Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja



Yüklə 3,22 Mb.
səhifə7/25
tarix11.12.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#144749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
2-ma\'ruza. Operasion tizimlar

B undan tashqari oynaning yuqori chap burchagida tizimli menyu bo‘lib, u yashiringan ro‘yxat ko‘rinishida bo‘ladi. Uni ochish uchun yuqori chap burchakka sichqon yordamida chertish kerak. Tizimli menyu oynani holatlarini o‘zgartirish va oynani yopish uchun qo‘llaniladi. Bu juda kam qo‘llaniladi.


Nishon
Nishon-bu katta bo‘lmagan rasm bo‘lib amaliy dastur, hujjat fayllar, kataloglar, disklarni ifodalash uchun qo‘llaniladi. Windows muhitida biror ob’ektni bir necha xil usulda ishga yuklash mumkin. Shulardan biri amaliy dastur va ob’ektlarni nishonlar yordamida ishga yuklashdir. Bu usul qulay va samarali bo‘lgani uchun Windows muhitida foydalanuvchi tomonidan ko‘p qo‘llaniladi. Shuning uchun foydalanuvchi ko‘p ishlatadigan dasturlari va hujjat fayllari uchun ishchi stolga nishonlar yaratadi.


N ishonni ishga yuklash sichqonning chap tugmаsini ikki marta zudlik bilan chertish yordamida yoki nishon tanlangandan so‘ng Enter klavishi bosish bilan amalga oshiriladi.

Yangi nishon yaratish.

Nishonni asosan ikki xil usulda «Mаstеr yarlыkа» va «Sudrash» usullarida yaratish mumkin.

«Mаstеr yarlыkа» usuli.


  • Ishchi stolning bo‘sh bo‘lgan ixtiyoriy joyiga sichqonni o‘ng tugmasini bosing.

  • Paydo bo‘lgan ro‘yxatdan Yaratish-Yorliq (Создать - Ярлык) bo‘limlarini tanlang.

  • Sоzdаniе yarlikа dialog oynaning Оbzоr... (Обзор) tugmаsini bosing.

  • Paydo bo‘lgan Раpkаlarni ko‘rish (Обзор папок) oynadagi papkalar va fayllar ro‘yxatidan ob’ektni ishga yuklovchi faylni qidirib topib, OK tugmаsini bosing.

  • So‘ng (Далее) so‘ngra Tayyor (Готово) tugmаsini bosing. Ekranda yangi nishon paydo bo‘lishini ko‘rishingiz mumkin.

«Sudrash» usuli.
Bu usulni Provodnik dasturi mavzusini o‘tgandan so‘ng bajarish tavsiya etiladi.
Bu usulda yangi nishon yaratish ancha qulay bo‘lib, uni quyidagicha bajarish mumkin:

  • Pusk-Prоgrаmmы-Prоvоdnik (Пуск-Программы-Проводник) ketma-ketlikni bajaring.

  • Kataloglar va fayllar ro‘yxatidan nishon yaratish kerak bo‘lgan ob’ekt faylni tanlang.

  • Sichqonni o‘ng tugmasini bosib, paydo bo‘lgan ro‘yxatdan Yaratish-Yorliq (Создать - Ярлык) bo‘limini bajaring.

  • P aydo bo‘lgan nishonni stolga sichqonni o‘ng tugmasini bosib uni qo‘yib yubormagan holda ishchi stolga sudrang va o‘ng tugmani qo‘yib yuboring. Ishchi stolda yangi nishon ko‘chganiga ishonch hosil qiling.

Mоy kоmp’yutеr (Мой компьютер), Mоi dоkumеntы (Мои документы), Sеtеvое оkrujеniе (Сетевое окружение), Kоrzinа (Корзина) nishonlari tizimning maxsus ob’ektlari bo‘lgani uchun ularni nomini o‘zgartirishga, o‘chirish umuman tavsiya etilmaydi.
Nishonlar ustida ishlash.
Nishonni nomini, undagi rasm belgini foydalanuvchi ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartirish, almashtirish, nishonni o‘chirish mumkin. Buning uchun nishonni tanlab sichqonni o‘ng tugmasini bosing va kerakli ishlarni bajarishga o‘tish mumkin. Bu ishlarni sizga mustaqil bajarish uchun qoldiramiz.
Nishon o‘chirilganda ob’ektning nishon fayli o‘chadi xolos, ob’ektning o‘zi o‘chmaydi. Chunki biror ob’ekt uchun nishon yaratilganda katta xajmga ega bo‘lmagan *.lnk kengaytmali fayl paydo bo‘ladi.

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə