O’qituvchining tarbiyachilik mahorati


Nutqiy va kommunikativ qobilyat



Yüklə 111,5 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü111,5 Kb.
#137419
1   2   3   4
10. Hozirgi kunda o\'qituvchi tarbiyachilik mahoratining asosiy mohiyati

Nutqiy va kommunikativ qobilyat.
Demak, nutq aniq va ravon bo‘lishi, grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzil­gan bo‘lishi, adabiy talaffuz qoidalariga bo‘ysunishi, boshlanishidan oxirigacha izchil bayon qilinishi lozim. Ana shunday nutq asosida o‘rga­nilayotgan bilim o‘quvchi xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Shun­day nutq madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun o‘qi­tuv­chilardan tinimsiz izlanish va o‘z ustida ishlash, filologik bilim va muttasil nutqiy mashq qilish talab qilinadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri. Talab – ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchining tarbiyalanuvchiga nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining u yoki bu xatti harakati o‘qituvchi nazoratida bo‘lib, ijobiy jihatlari rag‘batlantirib boriladi yoki aksincha nojo‘ya xatti-harakati to‘xtatib qo‘yiladi. Istiqbol – ta’sirchan pedagogik usul bo‘lib, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, ma’lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish hissini takomillashtiradi. Bu maqsadlar ularning shaxsiy intilishlarida, qiziqish va muddaolarida namoyon bo‘ladi. Ushbu usul maktab o‘quvchilarini shaxs sifatida eng muhim insoniy fazilatlaridan biri bo‘lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlantiradi. Rag‘batlantirish va jazolash – tarbiyaviy ta’sirning eng an’anaviy usuli bo‘lib, o‘quvchilar xulq-atvoriga ijobiy ta’sir etishdan iborat. Yaxshi xulq, foydali mehnat va xatti-harakat, axloqiy hislat, topshiriqlarning so‘zsiz bajarilishi uchun o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Nomaqbul xatti-harakat, tartibbuzarlik, o‘z burchini bajarmaslik jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi, uni qo‘llash jarayonida o‘qituvchidan nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik va hushyorlik talab etiladi. Jamoatchilik fikri – tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning eng muhim usuli bo‘lib, o‘quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish natijalariga qarab muntazam rag‘batlantirib borishda namoyon bo‘ladi. Jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ma’lum bir yo‘nalishda amalga oshirilishini ta’minlaydi, o‘quvchilarning birbirlariga do‘stona munosabatini shakllantiradi. uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o`qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana istе'dod, layoqat va zеhn, ya'ni inson nеrv tizimida anatomo-fiziologik xususiyat bo`lishi ham zarur. Ana shu tabiiy zaminda qobiliyat dеb ataluvchi ruhiy xususiyat taraqqiy etadi.
Pedagogik qobiliyat turlari.
Pedagogik faoliyatning samarali bo’lishi uchun o’qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo’lmog’I va tarbiyalab yetishtirmog’i lozim.
1.Bilish qobiliyati.
2.Tushuntira olish qobiliyati.
3.Kuzatuvchanlik qobiliyati.
4.Nutq qobiliyati
5.Tashkilotchilik qobiliyati.
6.Obro’ orttira olish qobiliyati.
7.To’g’ri muomala qilish qobiliyati.
8.Kelajakni ko’ra olish qobiliyati
9.Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati
Kommunikativ qobiliyat o’zi nima?
Kоmmunikаtiv qоbiliyat – bu pеdаgоgik o’zаrо hаrаkаt sоhаsidа mахsus ko’rinishgа egа bo’lgаn mulоqоtgа qоbiliyatlilikdir. Psiхоlоgik аdаbiyotlаrdа kоmmunikаtiv qоbiliyatlаrning bir qаnchа turlаri аjrаtib ko’rsаtilаdi: 1) insоnning insоnni tushunа оlishi (insоnni shахs sifаtidа, uning аlоhidа jihаtlаrini, mоtiv vа ehtiyojlаrini bаhоlаsh, tаshqi хulq-аtvоrini ichki оlаmi bilаn bоg’liqlikdа ko’rib chiqish, yuz, qo’l, gаvdа hаrаkаtlаrini “o’qish” ko’nikmаsi) 2) insоnni o’z-o’zini аnglаy оlishi (o’z bilimi, qоbiliyati, o’z хаrаktеri vа bоshqа qirrаlаrini bаhоlаsh, insоn bоshqаlаr tоmоnidаn qаy tаrzdа qаbul qilinishi vа аtrоfdаgilаr ko’zi bilаn bаhоlаsh); 3) mulоqоt vаziyatini to’g’ri bаhоlаy оlish ko’nikmаsi (mаvjud hоlаtni kuzаtish, uning nаmоyon bo’lish bеlgilаri hаqidа ko’prоq ахbоrоtlаrni аjаrаtа оlish, ulаrgа e’tibоrni qаrаtish, yuzаgа kеlаyotgаn vаziyatning ijtimоiy vа psiхоlоgik mоhiyatini to’g’ri idrоk etish vа bаhоlаsh).
Kishining o`z tuyg`u-hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu o`qituvchilik kasbidagi muhim qobiliyatlardandir. Chunki o`qituvchidan o`quvchilarga uzatiladigan axborot asosan ikkinchi signal tizimi-nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. (“Biz uchun adabiyot o`qituvchimiz-Nazira opaning darsini eshitishdan katta lazzat yo`q. Nazira opamlar shu qadar yaxshi va chiroylik qilib gapiradilarki, hatto tanaffusga chalingan qo`ng`iroq ham halaqit beradi”).
Darsda qobiliyatli o`qituvchining nutqi hamma vaqt o`quvchilarga qaratilagn bo`ladi. O`qituvchi yangi materialni tushuntiradimi, o`quvchining javobini sharhlab beradimi, o`quvchilar javobini, ularning hatti-harakatlari yoki xulq-atvorini ma`qullaydimi yoki tanbeh beradimi, xullas, nima qilishidan qat`iyo nazar uning nutqi hamma vaqt o`zining ishonchliligi, jozibadorligi kabi ichki quvvat bilan alohida ajralib turishi lozim. O`qituvchi nutqi, uning talaffuzi aniq-ravshan, oddiy va o`quvchilar uchun tushunarli bo`lishi kerak. Beriladigan axborotlar shunday tuzilishi kerakki, bunda o`quvchilarning fikru-zikri va diqqat-e`tiborini yuqori darajada faollashtiradigan bo`lsin. Buning uchun esa o`qituvchi o`rtacha savol tashlab, asta-sekinlik bilan o`quvchilarni to`g`ri javobga olib keladi, o`quvchilarning diqqat-e`tiborini faollashtiruvchi (“Bunda ayniqsa ziyrak bo`ling!”, “o`ylang, yana o`ylab ko`ring!”) kabi so`z va iboralarni o`z me`yorida ishlatadi. O`qituvchi uzun jumlalarni, murakkab og`zaki izohlarni, qiyin atamalarni va zarurati bo`lmasa, turli ta`riflarni ishlatmasligi lozim. Shu bilan birga o`qituvchi shuni ham hisobga olishi kerak-ki, o`qituvchining lo`nda-lo`nda bo`lib chiqqan qisqa nutqi ko`p hollarda o`quvchilarga tushunarsiz bo`lib qolar ekan. O`qituvchining o`z o`rnida ishlatilgan hazil aralash va xayrihohlik bildiruvchi arzimagan kinoyali nutqi o`quvchilarni juda jonlantirib, o`quvchilar tomonidan o`ta yaxshi qabul qilinar ekan.

Yüklə 111,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə