Oqituvchi: Jabbarov Nuriddin Bajardi: Umarjonov Zohidjon Tekshirdi: Murodov M. 7-amaliy ish


Amaliy qism Wi-Fi qurilmasiga ulanish (mazkur amaliy mashg’ulotda TP-LINK



Yüklə 25,15 Kb.
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü25,15 Kb.
#166364
1   2   3
kiberxavfsizlik7...

Amaliy qism
Wi-Fi qurilmasiga ulanish (mazkur amaliy mashg’ulotda TP-LINK rusumli wi-fi qurilmasi tanlab olingan). Buning uchun qurilmani kompyuterga tarmoq kabeli yordamida ulanadi yoki qurilmaga simsiz ulanib brauzer orqali 192.168.0.1 manzilga kiriladi. 1-rasmda Wi-Fi qurilmasiga brauzer orqali ulanish jarayoni ko’rsatilgan.

1-rasm. Wi-Fi qurilmasiga brauzer orqali kirish

2-rasm. Wi-Fi qurilmasining ishchi oynasi
2-rasmda qurilmani sozlashning umumiy ishchi oynasi keltirilgan. Bu oyna orqali qurilmadagi turli sozlanmalarni amalga oshirish mumkin. Dastlabki sozlashlarni amalga oshirish uchun “Wireless” bo’limidagi “Wireless Settings” sozlama qismiga o’tiladi.

3-rasm. Wireless sozlanmalarni sozlash oynasi
3-rasmda “Wireless Settings” sozlanmasiga kirib dastlabki xavfsizlik sozlanmalarini amalga oshirish mumkin. Bunda qurilmaning “Mode” sozlanmasida tarmoq turini tanlash mumkin. Tarmoq turi sifatida 11bgn mixed mode ni tanlash tavsiya etiladi. “Wireless Network Name” sozlanmasi orqali WI-FI tarmog’iga nom beriladi. Yuqoridagi tarmoqqa “TP-LINK_084313” deb nom berilgan. “SSID Broadcast” sozlanmasi orqali qurilma nomini wi-fi tarmog’i foydalanuvchilari uchun yashirish imkoniyati mavjud. Bunda “Enable” buyrug’i tanlanganda foydalanuvchilar wi-fi tarmog’ini qidirganda avtomatik tarzda ko’rinadi, “Disable” buyrug’i tanlanganda yashiriladi, ya’ni faqatgina tarmoq nomini bilgan foydalanuvchilargina tarmoqqa ulanishi mumkin.
4-rasmda Wi-Fi tarmog’ini begona foydalanuvchilar ulanishidan himoyalash uchun parol qo’yish jarayoni ko’rsatilgan. Parol qo’yish uchun “Wireless Security” bo’limiga kiriladi. Bu bo’limdagi keltirilgan protokollardan WPA/WPA2-Personal ni tanlash kerak. WPA2-PSK algoritmida turli shifrlash usullari qo’llaniladi. Shifrlash turida AES algoritmi tanlanadi. “PSK Password” qismiga parol kiritiladi. Rasmda parol sifatida “12345670” kiritilgan.


Yüklə 25,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə