg‘ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti 
gurkirab bo‘y cho‘zadi. 
B)Ertalabki choy ustida picha
hangomalashgach hammamiz yo‘lga otlandik. 
C)Endi uni harbiy mashq va ta’limning 
mashaqqatli sinovlari, yangi kasb, yangi
do‘stlar kutmoqda edi. 
D)Tal’at shimining cho‘ntagidan taroq olib, 
sochini tekislarkan, 
tag‘in jilmaydi. 
9. Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim 
qatnashgan gapni aniqlang.
A)Yuk orqalagan, og‘ir qoplar ostida ikki 
bukilgan aravakashlar ko‘rinar edi. 
B)Bayram arafasida mahallamizda yangi
to‘yxona ochildi. 
C)U qilgan ishlarini o‘ylab, vijdon azobida qiynaldi. 
D)O‘zligini yo‘qotgan xalq boshqa bir xalqqa 
qo‘shilib ketadi. 


10. Shunday inson haqida xabar keltirdimki, uning
har bir ishi va har bir so‘zi bebaho gavhardir. 
Ushbu gapdagi gap bo‘laklariga oid to‘g‘ri 
ma’lumotni aniqlang. 
A)Sifatlanmishning hol vazifasini bajarishi kuzatiladi.
B)Olmosh bilan ifodalangan aniqlovchi va hol qatnashgan.
C)Qaralmishlar ega vazifasini bajargan.
D)Barcha sifatlovchi aniqlovchilar sifat bilan
ifodalangan.
11. Ba’z
ida bir nafas olgulik muddat
Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik . . . 
Ushbu takrorlanmas misralar muallifini
aniqlang.
A) Usmon Nosir B) G‘afur G‘ulom 
C) Asqad Muxtor D) Cho‘lpon 
12. Tog‘ay Murodning qaysi asarida butun umr 
davomida farzandsizlik azobidan qiynalgan,
qo‘shni kelinning beshikdagi bolasini ovutib 
o‘tirganda onalik baxtidan bir lahza totinib 
dunyodan ko‘z yumgan Oymomo obrazi 
uchraydi?
A) "Otamdan qolgan dalalar"
B) "Yulduzlar mangu yonadi"
C) "Ot kishnagan oqshom"
D) "Oydinda yurgan odamlar"
13. Tarixiy mavzularda yozilgan "Tariхi muluki 
Ajam", "Tariхi anbiyo va hukamo" asarlarining 
muallifini aniqlang.
A)Zahiriddin Muhammad Bobur
B)Muhammad Rizo Ogahiy
C)Alisher Navoiy


D)Nosiruddin 
Rabg‘uziy 
14. Hayotjon G‘ulomjonning mardligiga, chidamliligi, qanoatliligi va sadoqatiga qoyil 
qoldi.
Ushbu gapda gap bo‘laklari nechta so‘z 
birikmasini hosil qilgan?
A) 8ta B) 6ta C) 5ta D) 7ta 
15. Halol tirikchilik qiladigan kovushdo‘zning o‘g‘li 
edi, ammo zamonning og‘irligi tufayli oila boqish uchun o‘g‘rilikni kasb qilib olgan edi, 
shunday bo‘lsa
-
da, bu kasb o‘ziga yoqmasdi. 
Ushbu parchada fikr yuritilgan obraz qaysi
asarda uchraydi?
A) "Urushning so‘nggi qurboni" hikoyasi 
B) "O‘g‘ri" hikoy
asi
C) "Mening o‘g‘rigina bolam" hikoyasi 
D) "Bolaning ko‘ngli poshsho" hikoyasi
16. Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim 
qatnashgan gapni aniqlang.
A)Shundan keyin keksa qul Darxon zindonga
tashlanadi.
B)Umid - parvozga otlangan lochin,
umidsizlik - 
oyoqqa bog‘langan tosh. 
C)To‘kilsa manglay tering, Unumli bo‘lur 
yering.
D)Tandirdan endigina uzilgan nonning hidi
bo‘lakcha bo‘ladi, albatta. 
17. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik 
mavjud emas?
A)Hamma narsa uylar, devorlar, daraxtlar
qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi. 
B)Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron 
-
hech narsa dovyuraklarni qo‘rqitolmadi. 


C)Xullas shuni bilginki, qars ikki qo‘ldan chiqadi. 
D)Muloyimlik rizq sari yetaklovchi kalit.
18. Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash
insoniylikning birinchi shartidir.
Ushbu gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni 
nechta?
A) 6ta B) 5ta C) 3ta D) 4ta
19. Qaysi gapda asosi sifat bilan shakldosh bo‘la 
oladigan sodda yasama 
so‘z qatnashgan? 
A)Amakimlarning bir nechta qo‘ylari va sog‘in sigirlari bor edi. 
B)Sojida oqimtir rangli narsalarni yaxshi ko‘radi. 
C)O‘tgan yilning yozida mana shu chiroyli imoratni qurganman. 
D)Ahmad - 
endi yigirmaga kirgan, bo‘ydor, kelishgan yigit
.
20. Bu asarda Turg‘un, Nurxon, Haydar soqov va Shokir mishiqi kabi tengdosh bolalar obrazlari 
orqali bola tabiatiga xos bo‘lgan xarakter xususiyatlari ham ochib berilgan. 
Ushbu parchada qaysi asar haqida fikr yuritilgan?
A) "Uloqda" hikoyasi
B) "Bolaning ko‘ngli poshsho" hikoyasi 
C) "Fanorchi ota" hikoyasi
D) "Mening o‘g‘rigina bolam" hikoyasi 
21. O‘z muallimi va ustozini e’zozlash, ularni 
hurmat qilish har bir o‘quvchining burchidir. 
Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan 
to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. 
A)Boshqaruvli so‘z birikmalarining hokim qismi 
to‘ldiruvchi va ega vazifasini bajargan. 
B)Hokim qismi ot, fe’l va olmosh bilan 
ifodalangan aniqlovchili so‘z birikmalari 
qatnashgan.
C)Hokim qismlari to‘ldiruvchi va aniqlovchi 
b
o‘lib kelgan bitishuvli so‘z birikmalari 


qatnashgan.
D)Tobe qismi ot va olmosh bilan ifodalangan
to‘ldiruvchili so‘z birikmalari qatnashgan. 
22. O‘z asarlaridan birida Alisher Navoiyni 
"Manzuri shohanshohi Xuroson" deb
ulug‘lagan shoir kim edi? 
A) Bobur B) Jomiy C) Fuzuliy
D) Lutfiy
23. Bosh gapi egasi yashiringan gap bo‘lgan 
to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni 
aniqlang.
A)O‘zingiz nimani xohlasangiz, boshqalarga 
ham shuni ravo ko‘ring. 
B)Agar onang aytmasa, bu yerga qadam
bosmasding.
C)Kimki bo‘lsa dilozor, undan el
-u yurt bezor.
D)Shuni siz ham bilib qo‘yingki, onaxonning 
hurmatini joyiga qo‘yish kerak. 
24. Hayot go‘zal, hayot maroqli, 
Shuning uchun erka ko‘ngil shod. 
Ushbu she’riy parchada qatnashgan sifatlar 
haqidagi qaysi fik
r to‘g‘ri emas? 
A)Tub va yasama sifatlar ishtirok etgan.
B)Ot turkumidan yasalgan asliy sifat ishtirok etgan.
C)Kesim vazifasini bajargan sifatlar ishtirok etgan.
D)Aniqlovchi vazifasida qo‘llangan yasama sifat 
ishtirok etgan.
25. Qaysi gapda mazmuni
y munosabatni ro‘yobga 
chiqarishiga ko‘ra turli guruhga oid bo‘lgan 
teng bog‘lovchilar
qatnashgan?
A)Agar havoda chang va tutun bo‘lmasa edi, 


odam ming yil yashagan bo‘lardi. 
B)Daraxtni gullata bilishgina emas, balki
undan mo‘l va shirin hosil yetka
za bilish ham
san’atdir. 
C)Bu xabar unda hech qanday norozilik
tug‘dirmadi, chunki ertaroq qaytishga juda 
ham orzumand emas edi.
D)Oqmoya ozg‘in va chayir, oyoqlari uzundan 
kelgan, qarilig-
u og‘ir yukdan hali toliqmagan bebaho tuya edi. 
26. Qaysi ja
vobda olmosh o‘zi ishora qilgan so‘z 
bilan o‘zaro bir xil gap bo‘lagi vazifasini 
bajargan?
A)Tog‘am 

tajribali shifokor. Ular ko‘p insonlarning hayotini saqlab qolganlar. 
B)Kitoblar - insoniyatning eng bebaho
ma’naviy mulki. Ulardan hamisha foydalanishimiz mumkin. 
C)Yigitcha qo‘rquvdan dir
-dir titrar, uning
lablari pir-pir uchar edi.
D)Haqiqiy shoir o‘z tuyg‘ularining tarjimonidir. 
27. U yoshgina o‘g‘lining uzukdagi suratda ko‘rgan 
qizni topish uchun begon
a yurtga yolg‘iz o‘zi 
yo‘lga chiqqanini ko‘rib qoladi. O‘g‘li unga: 
“Javob ber, otajon, yorga boraman, 
Yor deyman-u, nomus-
orga boraman”, 
- deya
o‘z iqrorini izhor etadi. 
Ushbu parchada fikr yuritilgan ota nomi qaysi javobda berilgan?
A) Darxon (“Oygul bilan Baxtiyor”) 
B) Hasanxon (“Ravshan”) 
C) Qoraxon (“Kuntug‘mish”) 
D) Boybo‘ri (“Alpomish”) 
28. Mamlakat...(1) kichik bir qismi bo‘lgan 
oila...(2) tinchligi...(3) asraylik.


Mazkur gapda raqamlar bilan belgilangan ko‘p nuqtalar o‘rnida adabiy til me’yorlariga ko‘ra qaysi 
kelishik qo‘shimchalari qo‘llaniladi? 
A) 1, 2 - tushum kelishigi; 3 - qaratqich kelishigi
B) 1, 2 - qaratqich kelishigi; 3 - tushum
kelishigi
C) 1, 3 - tushum kelishigi; 2 - qaratqich
kelishigi
D) 1 - qaratqich kelishigi; 2, 3 - tushum kelishigi
29. Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi shartli 
belgilarga to‘liq mos keladigan shaxsi noma’lum 
gapni aniqlang.
aniqlovchi toʻldiruvchi hol kesim 
A)Urush. . . Oynisa ayvon ustuniga
suyanganicha qotib qoldi.
B)Bugun darsga hammadan oldin borish lozim.
C)Shahar hokimi bilan ertaga uchrashish kerak.
D)Shaftolizor bog‘larni zavq bilan aylanib 
chiqdim.
30. “Mazkur doston falsafiy
-
ta’limiy doston bo‘lib, 
mavzu biror voqeani hikoya qilish asosida emas,
balki muallif fikr-mulohazalarining bayoni
tarzida yoritiladi. U inson kundalik hayoti bilan
bog‘liq mavzular bayon etilgan maqolatlardan 
iboratdir. Maqolat so‘ngida uni hayotiy 
asoslash maqsadida hikoya va masal keltiriladi”. 
Ushb
u ma’lumot Alisher Navoiyning qaysi asari 
haqida?
A) “Layli va Majnun” 
B) “Hayrat ul
-
abror” 
C) “Mahbub ul
-
qulub” 
D) “Farhod va Shirin”

Yüklə 129,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə