O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev


Insoniylikka zid, tajovuzkorona yo’nalishdagi jinoyatchilar



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə87/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

Insoniylikka zid, tajovuzkorona yo’nalishdagi jinoyatchilarboshqa shaxslarning hayoti, sog’lig’i va shaxsiy qadr qimmatiga mensimay munosabatda bo’ladigan shaxslar. Bu guruhda ham quyidagi to’rtta kichik guruh mavjud:
a) bezorilar;
b) ashaddiy bezorilar;
v) haqorat va tuhmat orqali shaxsning sha’ni va qadr qimmatiga ziyon yetkazuvchi shaxslar;
g) shaxsga qarshi tajovuzkorona zo’ravonlik harakatlari – qotillik, nomusga tegish, badanga og’ir shikast yetkazish jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar.
O’z navbatida, shuni ta’kidlash lozimki, yuridik psixo logiyaning alohida bo’limida ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatchilikning psixologik jihatlari ko’rib chiqiladi, bunda maishiy va kasbiy ehtiyotsizlik tadqiq etiladi.
Texnikaning jadal rivojlanishi va hayotning turli sohalariga kuchli energetik manbalarning kirib borishi bilan ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladigan jinoyatlarning ijtimoiy xavfi keskin oshganligini ko’rish mumkin. Shu sababli bunday jinoyatlarning psixologik mexanizmini ochib berish muhim vazifa bo’lib, ehtiyotsiz xatti-harakatlarni shaxsning individual xususiyatlari bilan bog’lashga imkon beradi.
Garchi ehtiyotsizlikning psixologik manbaini tavsiflashda
«e’tiborsizlik», «yengiltaklik» va «beparvolik» kabi iboralar ishlatilsada, biroq ularning yuzaga kelish mexanizmi hamon noma’lumdir. Shu bois, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladigan jinoyatlarning psixologik mexanizmini ochib berish, ehtiyotsiz xulqni subyektning ichki ruhiy olami va u asoslanadigan qadriyatlar tizimi bilan bog’lash muhimdir.
Ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etadigan jinoyatchilar tipini to’rt turga ajratish mumkin:
  • beparvolik, harakatsizlik natijasida jinoyatga yo’l qo’yadigan shaxslar;


  • o’ziga haddan tashqari ishonish natijasida jinoyat sodir etadigan shaxslar;


  • kuchli ruhiy hayajon (affekt holati) natijasida va boshqa shaxslarning g’ayriqonuniy harakatlariga javoban jinoyat sodir etadigan shaxslar;


  • vaziyatga moslasha olmagani bois jinoyat sodir etadigan shaxslar.


Qadriyatli yo’nalishda nuqsonlari mavjud bo’lgan individual jinoyatchi shaxsni jinoiy guruh a’zosi bo’lgan jinoyatchi shaxsdan farqlash lozim. Jinoiy guruh a’zosi bo’lgan jinoyatchining muhim jinoiy belgisi uning guruhiy mavqyei, jinoiy guruhdagi rolli funksiyasidir.


Jinoyatchi shaxsning tasnifi – “jinoiyhuquqiy” tasnif bo’lib, shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasi tushunchasi bilan muvofiq kelishi kerak. Jinoyat qonunchilik normalarida ijtimoiy xavf, uning darajasiga aniq ta’rif berilgan. Jinoyatlar o’z xususiyati va xavflilik darajasiga ko’ra: ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan; uncha og’ir bo’lmagan; og’ir va o’ta og’ir jinoyatlarga bo’linadi.
Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ko’p muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ko’p bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar qiradi.
Uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko’p bo’lmagan muddatga ozodlik mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Og’ir jinoyatlarga qasdan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin o’n yildan ko’p bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar qiradi.
O’ta og’ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o’n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar qiradi1.
Jinoyatchi shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasi tavsifi sodir etilgan qilmishning ko’pligi, ularning shakl va turlari bilan bog’liq emas. Bu jinoyatchi shaxsga tabaqalashgan holda yondashish imkoniyatini kamaytiradi. Jinoyatning og’irligi bu o’rinda shaxsning qanchalik chuqur jinoiylashganligi bilan bog’lanmaydi. Baho qilmishni sodir etgan shaxsga emas, balki qilmishning o’ziga beriladi.
Ayni vaqtda jinoyatchining har bir tipi o’ziga xos «shaxs sxemasi» yo’nalishiga ega.

Shuningdek, jinoyatchi shaxs o’zining huquqiy ongi darajasi va jinoyat sodir etishga tayyorligi mezonlari bo’yicha ham tasniflanadi. Ushbu mezon bo’yicha quyidagi jinoiy tiplarni ajratish mumkin.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə