O’qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə22/58
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137603
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58
1.Ot turkumining son kategoriyasi

7.Qanchaolmoshi narsa yoki harakatning miqdoriga ko‘ra belgisini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu olmosh quyidagi xususiyatlarga ega: 1) narsaning miqdorini aniqlash uchun qo‘llanganda, o‘zidan keyingi ot ko‘pincha birlikda keladi: Qancha kitob olding?; 2) yakka holda yoki takrorlanib kelib, miqdorning ortiqligini bildiradi: Qancha-qancha kishilar bu yorug‘ kunlarni orzu qilgan edi; 3)bu olmosh takrorlanib kelganda, birinchi olmosh chiqish kelishigi qo‘shimchasini olishi mumkin: Mustaqillikdan so‘ng qanchadan-qancha yangi inshoatlar foydalanishga topshirildi.6) gapda aniqlovchi, hol, kesim, otlashganda esa ega va to‘ldiruvchi bo‘lib keladi: Darsga qancha talaba kelmadi? Qancha yurdik? Talablarning jami qancha?

  1. Qachonolmoshi harakatning bajarilish vaqtini aniqlash uchun ishlatiladi va gapda, asosan fe’lga bog‘lanadi. Bu olmosh boshqa so‘roq olmoshlaridan farqli ravishda otlashish xususiyatiga ega emas. Biroq, -lar affiksini olib: a) taxminiy vaqtga nisbatan so‘roqni bildiradi: qachonlar kelasiz?; b) biror harakatning yuzaga kelganiga ko‘p vaqt o‘tganligini bildiradi: Qachonlar kelgan edim ; d) Qachon so‘zi o‘rin-payt , chiqish kelishigida yoki yakka holda kelib gapda payt holi, kesim bo‘lib keladi: Safardan qachon qaytasiz? Sinovlar qachondan boshlanadi? Qachonso‘zi o‘rnida ba’zan qay+kuni, vaqt, mahal kabi birikmalar ham ishlatiladi.

  2. Qaniolmoshi ko‘pincha shaxs yoki narsa, voqea-hodisalar-ning mavjudlik o‘rnini anilash uchun ishlatiladi va nutqda quyidagi xususiyatga ega bo‘ladi: a)narsa-shaxsning joylashish o‘rniga ko‘ra so‘rq ifodalaydi va gapda ko‘pincha kesim bo‘lib keladi: So‘mkan-giz qani?; b)kirish so‘z bo‘lib keladi: Qani, ichkariga marhamat. 

  3. Qalayolmoshi voqea-hodisaning va harakatning bajarilish holatini aniqlash uchun xizmat qiladi va quyidagicha xususiyatlarga ega bo‘ladi: 1) holatni so‘rash uchun qo‘llanib, gapda ko‘pincha kesim bo‘lib keladi: Uqishlaring qalay?; 2) harakatning bajarilish holatiga nisbatan so‘roq sifatida qo‘llanganda, gapda hol vazifasini bajarishi mumkin: Singlimiz qalay o‘qiyapti? 3)Qalayso‘zi ko‘pincha qandayolmoshiga sinonim bo‘ladi, biroq u otlarning belgisini aniqlash uchun qo‘llanmaydi; 4) ba’zan kirish so‘z vazifasida keladi: Qalay, fikrimiz sizga ma’qulmi?

Ko‘pchilik so‘roq, olmoshlari qo‘shma gap tarkibida nisbiy so‘z vazifasida keladi. Ergash gap tarkibida kelgan bunday suroq olmoshlari so‘roq, ma’nosidan chetlashgan bo‘ladi.: Kim mehknat qilsau rohat ko‘radi. Nimani buyursang, shuni keltiraman. So‘z tarkibida unli tovushning soni qancha bulsa, bo‘g‘inlar soni ham shuncha bo‘ladi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə