Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2010


narsa bo'lgani y o ‘q. A loha u o'takasini yorgan odam isi gupirib turgan



Yüklə 40,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/122
tarix22.03.2024
ölçüsü40,05 Kb.
#182810
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   122
jek london oq soyloq qissa

narsa bo'lgani y o ‘q. A loha u o'takasini yorgan odam isi gupirib turgan
narsani tishlab tortdi. D evorning salgina tebranganini hisobga olm asa,
yana o'sha ahvol, biron narsa yuz bermadi. U yana tortdi, devor tebrandi.
Bundan uning bahri-dili o ch ild i-yu , qattiq-qattiq siltab tortishga o'tdi.
Oxiri butun devor lopillay boshladi. Shu choq ichkaridan hindu ayolning
qattiq baqirgani eshitildi. Oq S o'yloq oldi-orqasiga qaramay K ichining
yoniga yugurdi. O 'sha-o'sh a haybatli vigvamlardan qo'rqm ay qo'ydi.
Oradan besh daqiqa o'tar-o'tm as Oq S o'yloq yana onasini tashlab
ketdi. K ichini q oziqq a b og'lab q o'yish ga n id an b o lasin in g ortidan
borolmasdi. D afatan bo'ri bolasiga qarab undan yirik va kattaroq kuchuk
jangovor qiyofada yaqinlashib kela boshladi. Bu L ip-lip degan kuchuk
edi. U urush-janglarda chiniqqan, o 'z hamzotlari orasida ham urush-
qoqligi bilan nom qozongan edi.
Oq So'yloq bu kuchukni o'ziga qondosh deb bildi, buning ustiga
vajohatidan unchalik xavfli emas, shu bois undan biron-bir yomonlik kutmay,
do'stona qiyofada unga qarab turdi. Biroq begona itning tishini irjaytirib
hamla qilishga shaylangandek hurpayib olganini ko'rgach Oq So'yloq ham
tishini qayrab shaylanib oldi. Hurpayib olgancha vahshiyona irrilayotgan
bo'ri bolasi bilan kuchuk payt poylab bir-birining atrofida aylana boshladi.
Bu juda uzoq davom etdi. Oq So'yloqqa bu o'yin hatto yoqdi. Tuyqus,
Lip-Lip o'qdek otilib bo'ri bolasini g'archcha tishladi-da, chetga sakradi.
Oq So'yloqning yelkasidagi silovsin g'ajib tashlagan jarohati hali bitmagan,
suyaklari hamon zirqirab og'rirdi. Lip-Lip xuddi o'sha yerini tishlagan edi.
Oq So'yloq kutilmagan hamladan va og'riqning zo'ridan uv solib yubordi
va o'sha zahoti jon-jahdi bilan Lip-Lipga tashlandi.

Yüklə 40,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə