O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev


Bu turdagi sud- psixologik ekspertizasi quyidagi holatlarda o’tkazilishi mumkin



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə116/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

Bu turdagi sud- psixologik ekspertizasi quyidagi holatlarda o’tkazilishi mumkin:
a) ayblanuvchi yoki sudlanuvchining shaxsi haqidagi malumotlarda shubha uyg’otganda;
b) shaxsiy xususiyatga berilgan qarama-qarshi bahoni aniqlashda;
v) shaxsning o’zini o’zi tutishida, xulqida va muhim vaziyatlarda aniq harakatlar bajarishini ko’rsatuvchi shaxsiy xarakter xususiyatlarini aniqlash kerak bo’lganda;
g) ayblanuvchi yoki sudlanuvchi shaxsning shaxsiy psixologshs xususiyatlarini aniklash kerak bo’lganda, ya’ni shaxs jinoyat sodir etishga qadar bo’lgan va uning xulqiga ta’sir etuvchi, shakllantiruvchi, niyatini amalga oshirishga turtki bo’lgan motiv, shu shaxsning o’zigagina xos bo’lgan psixologik xususiyatlari tekshirilishi kerak bo’lganda (yuqori darajadagi ta’sirchanlik; ta’sirga darrov berilib, xatti-harakatga kirishuvchanlik; qaysarlik, o’z fikridan qaytmaslik; kayfiyatinining ustunlik qilishi, yoki kayfiyatiga bo’ysunuvchanlik; masalani o’zgacha hal etish; fikr yuritish tezligi kabi xarakter xususiyatlari jinoyat sodir etilishida ahamiyatli ta’sir etganda bu holatlar o’rganilib chiqilishi kerak bo’ladi).
d) shaxsning individual psixologik xususiyatlariga asoslangan holda uning ba’zi bir xarakatlarini psixologik jihatdan izohlab berish kerak bo’lganda ekepertizaning bu turiga murojaat etiladi.
Bu turdagi ekspertiza asosan ayblanuvchi, yoki sudlanuvchi shaxslarga nisbatan shubhalanish paydo bo’lganida shaxsdagi individual psixologik xususiyatlarni tekshirish lozim bo’lganda o’tkaziladi.
Amaliyotni ko’rsatishicha hozirgi vaktda sud- psixologik eksperitzasining avvalgi turlari asosan dastlabki tergov faoliyati jarayonida o’tkazilgan bo’lsa, shaxsning individual psixologik xususiyatlarini tekshirish uchun o’tkaziladigan bu sud- psixologik ekspertizasi ishning sudda ko’rilishi jarayonida olib borilishshga talab etadi. Bundan ko’rinib turibdiki, jinoyat sodir etgan shaxsning psixologik portretini va psixo­logik mexanizmlarining nozik jihatlarini chuqur analiz qilib, to’g’ri va to’liq xulosa chiqarish uchun faqatgina sudyaga kerakli hisoblansa va sud hukmiga ahamiyatli bo’lsa, hamda sudya bunga ahamiyat bersagina, bu turdagi ekspertiza o’tkazilishi mumkin.
Bu turdagi sud- psixologik ekspertizasining o’tkazilishida ekspertpsixologga har turli savollar berilishi mumkin.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə