O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil


QIYOSIY TAHLIL METODOLOGIYASI



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə29/108
tarix05.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#104262
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   108
f6726ecde0adb5d0e687f4a0a68c2437 O`ZBEK ADABIY TANQIDI TARIXI

QIYOSIY TAHLIL METODOLOGIYASI
Reja:
1. Ilmiy tadqiqot metodlari va qiyosiy tahlil.
2. Qiyosiy-tarixiy va chog‘ishtirish metodi xususida.
3. Qiyoslash natijalarini baholashning mezonlari.
4. Qiyosiy tahlil natijalarining xolisligini ta’minlash shartlari.
Tayanch tushunchalar: ilmiy tadqiqot metodi, emperik va nazariy metodlar, qiyosiy tahlil metodologiyasi, qiyosiy sintez, qiyosiy induksiya, qiyosiy tarixiy va chog‘ishirish metodi, baholash mezoni, qiyosiy tahlil natijalari
Qiyosiy tahlil – borliqdagi hodisalarni bilish va o‘zgartirish bo‘yicha metodologiya bosqichlaridan biridir. Qiyoslash metodologiyasi ma’lum bir makon va zamonda mavjud turli jarayonlarni qiyoslash uchun asoslarni shakllantiradi. Shuning uchun ham metodologiyada qiyosiy tahlilning o‘rnini aniqlash zaruriyati mavjud. Ma’lumki, metodologiya ilmiy tadqiqot metodlari haqidagi ta’limotdir. Barcha fanlarda ilmiy tadqiqot metodlari empirik va nazariy metodlarga bo‘linadi. Aynan empirik va nazariy metodlar asosida har bir fan, jumladan, adabiyotshunoslik ham o‘z tadqiqot usullarini shakllantiradi. «Tadqiqot metodlarisiz birorta fan o‘z maqsadiga (strategiyasiga), tadqiqot obyektining mohiyatini ochishga erisha olmaydi. Chunki u yoki bu fanning tabiat va jamiyat hodisalarini aniqlashi, ularga xos qonuniyatlarni topishi, ular haqida ilmiy-falsafiy g‘oyalar 24 25 chiqarishi, shak-shubhasiz, muayyan metodlar orqali amalga oshiriladi»1 . Empirik metod kuzatish va tajriba o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lib, rejalashtirish, tavsiflash, statistika kabi bosqichlardan iborat. Nazariy metodlarga esa analiz, sintez, abstraksiya, induksiya, deduksiya, analogiya modellashtirish kabilar mansubdir. Nazariy metodlarning barchasi qiyoslash, umumlashtirish, tasniflash (klassifikatsiya), baholash kabi bosqichlardan o‘tadi. Demak, ayon bo‘ladiki, qiyoslash barcha nazariy ilmiy xulosalarning asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun qiyosiy tahlilni amalga oshirishdan oldin ilmiy tadqiqot metodlarini yaxshilab o‘rganish, ularning qiyoslashdagi rolini tushunib yetish kerak. Nazariy metodlarni qisqagina tushuntiramiz: Analiz – tahlil, sintez – xulosalash, abstraksiya – mavhumlashtirish, induksiya – umumiylikdan xususiylikka o‘tish, deduksiya – xususiylikdan umumiylikka siljish, analogiya – o‘xshash xususiyatlar tahlili, modellashtirish – model yaratish (prototip yaratish: mas: olamning badiiy modeli, darslikning elektron modeli). Bu nazariy metodlarning har biri qiyoslash bosqichidan o‘tishi mumkin. Qiyosiy tahlilda analiz, sintez, deduksiya va induksiya kabilar zarur unsurlar, ularsiz qiyosiy tahlilni amalga oshirish mumkin emas. Masalan, deduksiya – hodisalarni tashkil etuvchilarga ajratish jarayoni, qiyosiy tahlil esa ana shu jarayon natijalarini ham o‘z ichiga oladi. Demak, qiyosiy tahlil voqelik hodisalarini bilish va o‘zgartirishga qaratilgan barcha nazariy metodlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqib, ilmda qiyosiy sintez, qiyosiy induk1 Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Тошкент, 2010. – Б.291. siya, qiyosiy deduksiya kabi tushunchalar mavjud. Masalan, qiyosiy sintez – hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlash jarayonidir. Bunda ularni tashkil etgan unsurlarida bilimlarni integratsiyalash natijalari asos qilib olinadi. Mohiyatan, qiyosiy sintez «qiyosiy tahlil obyektlari o‘rtasidagi farq nimada?» degan savolga javob beradi. Qiyosiy induksiya – xususiydan umumiy tomon harakat, qiyoslanadigan adabiy hodisalarning o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlash jarayonidir. Qiyosiy-tarixiy va qiyosiy-chog‘ishtirish metodi Qiyoslash metodologiyasida qiyosiy-tarixiy va chog‘ishtirish (yoki qiyosiy-chog‘ishtiruv) metodi eng asosiy metodlardan hisoblanadi. Bu metodlar mohiyatan bir-biriga yaqin, ammo farq qiladi. Qiyosiy-tarixiy metod adabiy hodisalarning umumiy va xos tomonlarini tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan bog‘liqlikda qiyoslash usulidir. Qiyosiy-tarixiy metod asosidagi ilk nazariy fikrlar Arastuning «Poetika» asarida bayon qilingan. Faylasuf adabiyotni epos, lirika, drama kabi uch turga ajratish jarayonida ularni qiyoslaydi va mohiyatini tushuntirib beradi. Qiyosiytarixiy metod haqida ilmiy adabiyotlarda juda ko‘plab nazariy fikrlar bayon qilingan. Jumladan, adabiyotshunos, B.Karimov qiyosiy-tarixiy metoddan foydalanib, quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot olib borish mumkinligini ta’kidlaydi: 1. dunyo adabiyoti durdonalari yoki milliy adabiyotning go‘zal namunalari o‘zaro qiyoslanadi; 2. adabiy asarlar yaratilgan davriga ko‘ra taqqoslab o‘rganiladi; 3. bir milliy adabiyot vakillarining qiyos uchun asosli asarlari o‘rganiladi; 4. milliy adabiyot namunalari dunyo adabiyoti kontekstida tekshiriladi; 26 27 5. adabiy jarayon yoki adabiyot tarixida mavjud adabiy hodisalarning farqli va o‘xshash qirralari tadqiq qilinadi; 6. mavzu yoki ilmiy muammo nuqtayi nazaridan o‘zaro yaqin bo‘lgan adiblarning asarlari tekshiriladi; 7. adabiy-estetik evolyutsiyani kuzatishda ma’lum bir adib tomonidan yozilgan asarlar obyekt qilib olinadi1 . Qiyosiy-tarixiy metodning nazariy asoslari A.N.Veselovskiy, V.M.Jirmunskiy, N.I.Konrad, A.Dima, A.Dyurishin, V.R.Amineva kabi olimlar tomonidan juda yaxshi yoritilgan2 . Chog‘ishtirish metodi – filologik hodisalarni tizimli qiyoslashga asoslangan metod bo‘lib, asosan farqli xususiyatlarni ochib berishga qaratilgan metoddir. Shuning uchun ham tilshunoslikda boshqacha nomi kontrastiv metod deb ataladi. Garchi nazariy asoslari ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, antik davrlardan boshlab turli xil filologik hodisalarni chog‘ishtirishga qaratilgan asarlar yaratilgan. Alisher Navoiyning fors va turkiy tillar muhokamasiga qaratilgan «Muhokamat-ul lug‘atayn» asari chog‘ishtirish metodining yorqin namunasidir. Fanda mazkur metodning nazariy asoslari tilshunos olim I. A. Boduen de Kurtene tomonidan XIX asrda ishlab chiqilgan. Ye. D. Polivanov, L. V. Sherba, S. I. Bernshteyn, A.A.Reformatskiy, Sh. Balli kabi olimlar bu boradagi ilmiy ishlarni davom ettirishgan3 . Tilshunos olim R.Rasulov ilmiy xulosalariga ko‘ra, chog‘ishtirish metodi ikki va undan ortiq qarindosh yoki qarindosh bo‘lmagan tillarni, til hodisalarini o‘zaro qiyolash usuli 1 Каримов Б. Адабиётшунослик методологияси. – Тошкент: Муҳаррир, 2011. – Б.74. 2 Bu haqda yana qarang: Эшонбобоев А. Қиёсий-тарихий метод ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. 2008. №2. 3 Поливанов Е.Д. Русская грамматика в сопоставлении с узбекским языком. – Ташкент, 1933; Реформатский А.А. О сопоставительном методе // Русский язык в национальной школе. 1962. №5; Методы сопоставительного изучения языков. – М., 1988. bo‘lib, ushbu xususiyatga ko‘ra faqat qarindosh tillarni taqqoslab, qiyoslab o‘rganadigan qiyosiy-tarixiy metoddan farq qiladi. Shuningdek, qiyosiy-tarixiy metoddan farqli ravishda, chog‘ishtirilayotgan tillarning tarixiga, ularning kelib chiqishiga – genetik jihatlariga, taraqqiyotiga e’tibor bermaydi, ularga asoslanmaydi.1 Agar yuqoridagi nazariy fikrlarni adabiyotga tatbiq qilsak, tahlil bir millat yoki bir hudud adabiyoti doirasida olib borilsa, adabiy hodisalarning genetik jihatlariga e’tibor qaratilsa, bunda qiyosiy-tarixiy metoddan (mas., «o‘zbek mumtoz adabiyotida ramzlar qiyosi»), turli millatga mansub adabiyotlar tadqiqi va tahlili asosida (mas., rus va o‘zbek, ingliz va ispan) u yoki bu adabiy hodisalarning spetsifik xususiyatlari ochib berilsa, chog‘ishtirma metoddan foydalaniladi. Qiyoslash natijalarini baholashning mezonlari Qiyoslash natijalarini baholash yuqorida ko‘rib o‘tilgan qiyosiy tahlil vazifalarining qay darajada bajarilganiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Ilmiy adabiyotlarda qiyoslash natijalarini xolisona baholashning tarixiy, gnoseologik, mantiqiy, metodologik, ma’naviy-g‘oyaviy va boshqa mezonlari mavjud. Ularni aniqroq tasavvur qilish uchun, ba’zilarini ko‘rib chiqamiz. Tarixiy mezon – qiyosiy tahlil natijalarining tarix faktlariga qanchalik mos kelishini baholashdir. Gnoseologik mezon – qiyosiy tahlil natijalarini ularning bilish nazariyasi qonunlari va tamoyillariga mos kelishi nuqtayi nazaridan baho berishdir. 1 Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Б.263. 28 29 Mantiqiy mezon – qiyosiy tahlil natijalarining mantiq qonunlari talablariga mos kelishini baholashdir. Metodologik mezon – qiyosiy tahlil natijalarining qaysi metodlarga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligi nuqtayi nazaridan baholashdir. Ma’naviy-g‘oyaviy mezon – bu qiyosiy tahlil natijalarining jamiyat ma’naviyati, g‘oyaviy maqsadlariga qay darajada mos kelishini e’tiborga olib, baho berishdir. Xullas, yuqoridagi mezonlar qiyosiy tahlil natijalarini baholash, komparativistik tadqiqotning ilmiy-nazariy jihatlarini aniqlash imkonini beradi. Qiyosiy tahlil natijalarining xolisligini ta’minlash shartlari Qiyosiy tahlilda haqqoniy, xolis natijaga erishish uchun quyidagilarga diqqatni qaratish lozim: Birinchidan, qiyosiy tahlilni yakuniga yetkazmoqchi bo‘lgan tadqiqotchi qiyosiy adabiyotshunoslikning nazariy, metodologik va metodik asoslarini bilishi kerak. Bu borada ular bilishning nazariy va empirik vositalari imkoniyatlaridan unumli foydalana olishi lozim. Ikkinchidan, qiyosiy tahlil obyektlari mavjud bo‘lgan, mavjud yoki mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muhitning xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Boshqacha aytganda, ilmiy izlanuvchi, qiyosiy tahlil jarayoniga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan barcha holatlarni tahlilga tortishi kerak. Uchinchidan, qiyoslash faqat statistik ma’lumot yig‘ish va ko‘rsatishdan iborat bo‘lib qolmasligi kerak. Qiyoslash obyektlari to‘xtovsiz o‘zgaradi, tadqiqotchilar ana shuni hisobga olishi kerak. O‘rganilayotgan obyektlarning statistik manzarasi ularning dinamik xususiyatlari bilan to‘ldirilishi, tadrijiy takomili ko‘rsatilishi kerak. Aks holda qiyosiy haqiqat to‘laqonli, xolis bo‘la olmaydi. Demak, olib borilgan statistika, dinamika bilan birga tahlil va talqin qilinishi lozim. To‘rtinchidan, tahlilda subyektivizmga yo‘l qo‘ymaslik. Soxta qiyoslash, muayyan manfaatlarga xizmat qilishi mumkin, lekin fan rivojiga xizmat qilmaydi. Ba’zi tadqiqotchilarning bir-biriga umuman to‘g‘ri kelmaydigan filologik jihatlarni qiyoslashi, ana shunday soxta qiyoslashga olib keladi. Natijada, qiyosiy tahlil mazmuni va natijalari buzib ko‘rsatiladi, odamlarning ijtimoiy ongida noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘ladi. Masalan, Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» asaridagi Otabekning ishqiy sarguzashtlarini, Jorj Bayronning Don-Juan obrazi ishqiy sarguzashtlari bilan qiyoslash kutilgan natijani bermaydi. Demak, qiyosiy tahlilning asosiy qoidalari, talablari bajarilmasa, adabiy hodisalarni qiyoslash jarayoni noxolis natijalar beradi. Nazorat savollari: 1. Metodologiya nima va qanday ilmiy tadqiqot metodlarini bilasiz? 2. Qiyosiy-tarixiy metod chog‘ishtirish metodidan qanday farq qiladi? 3. Qiyoslash natijalarini baholashning qanday mezonlari mavjud? 4. Qiyosiy tahlil natijalarining xolisligini ta’minlash shartlari nimalardan iborat? 5. Qanday holatlarda adabiy hodisalarni qiyoslash jarayoni noxolis natijalar beradi?

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə