O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev


O’zgani eshitish – bu sa’nat demakdir



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə71/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

O’zgani eshitish – bu sa’nat demakdir. Ushbu san’atga ega bo’lish uchun yurist o’z ustida yillar davomida ishlash lozim.


Guvoh, jabrlanuvchi, ayblanuvchi va gumon kilinuvchi shaxslardan kerakli bo’lgan ma’lumotni olishning psixologik xususiyatlari
Suhbatdosh bilan psixologik aloqa o’rnatish va uning ongi, ong ostidagi psixik doiralariga ta’sir ko’rsatish muloqotning amalga oshirilishidagi yutug’larga olib keladi.

Amaliyotda insonlarning psixik faoliyatlaridagi qonuniyatlarga asoslangan xolda ulardan kerakli bo’lgan ma’lumotlarni olish turli xil usullar orqali amalga oshiriladi (ongga ta’sir o’tkazish va ong ostidagi doiraga ta’sir o’tkazishning maxsus usullari orqali).


Ong ostidagi doira – ong ostidagi nazariyaning mazmunini tashkil qiladi va inson organizmining normal hayotiy faoliyatini belgilaydi. Ong ostidagi nazariyaning vazifasi shundan iboratki u ongimizning «muhofaza qiluvchi mexanizmi»ni tashkil qiladi va uni, ya’ni ongni, ikkinchi va uchinchi darajaga ega bo’lgan ma’lumotlardan xolis etadi (bo’shatadi), insonning ish faoliyatida hulqiga halaqit beruvchi qarama–qarshi ma’lumotlarni chiqarib tashlaydi.
Yurist faoliyatida kerakli bo’lgan ma’lumotlarni o’rganish davomida ko’proq ong ostida namoyon bo’luvchi psixik jihatlarga ta’sir o’tkaziladi. Chunki ayiblanuvchi (guvoh, jabrlanuvchi, gumonlanuvchi) shaxs ongli ravishda ma’lumot berishdan bosh tortsa, uni ong ostidagi doirasida yig’ilgan ma’lumotlarni berishga undash mumkin bo’ladi.
Buni 2 ta asosiy yo’llar bilan amalga oshirish mumkin:
1) Nutq orqali kerakli faktlar to’g’risida ma’lumot berish;
2)Jismoniy va ekspressiv harakatlar orqali ma’lumot berish harakatlari.
Ushbu ikki yo’lni ishga solish uchun qo’yidagi usullardan foydalanish lozim:
1) aniq predmetlarni ko’rsatish orqali subyektning xotirasida kerakli bo’lgan obrazlarni jonlantirish va bevosita gapirtirish (plakatlar, e’lonlar, muzey eksponatlari orqali;
2) suhbat davomida aralash mavzularni qo’llash (to’g’ridanto’g’ri savollar emas, balki “chetdagi” savollar bilan mavzuni yoritish);
3) aniq savollarni o’rtaga qo’yish (bu savollar mavzuga tegishli bo’lib subyektga yaxshi tanish bo’lishi va ular psixologik jihatdan tasdiqlangan va ishonarli darajada bo’lishi lozim.);
4) suhbatga «tortish» paytida subyektning aniq psixologik holatini shakllantirish lozim (emosional o’zgarishlar: qizarib ketish, ko’z yoshlari muloqotning davomiyligiga halaqit berishi mumkin). Berilayotgan savollar, xatti-harakatlarning normal psixik holatiga ta’sir kursatadi;
5) jinoiy faoliyatga ta’luqli bo’lgan predmetlarni ko’rsatish (bu jarayonda subyektning psixik holatiga nazar tashlash lozim);
6. fauvqulotdagi, qisqa muddatli, o’ta psixologik vaziyatlarni yuzaga keltirish (bu vaziyatlarga subyektning munosabatini aniqlab olish) lozim;
7) suhbatga tabiiy hayotiy holatini yaratish va subyektni bu holatga ko’nikishini ta’minlash (sharoit qanchalik oddiy bo’lsa subyekt sharoitga tez ko’nikadi va suhbat o’z samarasini beradi).
Qiziqtirayotgan shaxsga baho berishda formal va noformal usullardan foydalanish mumkin.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə