O‘quv dastur


O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə171/174
tarix11.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#145962
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174
O‘quv dastur-fayllar.org

1. O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar



O‘quv dasturining nomi

Diplom oldi amaliyoti




Ajratilgan soat

72 soat



Mavzular soni

12



Dasturning maqsadi

Diplom oldi amaliyoti shahar, tuman, viloyatdagi oilaviy poliklinika, kishlok vrachlik punkti, kariyalar va nogironlar uyida o‘tkaziladi. Diplom oldi amaliyot bo‘lajak mutaxassisning mutaxassislik mahoratini oshirishga, mehnatga ongli munosabat ko‘rsatishga, mehnat intizomiga rioya qilishga, jamoada o‘zini tuta bilishi, do‘stona hamkorlikda ishlashga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatadi.


Diplom oldi amaliyotni o‘tkazishni aniq tashkil qilish, to‘g‘ri uslubiy rahbarlik va doimiy nazorat o‘quvchilarning amaliy tayyorgarligini yuqori pog‘onaga ko‘taruvchi shartlardan biridir. O‘quvchilarning amaliy o‘qitish sifati ko‘p jihatdan amaliyot o‘tkaziladigan bazalarning to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liqdir. Dastur o‘z tuzilishiga ko‘ra amaliy ta’limning barcha turlarini o‘zida mujassamlashtirib, o‘quvchilarda mutaxassislik ko‘nikmalari va mahoratini shakllantirishni bir tizimga birlashtirish imkonini beradi.


O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

- oilaviy poliklinika, kishlok vrachlik punkti, kariyalar va nogironlar uyi tarkibiy tuzilmasi va ish faoliyati bilan tanishadilar;


- oilaviy poliklinika, kishlok vrachlik punkti, kariyalar va nogironlar uyidagi me’yoriy hujjatlar bilan ishlashni o‘rganadilar;
- patronaj turlari tizimi ishlarida ishtirok etadilar;
- aholi orasida sanitariya-oqartuv ishlarida va sog‘lom turmush tarzi targ‘ibot ishlarida qatnashadilar;
- insonga, oilaga va jamoada yashovchi insonlarga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy yordam jarayonini o‘rganadilar;
- yotoqli bemorlarni va nogironlarni parvarishlashda, yuqumli kasalliklarni oldini olishda qatnashadilar;
- bolalarda profilaktik emlash ishi tartibi bilan tanishib, unda ishtirok etadilar.


Bilim

- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining oilaviy shifoxonada onalik va bolalikni muxofaza qilish bo‘yicha buyruqlarini;


- oilaviy poliklinikaning strukturasi va vazifasi, bajaradigan ish faoliyati, asosiy yuritiladigan hujjatlari;
- oilaviy poliklinika, kishlok vrachlik punkti, kariyalar va nogironlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam turlarini;
- aholi turar joylari, davolash profilaktika
muassasalari, madaniy – maishiy xizmat uylariga
qo‘yiladigan sanitariya – gigienik talablar;
- reproduktiv salomatlik tamoyillari to‘g‘risida OITSni oldini olish chora-tadbirlarini;
- ayollar, bolalar va o‘smirlar bilan ishlash;
-tibbiy, ijtimoiy-huquqiy maslahatlar tashkillashtirish;
- maslahatlar;
  • erta nikoh va erta homiladorlikni oldini olish;


  • homiladorlikni erta aniqlash va homilador ayol patronajini amalga oshirish;


  • chilla davrida tuqqan ayol va yangi tug‘ilgan chaqaloqni patronaj qilish, kuzatish va parvarishlash;


aholini sog‘lomlashtirishda faol ishtirok etish;


- nogiron va bemor bolalarga patronaj xususiyatlari va ularni umumiy parvarishi;







Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə