Dasturning maqsadi
|
Malakaviy amaliyot shahar, tuman, viloyat Davolash profilaktika muassasalarida o‘tkaziladi. Malakaviy amaliyot bo‘lajak mutaxassisning mutaxassislik mahoratini oshirishga, mehnatga ongli munosabat ko‘rsatishga, mehnat intizomiga rioya qilishga, jamoada o‘zini tuta bilishi, do‘stona hamkorlikda ishlashga o‘rgatadi.
Malakaviy amaliyotni o‘tkazishni aniq tashkil qilish, to‘g‘ri uslubiy rahbarlik va doimiy nazorat o‘quvchilarning amaliy tayyorgarligini yuqori pog‘onaga ko‘taruvchi shartlardan biridir. O‘quvchilarning amaliy o‘qitish sifati ko‘p jihatdan amaliyot o‘tkaziladigan bazalarning to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liqdir. Dastur o‘z tuzilishiga ko‘ra amaliy ta’limning barcha turlarini o‘zida mujassamlashtirib, o‘quvchilarda mutaxassislik ko‘nikmalari va mahoratini shakllantirishni bir tizimga birlashtirish imkonini beradi.
|