|
![](/i/favi32.png) O’qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari-dir yordamchisiniso‘roq olmoshlariga qo‘shish orqali ham gumon olmoshlari hosil qilinadi. Bunda noaniqlik qo‘shimcha-si -dir
|
səhifə | 27/58 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 0,67 Mb. | | #137603 |
| 1.Ot turkumining son kategoriyasi-dir yordamchisiniso‘roq olmoshlariga qo‘shish orqali ham gumon olmoshlari hosil qilinadi. Bunda noaniqlik qo‘shimcha-si -dir ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalaridan so‘ng qo‘shilib keladi: a) kim, nima olmoshlariga qo‘shilib, noaniq shaxs yoki narsani ko‘rsatadi: Shu payt kimningdirdodlagan tovushi eshitildi; b) qandayso‘ziga qo‘shilib, noaniq belgini ifodalaydi. Ko‘pincha bu xildagi gumon olmoshi belgini ifodalovchi so‘zlar oldida keladi: Ko‘chamizda qanday-dir notanish ovozlar eshitildi; d) qayer, qayoq so‘zlariga qo‘shilib, o‘ringa nisbatan noaniqlikni ko‘rsatadi. Bunda o‘rin-payt, jo‘nalish, chiqish kelishiklari affiksining birini albatta qabul qiladi:.U qo‘li bilan qayoqnidir ko‘rsatdi. d) qachon, negaso‘zi –dir yordamchisini olib, payt va sababga nisbatan noaniqlikni bildiradi: Shiypon qachondir bir bo‘yalgan ekan. (A. Q.) Ba’zan qachonso‘zi va -dir yordamchisi orasida -lar affiksi ishlatilib, uzoq vaqt ma’nosini ifodalaydi: Qachonlardir yaxshi kun kelishiga ishonar edim. (S. Ahm.)
Gumon olmoshi ba’zi so‘roq olmoshlariga hamyuklamasi yoki uchun ko‘makchisining qo‘shilishidan hosil qilinadi. Bu yordamchi so‘z ham so‘z o‘zgartuvchi affikslar yoki kumakchilardan keyin qo‘shilib keladi: Sizni kecha kim uchun ham eslayotgan edi-ya.
Gumon olmoshlarini hosil qilishda ba’zan bir so‘zi ishtirok etishi mumkin. Bu so‘z nima so‘roq olmoshi bilan birga kelib, noaniq narsani ko‘rsatadi: Ko‘zimga bir narsa ko‘rindi//ko‘zimga allanim ko‘rindi.
5.Birov so‘zi -ov affiksini birsoniga qo‘shilishidan hosil qilingan son turkumiga xos so‘z hisoblansa ham, deyarli hamma vaqt noaniq shaxs-ni bildiradi. Shuning uchun bu so‘z gumon olmoshi sifatida ham qo‘llanadi. Birov so‘zi ko‘pincha «begona», «boshqa», «notanish», «kimdir» degan ma’noni ifodalaydi: Birov eshikni taqqillatdi //kimdir eshikni taqillatdi.
Ko‘plik affiksini olgan ba’zisifati gumon olmoshi vazifasida kela oladi va asosan noaniq belgiga ishora qiladi: ba’zi odamlar, ba’zi o‘quvchilar kabi.Bu so‘z –lar affiksini olish bilan otlashib, noaniq shaxs ma’nosini ifodalaydi: Ba’zilar raisning ko‘nishiga shubha bilan qarar edilar.(A.Q.) O‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini olib, noaniq payt ma’nosini bildiradi: Ba’zida u shoshib qolardi.
7.Falonso‘zi ham shaxs yoki belgi haqidagi noaniq tasavvurni ifodalaydi. Bu so‘z ot oldida kelib, belgi ma’nosini:Men falon joyda yashayman; -chi affiksini olib, shaxs ma’nosini: Falonchini uchratdim.
Gumon olmoshini hosil qiluvchi vositalar aralash holda ham ishlatiladi:
Dostları ilə paylaş: |
|
|