Online va offline ta'limining afzalliklari. Fayzullayeva Farangiz



Yüklə 274,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü274,67 Kb.
#150338
  1   2
Fayzullayeva Farangiz



ONLINE VA OFFLINE TA'LIMINING AFZALLIKLARI. 
Fayzullayeva Farangiz 
Samarqand Davlat Chet tillari instituti 
 
Anotatsiya: Ushbu maqola bugungi kunda dolzarb bo'lgan mavzulardan biri 
"Online va offline ta'limning afzalliklari" haqida bo'lib, hozirgi kunda bu keng 
jamoatchilikda chuqur mulohazalarga sabab bo'lib kelmoqda. Jumladan, men 
ham ushbu maqolam orqali o'z shaxsiy qarashlarimdan kelib chiqqan holda fikr 
mulohazalarimni bayon qildim. 
Kalit so'zlarKoronavirus, izolyatsiya hissi , internet, texnologiya masalalari 
, individual ta'lim , networking 
Barchamizga ma'lumki, 2019- yilda butun dunyoda moliyaviy inqiroz vujudga 
keldi. Bunga sabab COVID-19 virusi bo'ldi. Shu bilan birga butun dunyodagi 
barcha oliy ta'lim muasssalarida talabalarning ta'lim olish davomiyligini ta'minlash 
maqsadida masofaviy ta'lim texnologiyalaridan unumli foydalanish yo'lga qo'yildi. 
Bizda hozirgi kunda eng samarali deb hisoblanadigan an'anaviy ta'lim shakli bu - 
"offline" ta'lim hisoblanadi. Bu ta'lim shaklida siz murabbiy va kuratorlar bilan 
yuzma-yuz muloqot qilish, networking va yangi do'stlar orttirish, yanada ko'proq 
nazorat, savol berib, bir zumda javob olish imkoniyatiga ega bo'lasiz. 
Ta’lim 
tizimida o'quv jarayonini yangidan isloh qilish,yangi axborot texnologiyalariga 
asoslangan o'qitish usullarini ishlab chiqish, ularni keng joriy qilish bugunning 
talabidir. Bunda masofaviy ta’lim tizimini joriy qilish maqsadgamuvofiqdir. O'tgan 
asring 90-yillari boshlarida internetningkeng ommalashishi, 
—butun dunyo ta’lim 
tizimiga yangi “Masofaviy ta’lim” yo'nalishini olib kirdi. Masofaviy ta’lim —bu 
axborot va kommunikatsiya texnologiyalariinternet, elektron pochta, video 
konferensiya, audio, videoma’lumotlar va multimedia o'quv qo'llanmalariga 
asoslangan uzoqdan turib o'qitish, o'rgatish usulidir. Masofaviy ta’limda talabadan 
doimiy faoliyat interaktiv o'qitish talab etiladi. Bu esa mutaxassisning bilimi 
vaqobiliyatini sifat xususiyatlarini oshiradi. Masofali o'qitishda o'qituvchi va talaba 
bir-biridan ancha uzoqda joylashgan holda ishlaydi. Lekin ular maxsus usullar 
yordamida tashkiletilgan o'quv kurslari, nazorat formalari, elektron pochta 
yordamidagi kommunikatsiya usullari va boshqa internet texnologiyalari 
yordamida doimiy o'zaro aloqada bo'lishadi.Internet-texnologiyalar asosida 
masofali ta’lim, bu professionalta’limning zamonaviy universal shakli bolib, u 
o'rganuvchilarning individual so'rovlariga va ularning mutaxassisliklariga 
mo‘ljallangan. Masofaviy o'qitish barcha xohlovchilarga o'zlarining individual 
xususiyatlariga muvofiq professional darajalarini oshirish imkoniyatini beradi. 
O'qitishning bunday usulida tinglovchi o'quv-metodik materiallarnianiq bir 


vaqtlarda mustaqil tarzda, interaktiv rejimda o'zlashtiradi, test sinovlaridan o'tadi, 
o'qituvchi rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va “virtual” o'quv guruhidagi 
boshqa tinglovchilar bilan o'zaro aloqa qiladi. Ammo bugungi kunda butun dunyo 
onlayn-ta'limni joriy etish muammosi bilan to'qnashdi. Koronavirus pandemiyasi 
sabab maktab o'quvchilaridan to universitet talabalarigacha masofaviy ta'lim 
shakliga o'tishga majbur bo'lishdi. Buni kimdir xursandchilik bilan, kimdir tanqidiy 
nazar bilan qarshi oldi. Online ta'lim shaklida siz xohlagan joyingizda masofadan 
turib o'qish, darslarni o'zimiz uchun qulay vaqtda, hatto, tunda ham o'zlashtirish, 
ta'lim jarayoni tezligini o'zimiz nazorat qilishimiz, xarajatlar kamayishi ( ya'ni, 
kursning o'zi, yo'l va tushlik uchun xarajatlar) shuningdek, o'zimizda tartib 
intizomni shakllantirish kabi imkoniyatlarga ega bo'lasiz. Aksariyat insonlar 
onlayn-ta'lim hech qachon an'anaviy ( offline ) ta'limning o'rnini bosa olmaydi deb 
o'ylashadi. Ammo, men ularning fikriga qo'shilmayman: Chunki men o'ylaymanki 
onlayn-ta'lim an'anaviy ta'limdan-da samarali bo'la oladi. Onlayn-ta'lim hozirda u 
qadar rivojlanmaganligi sababli, unga bepisand qarash, mashinalar ishlab 
chiqarilayotgan vaqtda otlardan foydalanishni afzal ko'rishga teng. beradi. 
An'anaviy ta'limdagi eng katta muammo - bu barcha uchun bir xil bilim berish 
uslubi ishlatilinishidir. Istalgan sinfda tengdoshlaridan ortda qolgan yoki oldinga 
o'zib ketgan o'quvchilarni uchratishimiz mumkin. Hatto, eng yaxshi o'qituvchi ham 
qachonlardir o'zidan " Men, ko'proq o'rganuvchilar mavzuni tushunishi uchun 
sekinlashishim kerakmi yoki o'quv-rejani tugatish uchun mavzularni tezroq 
o'tishim kerakmi ? " degan savolni so'ragan. Shuning uchun ular tezlik va ta'lim 
berishda o'rta holatda saqlashga harakat qiladi. Onlayn ta'lim bu muammoni hal 
qila oladi. Negaki, u individual ta'lim berishga asoslangan va ta'lim olish jarayoni 
o'quvchi hamda uning moslashuvchanligiga qarab o'zgaradi. Onlayn ta'limning 
ham ba'zi bir kamchiliklari bor : Bular: 

Yüklə 274,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə