Oʻqitishning interfaol usullari



Yüklə 30,5 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü30,5 Kb.
#143122
Oʻqitishning interfaol usullari


Oʻqitishning interfaol usullari
Reja:

  1. Tanqidiy fikrlashga o 'rgatish pedagogik texnologiyaning maqsadi.

  2. Tanqidiyfikrlashningpsixologik mohiyati.

  3. Tanqidiy fikrlashga o 'rgatish usullari.

  4. Tanqidiy fikrlashga o 'rganuvchi ish turlari.

K i r i sh
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davrda mamlakatimiz xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlari qatorida ta'lim tizimi, uni tarkibiy qismi boʻlgan Oliy va oʻrta maxsus ta'limi ham tub islohotlarni boshdan kechirib, takomillashib bormoqda. Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta'lim toʻg'risida» gi qonunning qabul qilinishi (1997 yil, 29 avgust) va ularda mamlakatimiz ta'lim tizimini isloh qilishning asoslari, tamoyillari va bosqichlarini belgilab berganligini alohida ta'kidlash lozim. Milliy mustaqillik gʻoyalari singdirilgan bu tarixiy hujjatlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Buning natijasida rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimini oʻrganishga ham keng yoʻl ochildi, iqtidorli yosh olimlarimiz va talabalar «Ustoz» va «Umid» jamgʻarmalari orqali rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy oʻquv yurtlarida ta'lim olishdek baxtga muyassar boʻlmoqdalar. oʻz navbatida xorijiy mutaxassislar ham mamlakatimiz ta'lim tizimida roʻy berayotgan islohotlarni oʻrganib, ularga ijobiy baho bermoqdalar. Bu kabi oʻzaro aloqalar oʻz navbatida mamlakatimiz ta'lim tizimiga rivojlangan mamlakatlardagi ilgʻor pedagogik texnologiyalarni oʻz milliy qadriyatlarimiz nuqtai nazaridan tahlil qilib, oʻquv jarayoniga joriy etishni ham taqozo qilmoqda. Zero, bu kabi amaliy ishlar mamlakatimiz ta'lim tizimini jahon ta'lim standartlari bilan integrasiyalashuvining asosiy belgilaridan biri boʻlib hisoblanadi. Shuning uchun ham, Oʻzbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ikkinchi bosqichida «oʻquv-tarbiyaviy jarayonini ilgʻor pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash» alohida koʻrsatib oʻtilgan.
Kasbiy ta'lim yoʻnalishlari talabalarini ilgʻor pedagogik texnologiya va uni oʻquv jarayoniga joriy etish boʻyicha tizimli axborotlar bilan qurollantirish maqsadida yaratilgan. U uch boʻlimdan iborat:
I boʻlim - Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari, II boʻlim - Testshunoslik asoslari, III boʻlim -Toʻla oʻzlashtirish texnologiyasi. Boʻlimlar mazmunini yoritishda AQSHda yaratilgan va YUNESKO tomonidan ma'qullanib 30 ga yaqin rivojlangan mamlakatlar (Angliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malaziya va h.k.) taTim tizimida muvaffaqiyatli qoTlanilayotgan pedagogik texnologiyaning mohiyati, uning odatdagi oʻqitish usullaridan farq qiluvchi jihatlari, Oʻzbekiston taTim tizimiga uni joriy etishning ahamiyati, test topshiriqlari shakllari, ularni tuzish hamda pedagogik texnologiyaning tamoyillari va qoidalari, oʻquv materialini toʻla oʻzlashtirish gʻoyasini vujudga kelishi va uning amalga oshirish usullari bayon etilgan. Har bir mavzuga oid mustaqil taTim uchun topshiriqlar va turli shakldagi nazorat testlari berilgan. Tuzilgan test topshiriqlari faqatgina oʻzlashtirishni nazorat qilibgina qolmay, balki oʻrgatuvchi (oʻqituvchi) funksiyani ham bajaradi. Chunki, bu test topshiriqlarini yechish jarayonida mavzularni mustaqil ravishda oʻzlashtirishga ham erishiladi.
Pedagogik texnologiyada asosiy maqsad har bir darsda anibi topshiribi shaklida berilgan materialni oʻzlashtirishga erishish hisoblanadi. Har bir oʻqituvchi oʻz darsiga programmaga asoslangan holda oʻquvchilar egallashi zarur boʻlgan bilimlar xajmini aniq belgilaydi.
Pedagogik texnologiyada bilimlarni oʻzlashtirishda oʻquvchining faol ishlashi va fikrlashi zaruriy element hisoblanadi. "Yangi pedagogik texnologiyada" oʻquvchilarni tanqidiy fikrlashga oʻrgatish talab etiladi. Tanqidiy fikrlash deganda oʻrganilayotgan bilimning turli tomonlari haqida mulohaza yuritish nazarda tutiladi. Tanqidiy fikrlashni mulohazali fikrlash deyish ham mumkin.
Tanqidiy fikrlash maTumotni hyech qanday mulohaza yuritmay passiv qabul qilib qarama-qarshi quyiladi. TaTim jarayonida oʻquvchi oʻrganilayotgan materialni analiz va sintez qilish taqqoslash, umumlashtirish, abstraksiyalash xujum va xulosa chiqarish kabi fikr yuritish operasiyalarini bilish kerak. Sanab oʻtilgan fikr yuritish soxalari logika fanining muammolari hisoblangan. Hozirgi vaqtda logika fani e'tibordan chetda qolgan. Shuning uchun fikr yuritish operasiyalari har bir fan oʻqituvchi talabalarga tushuntirish kerak.
Tanqidiy fikrlar shakllanishi uchun talaba oʻzi shrganayotgan sohasini chuqur egallashi, koʻp oʻqishi, bilim toʻplashi zarur. Tanqidiy fikrlash tafakkurning yuksak darajada shakllanganligini ifodalaydi.
TaTim jarayoni talabaning mustaqil fikrlash darajasiga koʻtarilgandagina samarador boʻladi. TaTim texnologiyasining asosiy maqsadi va mohiyati tanqidiy fikrlashni oʻstirish, fikrlashga oʻrgatishdir. Chunki faqat mustaqil oʻqib, fikrlab oʻzlashtirilgan bilim mustahkam boʻladi va bilim egasi uni turli sharoitlarda qoʻllashi mumkin.
Tanqidiy fikrlash bilim olishning barcha bosqichida amalga oshiriladi. Ayniqsa, muammoli-izlanuvchan bosqich tanqidiy fikrlashga asoslaniladi. Bu bosqichda talabaning mustaqilligiga keng yoʻl beriladi va u taTim jarayonida oʻz kashfiyoti (izlanishi) asosida yangi bilimlarni oʻrganadi. Bu "Kashfiyot orqali bilim" deb yuritiladi. Bu texnologik jihatdan quyidagicha amalga oshiriladi:

  • talaba uchun ahamiyatli boʻlgan muammoni yaratish;

  • oʻrganilayotgan mavzuda (obyektda) qarama-karshilikni va talabaga tushuntirish (talaba nomutanosiblik muammo ekanini tushunishi kerak);

  • shu muammodan kelib chiqadigan ijodiy natijani ifodalab berish.

Talaba bilimlarni oʻzlashtirish bilan birga, uni oʻzining ijodiy kashfiyoti sifatida his etishi kerak.
Tanqidiy fikrlashga moʻljallangan taTim an'anaviy usuldan tubdan farq qiladi. Chunki an'anaviy usulda faqat oʻqituvchining informasiya manbai boʻlib qolishi, talabaga bilim berishda uning qiziqishi, bilimga munosabati va shu vaqtgacha talaba egallagan bilimni hisobga olmaslik xozirgi kunda taTimdagi qiyinchilikni keltirib chiqarmoqda. Didaktikadagi asosiy muammolardan biri taTimda talabaning yetuklik darajasini hisobga olib ishlashdir.
An'anaviy taTimda dars oʻtilganda oʻquvchilarga maTumot berish va uni mustaxkamlash asosiy vazifa hisoblangan. Pedagogik texnologiya bilim berishga shu bilimga oʻquvchilarni qziqtirishga, yangi bilimni bilishi avvalgi bilimlariga, hayotiy tajribasiga bogTashga e'tibor qaratmoqda. Bolada yangi informasiyaga qiziqish va kutish xosil boʻlishi kerak.
Tanqidiy fikrlash strategiyasi taTimda quyidagi uch bosqich mavjud boʻlishini tavsiya etadi:

  • da'vat;

  • anglash;

  • fikrlash

Da'vat bosqichida talabaga mavzu bayon etiladi va shu sohadagi uning bilimlari aniqlanadi. Ayrim tushunchalar zoh beriladi. MaTum informasiya, qoidalar eslatiladi. Mavzuni oʻrganish asosida qanday natijaga erishish maTum qilinadi. Da'vat bosqichida mavzu boʻyicha "Aqliy xujum" oʻtkazilishi, mavzu boʻyicha avval egallangan bilimlar qisqa qayd etilishi, savol-javob oʻtkazilishi, klaster tuzilishi mumkin.
Da'vat bosqichida talaba shu sohada oʻzining bilimi yetarli emasligiga tushunishi ham foydalidir. Chunki shu asosda talabada faol xarakat kelib chiqishi mumkin. Da'vat bosqichida talaba bilimini aniqlash imkoniyatini beradigan testlardan, bilimlarni hisobga olish varaqlaridan foydalanish mumkin.
Anglash bosqichida oʻrganiladigan material ustida faol ishlanadi. Talbalarda bilim, koʻnikma va malakalar hosil boʻladi. Talabalar bilan individual, juftliklardagi va guruhdagi ishlar amalga oshiriladi. Talabalarga aniq vazifalar beriladi. Ular faol ishlab, maqsadga erishishlari kerak. Anglash bosqichida leksiya, suhbat, tushuntirish asosida mustaqil oʻqish, juftliklarda va kichik guruhlarda ishlash, surilgan leksiya, munozara, ishlarni oʻzaro taqrizlash, yozma ishlar oʻtkazish, munozara, konferensiya va boshqa usullardan foydalaniladi.
Fikrlash bosqichida erishilgan natija avvaliga bilimlar bilan taqqoslanadi. Yangi oʻzlashtirilgan bilim ifodalanadi. oʻquvchi oʻqish natijasida erishgan darajasi baholanadi. oʻrganilgan oʻquv materiali umumlashtirish va yozma ish, chizma, xulosa fikr va boshqa koʻrinishda ifodalanadi. Bu bosqichda talaba ta'lim jarayonida qoʻyilgan maqsadga erishishi kerak. Rejalashtirishda qoʻyilgan vazifa amalga oshiriladi.
TaTim jarayoni da'vat, anglash va fikrlash bosqichlarga asoslanib oʻtilsa, talabaning yuqori darajada faolligi ta'minlanadi. oʻqituvchi mulohazali tafakkurga asoslanib dars oʻtishda talaba tomonidan ma'lum bilimlar tizimini oʻzlashtirishga erishish bilan birga, bilimlarni oʻzlashtirish jarayonida talabaning mustaqil faoliyatiga e'tiborni qaratishi kerak. Talaba dars davomida mustaqil bilim olish koʻnikmasini oʻzlashtirsa, keyingi hayoti va faoliyatida mustaqil ishlash uning xususiyati boʻlib qoladi.
Mulohazali tafakkur har bir bosqichining oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Birinchi bosqich da'vatda talabalarning yangi bilimni oʻzlashtirishga asos boʻladigan avvalgi bilimlari aniqlashga e'tibor qaratiladi. Chunki avval mavjud boʻlgan, yangi bilimga asos boʻladigan informasiya bilan bohlanish hosil boʻlsa, bilim mustahkam boʻladi.
Da'vat bosqichining ikkinchi vazifasi talabalarni faollashtirishdir. Talaba yozma yoki ohzaki shaklda avvalda olgan bilimlarini bayon etadi va muammolar boʻyicha fikr yuritadi. U yangi bilimni oʻzlashtirishga asos boʻlib qoladi.
Da'vat bosqichidagi uchinchi maqsad oʻrganilayotgan aniq mavzuga qiziqish shakllanadi, uni oʻrganish motivi kelib chiqadi. Mavzuni oʻrganishga qiziqtirish, taTimiy maqsadlarni talabaning shaxsiy maqsadiga aylantirish talani harakatga keltiruvchi eng yaxshi ta'sir (stimul) hisoblanadi. Zoʻrlab berilgan maqsad talabani foydalashtirmaydi.
Anglash (osmbisleniye) bosqichida yangi informasiya da'vat bosqichida xotirada faollashtirilgan bilimlar bilan bogʻlanadi. Bu fazaning asosiy maqsadi yangi oʻquv materialini tushunishni ta'minlashdir. Talaba oʻzining maqsadi yangi oʻquv materialini tushunishni ta'minlashdir. Talaba oʻzining materialini tushunishi qanday oʻtayotganini kuzatishi kerak. Talabaning oʻzida sodir boʻlayotgan ichki subyektiv psixik jarayon va holatlarni aks ettirishi refleksiya deb yuritiladi.
Fikrlash bosqichda oʻrganilayotgan soha avvalgi bilimlarga bogʻlanadi va yangi informasiyalar asosida xulosalarga kelinadi. oʻquvchi avvalgi bilimlariga nisbatan yuqoriroq boʻlgan yangi bosqichga koʻratiladi. Bu agar oʻquvchi yangi gʻoya va informasiyalar oʻz soʻzi bilan ifodalay olsa sodir boʻladi. Bu bosqichda oʻquvchilar oʻrtasida ikki tomonlama va koʻp tomonlama fikr almashinish sodir boʻlishi kerak. Fikrlash bosqichiga munozara va refleksiya joriy etilsa, koʻp tomonlama fikrlash sodir boʻladi. oʻqituvchi oʻz savollari orqali oʻquvchilarning bilish faoliyatini boshqarib boradi. Savollarni toʻgʻri qoʻya olish oʻquvchining pedagogik mahoratiga bogTiq. oʻqituvchining mulohazali tafakkurni oʻstirishga moʻljallangan savollar namunasini keltiramiz:
Da'vat bosqichida:
"oʻrganilayotgan mavzuga asos boʻladigan maTumotlarni bilasizmi?" "Ularni bilishi nima uchun zarur?"
"Nimani anglamoqchi edingiz, lekin aniqlay olmadingiz?" "Bu nima uchun muhim?"
Anglash bosqichida:
"Bu materialdan qanday yangilikni bilib oldingiz?"
"Siz bu haqida qanday fikrdasiz?"
"Buning ahamiyati nimada?"
"Sizga nima kuchli ta'sir etdi?"
"Bilib olganingiz sizning tajribangizga mosmi?"
"Bu yaxshimi yoki yomonmi?"
"Muammoni yaxlit holda qanday tasavvur etasiz?"
"Voqyeaning keyingi rivoji haqida qanday fikrdasiz?"
Fikrlash bosqichida:
"Bu haqda qanday fikrdaman?"
"Bu informasya sizdagi bilimlarga qanchalik mos keladi?"
Talaba oʻqituvchi bilan birgalikda faoliyat koʻrsatib, bilimlarni oʻzlashtirish bilan birga, uni oʻzining ijodiy kashfiyoti sifatida his etadi. Bunda oʻqish faoliyati shaxsiy yutuq sifatida his etiladi, bilish motivasiyasi oʻsadi, oʻqishga qiziqish kelib chiqadi.
Xulosa
Oʻzbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta'lim to'g'risida»gi qonunda oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish mamlakatimiz ta'lim tizimini isloh qilishning asosiy koʻrsatkichlaridan biri sifatida e'tirof etilishi bejiz emas. Chunki, pedagogik texnologiya ta'lim jarayonini inqirozdan holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri boʻlib hisoblanadi.
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, «Yeng yangi zamonaviy oʻquv vositalari bilan ta'minlangan kollejlarda eskidan qolgan oʻqitish uslublarining davom etishiga mutlaqo yoʻl qoʻyib bo'lmaydi».
Zero pedagogik texnologiyadan foydalanayotgan koʻpgina rivojlangan mamlakatlar oʻquv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarishga erishayotganliklari hayotda oʻz tasdigʻini topmoqda. Ushbu qoʻllanmada bayon etilgan maTumotlar esa bu pedagogik texnologiyaning didaktik salohiyati toʻgʻrisida fikr yuritishga asos boʻladi. Ayniqsa, tashhizlanuvchan oʻquv maqsadlarini belgilash, joriy va yakuniy mezoniy baholash, reproduktiv oʻqtishni algoritm boʻyicha olib borish, talabalarni mustaqil bilim olishga undash, oʻquv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda pedagogik texnologiya katta imkoniyatlarga ega.
Pedagogik texnologiyani joriy etish tajribasini oʻrganish va unga ijodiy yondashish, oʻquv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust obyektdan faol subyektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga yoʻnalganligini hamda oʻquv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega boʻladi. Shuningdek, pedagoglarda turli shakldagi test topshiriqlari tuzish, ularni sinash malakalari shakllanadi va takomillashadi.
Pedagogik texnologiya doirasida yaratilgan turli xil didaktik konstruksiyalarga murojaat qilish esa, oʻquv jarayonini tashkil qilishga oqilona va ijodiy yondashishga, bunda oʻqituvchi oʻz erkinligiga ega boʻlishi, darsda qoʻllanilgan turli shakl, uslub va vositalar samaradorligini oʻzi baholashiga imkoniyat yaratadi. Shuni ta'kidlash lozimki, pedagogik texnologiya tamoyillari va qoidalariga amal qilish, oʻquv jarayoni mazmunini talaba shaxsiga, uning qiziqishlari, intilishlari, yosh davrlari xususiyatlariga va individual oʻzlashtirish sur'atlariga muvofiq holda olib borilishini ta'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
a) asosiy adabiyotlar

  1. Mixaylichev Ye. A. Norov Sh. K. Didakticheskiye testbi v sisteme

mnogoetapnogo kontrolya znaniy studentov. Bux.ILPP, 1995. - 24 s.

  1. Usmonova M. N. Pedagogicheskiye testirovaniye: istoriya razvitiya i sovremennoye sostoyaniye. T.: Adolat. 1995. - 160 s.

  2. Farberman B. L. Ta'limda eng muhim yangilik. // Ma'rifat. 1995 y. 24 may.

Yüklə 30,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə