O’qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə21/58
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137603
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58
1.Ot turkumining son kategoriyasi

Necha (ne + cha)olmoshi ne o‘zagi bilan bog‘liq bo‘lib, narsaning miqdoriga nisbatan so‘roq ifodalaydi va quyidagi xususi-yatlarga ega bo‘ladi: 1) ot oldidan yakka va takror holda kelib, deyarli hamma vaqt birlik shaklda qo‘llanadi: Necha voqealar bo‘lib o‘tmadi. Necha-necha dovonlar oshdik; 2) bu olmosh sonlarga o‘xshash tartibni ko‘rsatish uchun -nchi, donalikni ifodalash uchun -ta, taqsimlash ma’nosini bildirish uchun -tadan affikslarini oladi: Nechanchi, nechta, nechtadan; 3) nechaolmoshi otlashib, kelishikning hamma shakllarida kela oladi: nechanchi, nechaga, nechaning, necha-dan, nechaga; 6) ko‘plik affiksini qabul qilganda noaniq taxminiy mrqdor va paytni ko‘rsatadi:

Soat nechalarda yig‘ilshamiz? 7) birso‘zi bilan birga kelib, noaniq ko‘plik ma’nosini bildiradi: bir necha kishi, bir necha kitob8)nechaso‘zi narsa miqdoriga nisbatan so‘roqni ifodalaganda, sonlar kabi numerativlar bilan birga qo‘llanadi: Necha kilometr yul bosdim ekan.
Necha olmoshi gapda asosan aniqlovchi va kesim bo‘lib keladi: Necha kishi keldi?
O‘quvchilarning soni nechta?Otlashib ega va to‘ldiruvchi vazifasida ham kela oladi:
O‘quvchilarning nechtasi keldi? Kitobning nechtasini olasan?

  1. Qanday, qanaqaolmoshi narsa yoki harakatning belgisiga nisbatan so‘roqni bildirib, quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: 1) sifat oldida kelib, belgining belgisini bildiradi. Odatda, bunday qo‘llanish undov gaplarda uchraydi: Qanday chiroyli manzara!; 2) ot oldida kelib, narsaning belgisiga nisbatan so‘roqni bildiradi: Qanday fikrlaringiz bor?; 3) fe’l kesim oldida kelib harakatning yuzaga kelishidagi holatga nisbatan so‘roqni bildiradi: Shundoy deyishga qandoy tilingiz bordi ;4)qandayso‘roq olmoshi ba’zan narsa miqdorini aniqlash uchun ham ishlatiladi: Do‘ppilarning narxi qanday? (O).

  2. Qaysiolmoshi narsaning tartibga yoki o‘ringa ko‘ra belgisini aniqash uchun qo‘llanadi: Qaysi kishi?, qaysi bino? Bu olmoshning o‘zagi qay so‘zi bo‘lib, uning tarkibida egalik affiksi qotib qolgan holda ishlatiladi. Shu bois unga egalik affiksi ketmaket qo‘shiladi: qay+si+si, qay+si+lar+i.

Qaysi olmoshnning qo‘llanishida quyidagi xususiyatlar mavjud: 1) qaysi olmoshi sifat xarakteriga ega bo‘lgani uchun otlashgandagina egalik va kelishik affikslarini oladi. Lekin bu so‘z shaxs yoki narsalar qatoridan birini belgilash, ayirib ko‘rsatish uchun beriladigan so‘roq bo‘lgani uchun ham egalikning 1-shaxs birlik shakida kelmaydi: qaysing, qaysisi, qaysimiz, qaysingiz, qaysilari2)gapda aniqlovchi, kesim, otlashganda ega, to‘ldiruvchi bo‘lib keladi: Qaysi kitobni o‘qidingiz? Yangi ochilgan do‘kon qaysi? 
Musobaqada qaysingiz g‘olib bo‘ldingiz?

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə