Tovush va harflarni o`rgatishda axborot texnologoyalaridan foydalanishni o`rgatish



Yüklə 141,96 Kb.
səhifə1/2
tarix23.09.2023
ölçüsü141,96 Kb.
#123185
  1   2
tovushlarni o`rgatishda axborot texnologiyalar

Tovush va harflarni o`rgatishda axborot texnologoyalaridan

foydalanishni o`rgatish

. Reja


  1. Zamonaviy axborot texnologiyalarini darslarda joriy etish

  2. O‘qishga o‘rgatishda tayyorgarlik davri

  3. O‘qishga o‘rgatishda tovush va harf bilan tanishtirish

  4. O‘qishga o‘rgatishda bo‘g‘in asos qilib olinishi

Маmlakatimizda ta’lim tizimida maktab fanlarini o’qitishda AKT dan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari ta’limning universal vositasi hisoblanib, nafaqat o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini qondiradi.
Pedagogik va psixologik tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlanmoqdaki, AKT o’quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta’sir etadi. O’quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o’quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o’zlashtirilishiga yordam beradi.
АKT dan foydalanilganda ta’limda shaxsga-yo’naltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson bo’lib qoldi, butun o’quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo’ldi. Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta’limi dasturlaridan, o’quv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog’i vositalaridan foydalanib, multimediali ta’lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha o’quv fanlarda qo’llash mumkin. Darslarda o’quv va o’yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ona tili va Rus tili darslarida savodxonlikni oshirish bo’yicha mashqlar yordam beradi, bunda bolalar kompyuterlarda turli xildagi amaliy topshiriqlarni bajaradilar.
Savod o‘rgatish jarayonidagi o‘qish darslarining asosiy vazifasi o‘quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish orqali bolalarda to‘g‘ri, ongli, ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o‘quvchilar lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqini o‘stirish, bilimini boyitish, tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o‘stirishda ham bu davr mas’uliyatliligi bilan alohida o‘rin tutadi.
Tayyorgarlik davri o‘qishga o‘rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o‘zgalar nutqini eshitish, diqqatni to‘plash, til birliklarini (tovush, bo‘g‘in, so‘z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar shakllantiriladi. Bular o‘quvchilaming o‘qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi.
O'qish -murakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Bu jarayonlar kichik yoshdagi o‘quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi. Kichik yoshdagi o‘quvchini o‘qishga o‘rgatishda quyidagilar kuzatiladi:
1.Bola o‘qish paytida bitta harfni ko‘radi, uni bilish uchun rasmlarni ko‘z oldiga keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflami eslaydi, esga tushirgach, uni aytishga oshiqadi, biroq o‘qituvchi aytishga yo‘l qo‘ymaydi, undan bo‘g‘inni aytishni talab qiladi. O‘quvchi ikkinchi harfni eslab olguncha, birinchisi esdan chiqib qoladi yoki ularni qo‘shib bo‘g‘in, bo‘g‘indan so‘z hosil qilguncha, o‘qish jarayoni sustlashadi.

  1. Ko‘pincha bola o‘qiyotgan qatorni yo‘qotib qo‘yadi, harfni, bo‘g‘inni, so‘zni qayta o‘qishiga to‘g‘ri keladi. O‘quvchining diqqati kengaygan sari bo‘g‘in va so‘zni butunligicha idrok eta boshlaydi.

  2. O‘qishni endi o‘rganayotgan bola o‘qiyotgan matn mazmunini o‘zlashtirmaydi, chunki u so‘zni qanday o‘qishga ko‘p kuch beradi. Darslikdagi rasmlar, o‘qituvchining savollari, ko‘rgazmali qurrollar ularning ongli o‘qishlarini ta’minlaydi.

  3. Tajribasiz kitobxon so‘zni birinchi bo‘g'inga yoki rasmga qarab topadi. Bu xato o‘qishga olib keladi. Bunday xatoning oldini olish uchun so‘z bo‘g‘inlab o‘qitiladi, so‘zni bo‘g‘in -tovush tomondan tahlil qilishga, tovush -harf tomondan analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi.

O‘qishga o‘rgatish uchun, avvalo o‘quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo‘g‘indan tovushni ajratish tamoyiliga rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish 3 xil yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin:

  1. Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog‘lanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so‘ng kerakli so‘z ajratib o linadi, so‘ngra so‘z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi.

  2. So‘z asos qilinib, analitik mashqlar yordamida o‘rganiladigan tovush ajratib olinadi. Masalan: oy. O‘qituvchi oy rasmini ko‘rsatadi, o‘quvchilar uning nomini — so‘zni aytadi. O‘qituvchi о tovushini cho‘zib (o -o -o -y ) aytadi va qaysi tovushni cho‘zib aytayotganini o‘quvchilardan so‘raydi. O‘quvchilar о tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o‘tkaziladi. О tovushli so‘zlar o‘ylab toptiriladi. Shundan so‘ng о harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko‘rsatiladi. Bunda о harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e’tibor qaratiladi.

  3. O‘rganilgan harflar ichiga bugun o‘rganiladigan harf aralashtirib qo‘yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so‘ng o‘qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadi. O‘quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. Shu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko‘rsatadilar. Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o‘qishga o‘rgatish ustida ishlanadi.

O‘qishga o‘rgatishda bo‘g‘in asos qilib olinadi. Buning uchun o‘qituvchida bo‘g‘in jadvali bo‘lishi lozim. Bo‘g‘in jadvali asosida o‘qish namunasi ko‘rsatiladi, ya’ni harflab emas, ichida birinchi harfni ko‘z bilan ko‘rib, uning nomini dilda saqlab, ikkinchi harfni ko‘rish va ikkalasini bog‘lab, unlini mo‘ljallab ulab aytish tushuntiriladi. Bo‘g‘in o‘qish o‘qituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har bir darsda izchil olib boriladi. Bunda quyidagi kabi chizmalardan foydalanish mumkin:

Bunda „Alifbe" sahifalaridagi so‘zlarni oldin bo‘g‘inga bo‘lish, so‘ng o‘qishni mashq qilish yaxshi samara beradi. O‘qituvchining namunali o‘qishidan so‘ng birgalikda ovoz chiqarib o‘qish, yakka-yakka o‘qish, shivirlab o‘qishdan foydalaniladi. Ayniqsa, sekin o‘qiydigan o‘quvchilar bo‘lgan sinflarda xor bilan o‘qitish o‘qishni tezlashtirishga yordam beradi. Sinf o‘quvchilarining o‘qish ko‘nikmalaridan kelib chiqib, matndagi so‘zlarni xattaxtada bo‘g‘inlarga bo‘lib yozish, o‘rganilgan harflarni hisobga olgan holda qo‘shimcha so‘z birikmalari, gaplar tuzib yozish va o‘qitish usulidan ham foydalaniladi.
Ma’lumki, „Alifbe" sahifalarida bo‘g‘in tuzilishi murakkablashib boradi. Shuning uchun o‘qituvchi har bir bo‘g 'in tuzilishining murakkabligiga qarab ish usullarini belgilab olishi zarur. Masalan, uch tovushdan tuzilgan, to‘rt tovushdan tuzilgan bo‘g‘inlarni o‘qishga o‘rgatish ham o‘ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunda o-lov, Man-nоn tipidagi bo‘g‘inlarda o-lo:v, Ma:n-no:n tarzidagi qo‘shimcha chiziqdan, bodring, do‘st tipidagi bo‘g‘inlarda bo:d-ri:ng, to‘:r:ttarzidagi qo‘shimcha chiziqlardan foydalaniladi. So‘zlarni o‘qishga o‘rgatishda bo‘lib o‘qitishdan tashqari jadvallar ham yaxshi samara beradi:

Umuman olganda, har bir o‘qish darsida, albatta, bo‘g‘in tuzilishi murakkab bo‘lgan so‘zlarni o‘qish mashqi o‘tkazilishi lozim. Bu usul o‘quvchilarda o‘qish malakasining takomillashuviga yordam beradi.
O‘qishga o‘rgatishda so‘zlarni va gaplarni to‘ldirib o‘qish ko‘nikmalarini hosil qilish o‘quvchini gap tuzishga, tez fikrlashga yo‘naltiradi. O‘quvchi tushirib qoldirilgan harf va so‘zni rasmga qarab topadi, uning gap mazmuniga mos yoki mos emasligiga e’tibor beradi, o‘rtoqlariga nisbatan tez topib, o‘qituvchining rahmatiga sazovor bo‘lishga intiladi.
„Alifbe" darsligidagi matnlarda turli tinish belgilari ishlatilgan. O‘quvchilar shularga mos ohang tanlashni, to‘xtam (pauza) qilish o‘rinlarini belgilab olishi zarur. Burida ham o‘qituvchining tushuntirishi (birinchi uchragan tinish belgini izohlashi) va ifodali o‘qish namunasini ko‘rsatishi katta ahamiyat kasb etadi. Ifodali o‘qilgan matngina tushunarli bo‘ladi.
Har bir predmetda bo‘lgani kabi o‘qish darslarida ham ta’lim- tarbiya birligiga e’tibor beriladi. O‘qish darslarida tarbiya o‘qilgan matnning ongli o‘zlashtirilishiga bog‘liq. Birinchidan, o‘quvchi matnda fikr nima haqida borayotganini anglasagina, o‘zida shunday xislatlarni shakllantirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, yaxshi inson bo‘lish uchun o‘qishning zarurligini anglaydi. Shuning uchun ongli o‘qishni ta ’minlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli rasmlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar berishga diqqatni qaratish lozim. Bunda quyidagicha savol va topshiriqlardan foydalanish mumkin:

  1. Rasmni kuzating, matnda nima haqida gap boradi?

  2. Rasmda nima tasvirlangan? Rasm bilan matn orasida bog‘lanish bormi?

  3. Matn mazmunini rasmga qarab so‘zlab bering.

  4. Bolalar qayerga bordilar? Qizning ismi nima? Bolaning ismi-chi?

  5. Ali, Lola nima qildi? Ular qanday lolalar terdilar?

Demak, o‘qish o‘qilganlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim, shundagina matndagi asosiy fikr, ilgari surilayotgan g‘oya o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi, so‘z va matnlar yod olingan taqdirda ham o‘quvchiniki bo‘lib qoladi.
Savod o‘rgatishning birinchi kunlaridanoq o‘qish ongli bo‘lishi, bolalarni ongli o‘qishga o‘rgatish juda muhim. So‘roqlar yordamida o‘qilganlarni bola qanday tushungani aniqlanadi, tekshiriladi.
O‘qishdan oldin o‘tkazilgan tayyorlov suhbati ham, o‘qilgan matn yuzasidan o‘tkazilgan suhbat ham shu maqsadga — ongli o‘qishga xizmat qiladi. Sharoitga qarab, bolalarga nimanidir o‘qishni talab qiladigan muammoli holatni yaratish ham zarur. Bunday holat „Alifbe“dan yoki harf terish matosidan, o‘qiladigan topishmoqdan foydalanib yoki muammoli savolni keltirib chiqaradigan taxminiy suhbat yordamida hosil qilinishi mumkin. Masalan, Qishda qushlar qayerga uchib keladi?(harf terish matosida: Issiq о‘lkalarga uchib ketadi). Mana shu kabi tayyorlov mashg‘ulotlari o‘qishning yuqori darajada ongli bo‘lishini ta ’minlaydi. Ongli o‘qishni ifodali o‘qishdan ajratib bo‘lmaydi. Ammo analitik o‘qishning birinchi bosqichida ifodali o‘qish mumkin emas, chunki bolalar so‘zda urg‘uli bo‘g‘inni ajrata olmaydilar, tugallangan intonatsiyani, so‘roq ohangini, hatto, orfoepik to‘g‘ri o‘qishni ham bilmaydilar. Shuning uchun analitik o‘qish bosqichida so‘zni yaxlit, orfoepik qayta o‘qish tavsiya qilinadi. Bunday qayta o‘qish to‘g‘ri intonatsiyaga, ifodalilikka rioya qilib o‘qishga o‘rgatibgina qolmay, o‘qishning ongli bo‘lishiga ham yordam beradi.
Savod o‘rgatishning birinchi darslaridayoq o‘quvchilarga tabaqalashtirib (differensial) yondashish (bunda o‘quvchilarning o‘qishga tayyorgarliklaridagi fikrlar hisobga olinadi) amalga oshiriladi.
O‘qishning ongliligini va ta’sirchanligini ta’minlash uchun matn mazmunini o‘quvchilaming ko‘rgan-kechirganlari, taassurotlari bilan bog‘lash lozim. Shunda o‘quvchida o‘qishga, o‘rganishga qiziqish ortadi.
Ongli o‘zlashtirishni amalga oshirishda lug‘at ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. So‘zlaming ma’nosi ustida to‘xtalish, birinchidan, fikmi oydinlashtirsa, ikkinchi tomondan matnni tushuntirishga ham yordam beradi. She’r, tez aytish, topishmoq, qo‘shiq, maqol, hikmatli so‘zlardan o‘qitish, yod oldirish ham o‘quvchilaming o‘qishga qiziqishini oshiradi, o‘qish malakasini shakllantiradi, xotirasini mustahkamlaydi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarining uchdan ikki qismi o‘qishni mashq qilishga ajratilishi lozim.
Yangi material o‘rganiladigan “Alifbe” darsida asosiy ish turlari quyidagilardir:
1.O‘rganiladigan yangi tovushli so‘zni (shu tovush so‘z boshida, o‘rtasida, oxirida kelgan so‘zni) bo‘g‘in -tovush tomonidan tahlil qilish bilan ajratish. Bunda yangi tovush ajratiladigan so‘zni o 'quvchilar rasm asosida o‘zlari tuzgan gapiar ichidan oladilar. Tovushni ajratishda shu so‘zning chizmasi - modeliga asoslanadilar. Tovushlami eshitish, talaffuz qilish, ulaming artikulatsiyasi (nutq organlarining tovush chiqarishdagi ishi) ustida mashq qilinadi.
2.Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriladi. Bo‘g‘inlar o‘qitiladi.
3.So‘zlarni avval xattaxtadan, keyin ,,Alifbe“dan o‘qish. Harf bo‘g‘inlaridan harf terish kartonida so‘z, so‘z birikmasi, gap tuzish va ulami o‘qish, so‘z ma’nosi ustida ishlash.
4.Matnni o‘qish va tahlil qilish, uni qayta o‘qish, rasmning matnga bog‘liqligini belgilash.
5.Nutq o‘stirish: lug‘atini boyitish, so‘z birikmasi, gap, bog‘lanishli hikoya tuzish.
6.Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qo‘yish, yangi o‘rganilgan tovushning unli yoki undosh ekanligini aniqlash, yangi harfni ilgari o‘rganilganlar bilan qiyoslash, tovush va harfning ahamiyatini takrorlash va hokazo.
7.O‘rganilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovush ajratiladi, yangi harf bilan tanishtirish mashqidan tashqari, barcha ish turlaridan foydalaniladi, shuningdek, qo‘shimcha so‘zlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni o‘qish va tahlil qilishga, ko‘rgazma vositalar bilan ishlashga (harfni terish kartoni, magnit doskasi, sirli mato, rasmlar va boshq.) nutq o‘stirishga, o‘yinlar va qiziqarli materiallarga, ilgari o‘rganilgan tovushlar va harflarni takrorlab mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, tarqatma materiallardan ham foydalaniladi.
8.Birinchi uchragan so‘zlar bilan ishlash: ochiq bo‘g‘inda dastlab undosh, keyin esa unli o‘qiladi, yopiq bo‘g‘inda esa unli bilan tugagan ochiq bo‘g‘inni o‘qib, keyingi undosh o‘qiladi va so‘zni yaxlit o‘qishga o‘rgatiladi. O‘quvchlarga asta-sekin bo‘g‘inlab o‘qishdan sintetik o‘qishga (so‘zni butunligicha o‘qishga) tayyorlab boriladi. Bunda yangi so‘zni xattaxtada katta bosma harflar bilan yozish, o‘quvchilarga o‘qitish tavsiya qilinadi. So‘z shivirlash bilan o‘qiladi, kesma harf, bo‘g‘in bilan yoziladi.
9.Sujetli (rasmning asosiy mazmunini aks ettiradigan) rasmga qarab o‘qituvchi yordamida, uning yo‘llovchi savollari asosida hikoya tuzish, undan gapni ajratish va tahlil qilish.
Yangi bo‘g‘in, so‘z tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, sirli mato kabilarning va yangi so‘zni xattaxtada va daftarda ,,yasash“ning ahamiyati juda katta. O‘qish uchun xilma-xil bosma materiallar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ulardan turli xil mashqlar tuzishda foydalanilsa, o‘qish shunchalik ongli, qiziqarli bo‘ladi. Bola endigina o‘qiy boshlagan bosqichda ularni qatorni yo‘qotmaslikka, shuningdek, so‘zdagi keyingi harfni, keyingi so‘zni yo‘qotmaslikka o‘rgatish juda muhimdir. Bu vazifani savod o‘rgatishning boshlang‘ich bosqichida xatcho‘p (o‘qiyotgan betni belgilab qo‘yish uchun kitob ichiga solib qo‘yiladigan qog‘oz yoki lentacha) va tayoqcha bajaradi.

Xulosa
Zamonaviy maktabda axborot texnologiyalari o'qitish usullaridan biri sifatida qaralishi kerak. Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo’lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to’g’ri, aniq, o’rinli foydalanish ko’nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g’oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan




Yüklə 141,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə