O'qish darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishni o'rgatish reja



Yüklə 21,63 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü21,63 Kb.
#138870
O\'QISH DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI O\'RGATISH


O'QISH DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI O'RGATISH
REJA:

  1. O‘quvchilarni o‘qish darslarida o’qitishning to‘g‘ri tanlangan metodlari

  2. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari o‘quvchilarni qiziqarli olamga olib kirishi

  3. O'qish darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishni o'rgatish


O‘quvchilarning o‘qish darajasini, Davlat ta’lim standartlariga munosib, bilim ko‘nikma, malakalar hosil qilishda to‘g‘ri tanlangan metodlar yaxshi natija beradi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari o‘quvchilarni qiziqarli olamga olib kirishda o‘qituvchining imkoniyatlarini kengaytiradi, bunda o‘quvchilar axborotlarni mustaqil ravishda izlab topadilar, oladilar, tahlil qiladilar va boshqalarga yetkazadilar. Kalit so‘zlar: kommunikatsiya, texnologiya, o‘qish, izohli o‘qish, savodxonlik. Ta’lim shaklining boshlanmasi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi hisoblanadi.Shunday ekan boshlang‘ich ta’limda o‘qish fanining ahamiyati katta.Boshlang‘ich ta’limga qo‘yiladigan talablar o‘quvchida nutqni rivojlantirish, o‘z fikriga ega bo‘lishi,milliy tilimiz va xalq yozuvini o‘rgatishdan iboratdir. O‘qish darsini o‘rganish qolgan barcha fanlarni o‘rganishda debocha vazifasini bajaradi. O‘qish darsini o‘quvchining onggida akslantirishimiz uchun o‘quv metodlarning ahamiyati katta. Professor Asqar Zununov o‘qitishning mazmuni va usullari haqida so‘z yuritib, o‘quvchilarning oldin bilimlarini o‘zlashtirishga, so‘ng yod olinishini ta’lim jarayonida izohli o‘qish deb nomladi. Izohli o‘qish deb, o‘ylashga his qilishga, to‘liq idrok etishga aytiladi. Bunda o‘qish jarayonida axborot kommunikativ metodlarning o‘rni o‘zlashtirishni osonlashtiradi. O‘qish darslarida axborot kommunikatsiyasi o‘quvchilarga bir xillikdan qochishga, o‘yinqaroqlikni shakllantirish, tasavvur qobiliyatlarini shakllantirish, jonli ko‘rgazmalar orqali, interfaol metodlar orqali darsni jonlantirib beradi, darsni mustahkamlab, xotirada saqlanishida ko‘makchi bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida she’rlar, maqol, ertak, hikoya, masal, topishmoq, maqol, ilmiy-ommabop asarlar o‘qib o‘rganilishida yanggicha usulda darsning o‘tishida o‘qituvchi va o‘quvchiga axborot kommunikatsiya ko‘prik vazifasini o‘taydi. O‘qituvchi yangi mavzularni ko‘rgazmali texnologiyada tashkillashtirish, bilim orqali ko‘prikdan savodlilar orolchasiga olib keladi. Hozirgi paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta’lim texnologiyasi, o‘qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «yangpedagogik texnologiya», «ilg‘or pedagogik texnologiya», «zamonaviy ta’lim texnologiyasi» ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga tushirilmagan, entsiklapediyalarda izohlanganicha yo‘q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko‘pgina ta’riflari mavjud. Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o‘qituvchi faoliyati yangilanadi, o‘quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr muhabbat, isonparvarlik tuyg‘ulari tizimi shakllantiriladi. Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi. Pedagogik texnologiya – o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev). Hozirgi kunda axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida o‘qish darsini kompyuter dasturlarida, masofaviy o‘qitish, internet orqali ko‘rgazmali o‘qitish mumkin. O‘qish darsida axborot kommunikatsiyalaridan an’anaviy darslarda foydalanish samara beryapti. Boshlang‘ich sinflarda o‘qishning sifatini rivojlantirish, o‘quvchini dars jarayonida qiziqtirish, eng muhimmi eslab qolishda, multimedia vositalarini kerakli darsda o‘z o‘rnida ishlatishda qo‘l keladi. Boshlang‘ich sinflarda elektron o‘quv qo‘llanmalari tayyorlab, so‘zlarni tovushli-harfli tahlil qilish, o‘quvchilarning to‘g‘ri o‘qiganliklarni nazorat qilish, so‘zning bo‘g‘inlari, gaplar, rasmli ko‘rgazmalar, qiziqarli o‘yinlar, metodlar orqali fan mavzularini o‘quvchiga yetkazib berish mumkin.O‘quvchilarning egallagan bilimlarini axborot vositalarida test tayyorlab, ularning baholarini avtomatlashtirilgan holda tekshiramiz. Bunda dars jarayonida vaqtdan yutiladi. O‘quvchining ko‘rish qobiliyati, tafakkuri harakati, o‘yin, sxemallar va turli xil ko‘rgazmali metodlarda oq-qora ranglardanmas balki, turfa ranglardan foydalanganimizda o‘quvchiing qiziqishi ortib, fan haqida ma’lumotga ega bo‘lib, mustahkamlashiga turtki bo‘ladi. Har bir maktablarda bugungi kunda internet tarmog‘i mavjud. Bu turli xil axborot resurslaridan foydalanishni, o‘quv metodlarini o‘rganish, chet el ta’limini shakllantiradi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish jarayonida axborot texnologiyasida o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarib, darsdagi boshqaruvlar nazoratini shakllantiradi. O‘qish darsliklarining yaratilishi, dars ishlanmalar, darsning tashkilliy qismlarini, sinfdan tashqario‘qish jarayonining bugungi kunda axborot kommunikatsiya orqali muvaffaqiyatga erishayotgani yaqqol ko‘rishimiz mumkin,axborot texnologiyalari fanning o‘quv ma’lumotlarini tadbiq etiish imkoniyatini sezilarli darajada kengayishiga, o‘quvchi o‘qituvchisiz o‘zlashtirolmagan jarayonni individual o‘rganish uchun, o‘quvchilarning darsga jalb qilinishini, fanni o‘zlashtirishning bir necha usullarini ko‘rish va ularning jonli, rangli, musiqiyligi, e’tiborni o‘ziga jalb qiladigan xususiyati esda qolishlikni ta’minlaydi. Hayotimizda axborot kommunikatsiyalari har bir jabhada muhim. Маmlakatimizda ta’lim tizimida maktab fanlarini o‘qitishda AKT’dan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari ta’limning universal vositasi hisoblanib, nafaqat o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini qondiradi. Pedagogik va psixologik tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlanmoqdaki, AKT o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta’sir etadi. O‘quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o‘zlashtirilishiga yordam beradi.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad — aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo‘lgan o‘quv faoliyatlarining yangi turlarini paydo bo‘lishidir. Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim — ta’lim tizimining poydevori hisoblanib, o‘quvchilarni o‘qitish sifati unga bog‘liq bo‘ladi va bu boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida ta’lim tizimida boshlang‘ich maktab «ko‘nikmalar maktabi» bo‘lib keldi, ya’ni o‘quvchi keyingi ta’lim olish uchun o‘qish, yozish, hisoblash kabi asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ta’lim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi kunda boshlang‘ich maktab boshqacha tasavvur etiladi. Bugungi kunda u ta’lim tizimida bolaning birinchi tajribasi — ta’lim olish kuchlarini sinash joyi bo‘lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola ta’lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim. Bugungi kunda o‘quvchilarning aynan mana shu sifatlari ta’lim jarayoniga AKT’ni joriy etish bilan rivojlanayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.O‘z faoliyatimizda ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etib, ulardan foydalanib va o‘quv jarayonida AKT’dan foydalanish bo‘yicha ma’lum tajribalarni to‘plab bormoqdamiz. Ахborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajribam an’anaviy dars doirasida AKT’ni didaktik jihatdan to‘g‘ri qo‘llanilgan hollarda o‘quv jarayonini individuallashtirish va differensatsiyalash uchun cheklanmagan imkoniyatlar paydo bo‘lishini ko‘rsatdi. Ular o‘quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko‘nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun umuman yangi imkoniyatlar beradi, ta’limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga imkon beradi.Har bir o‘quvchida shaxsiy o‘quv yo‘nalishini rivojlantirishni ta’minlaydi. O‘quv jarayonida uni muvaffaqiyatli bilim olish uchun zarur bo‘lgan asosiy jarayonlar sifatida fikrlashni, tasavvurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi; o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlarini samarali tashkil qilish ta’minlanadi. АKT’dan foydalanilganda ta’limda shaxsga-yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson bo‘lib qoldi, butun o‘quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta’limi dasturlaridan, o‘quv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog‘i vositalaridan foydalanib, multimediali ta’lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha o‘quv fanlarda qo‘llash mumkin. Darslarda o‘quv va o‘yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ona tili va Rus tili darslarida savodxonlikni oshirish bo‘yicha mashqlar yordam beradi, bunda bolalar kompyuterlarda turli xildagi amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari uchun turli didaktik materiallar to‘plamidan foydalanib, ko‘rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o‘rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo‘yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.1-sinfda o‘qish darsida elektron o‘quv qo‘llanmalari tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda so‘zni tovushli-harfli tahlil qilish, so‘zning bo‘g‘inlari tuzilishi, ba’zi orfogrammalar o‘rganilishi turli qiziqarli ko‘rgazmali va ovozli material berish mumkin. Yorqin rasmlar, g‘aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o‘quvchilarda ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, o‘yin shaklida o‘quv materiali bilan tanishish imkonini beradi, o‘zini nazorat qilish va o‘quv refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qo‘llanma bo‘yicha ta’lim jarayonini differensiatsiyalashga turli darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab olish yordamida erishiladi. Savodxonlikka o‘qitish bo‘yicha tematik rejalashtirishni ishlab chiqishda rejalashtirishga tegishli elektron mavzular va bo‘limlarni kiritish mumkin. Dars rejasini ishlab chiqishda frontal, individual va guruhli ishlash uchun kompyuterni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lgan dars bosqichlarini ishlab chiqish lozim. Matematika darslarida «O‘yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘rganiladigan ko‘plab mavzular bo‘yicha turli materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o‘quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to‘xtalish, o‘quvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Boshlang‘ich sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-filmlarni qo‘llash mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion kartinkalardan foydalanish mumkin. Barcha o‘quv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma ko‘rinishidagisidan foydalangan bo‘lsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir o‘quvchi bilan shug‘ullanish mumkin. AKT’dan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika, badiiy o‘qish, ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha qator turli testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo‘lishi bilan darhol bahosini olishga imkon beradi, bahoni kompyuterning o‘zi taqdim etadi, u yoki bu mavzu bo‘yicha kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi.«Tabiatshunoslik» fani bo‘yicha barcha mavzulari bo‘yicha kompyuter testlarini ishlab chiqish mumkin. Masalan: «O‘lkamiz suv havzalari», «Ona zamin», «O‘rmon va dalalar — tabiat boyligi», «Qishloq xo‘jaligi sohalari», «Bizning o‘lka», «Yer osti boyliklari», «O‘lkamiz hududiy tuzilishi», «O‘lka chorvachiligi va o‘simliklari» va boshqalar. Ona tili bo‘yicha o‘rganiladigan so‘z leksik mazmunini talqin qilishda va birliklarni turlarga ajratishda o‘quvchilarda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bular: antonimlar, sinonimlar, omonimlar. Testlar orqali o‘quvchilarning leksik imkoniyatlari rivojlanadi, so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini topishga, sinonimlarni to‘g‘ri tanlashga, sinonimlar, antonimlar va omonimlarni farq qilishga o‘rgatadi. Antonimlar bilan ishlashga bag‘ishlangan «Teskari o‘yin» testidan foydalanish o‘quvchilarga darsni tushuntirishga samarali ta’sir etadi. Asosiysi: test topshiriqlarini bajarishda o‘quvchining ko‘zi, miyasi va qo‘llari ishtirok etadi, o‘yin elementlari esa ularda bajarayotgan ishlariga qiziqishni rivojlantirishga va demak, ta’lim jarayoni jadalligi kerakli darajasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Testlardan tashqari krossvordlar, sxemalar, jadvallardan foydalaniladi, o‘quvchilar dars materiallarni mustaqil o‘rganishda bevosita kompyuterda ishlaydilar.Barcha o‘quv fanlarida qo‘shimcha va rivojlantirish materiallari sifatida ko‘plab videofilm hamda fotolavhalar bilan o‘lkashunoslik materialidan foydalanish mumkin. Microsoft Power Point dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar ta’lim jarayonida AKT’dan foydalanish juda samarali shakli hisoblanadi. Taqdimotda asosiysi — axborotliligi, ko‘rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur orqali turli mavzu va fanlar bo‘yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya, qo‘shimcha axborotlardan foydalanish mumkin.Maktabda mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i ishimizda katta yordam ko‘rsatadi. Internet — bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma’lum.
Yüklə 21,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə