O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev


-MAVZU: JINOYATNI OCHISHNING PSIXOLOGIK TOMONLARI. VOQYEA JOYINI KO’ZDAN KECHIRISH VA GUVOHLANTIRISH PSIXOLOGIYASI. (2 SOAT)



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə93/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

8-MAVZU: JINOYATNI OCHISHNING PSIXOLOGIK TOMONLARI. VOQYEA JOYINI KO’ZDAN KECHIRISH VA GUVOHLANTIRISH PSIXOLOGIYASI. (2 SOAT)
1.Moddiy va ma’naviy izlarning jinoyatni ochishdagi informasion manbalik roli.
2.Muommoli qidiruv vaziyatlariga psixologik tavsif. Jinoyatning informasion mantiqiy modeli.
3.Tergov jarayonida yuz berishi mumkin bo’lgan nizoli vaziyatlar.
4.Tergovchining ko’zdan kechirish faoliyatidagi fikrlashi va faoliyatining maqsad tomon yo’naltirilganligi.
5.Qoldirilgan moddiy izlardan jinoyatchi shaxsining individual xususiyatlarini aniqlash.
6.Qoldirilgan moddiy izlardan jinoyatni sodir yetish usuli, maqsadi va motivlarini aniqlash.
7.Jinoyat izlarini yo’qotish, niqoblashning psixologik asosda amalga oshmasligi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini barpo yetish jarayonida inson huquqlarini ta’minlashning mustahkam qonuniy asoslari yaratilgan. Insonparvarlik g’oyalari asosida shakllangan milliy qonunchilik tizimi bosqichmabosqich takomillashmoqda.
Sudhuquq tizimini isloh yetish yo’lida qabul qilingan barcha qonunlar inson huquq va yerkinliklarini izchil ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash bilan bog’liq davlat siyosatini amalga oshirish mas’uliyati yuklatilgan huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga, tegishli qonunchilik asoslarini yanada demokratlashtirish va liberallashtirishga alohida e’tibor qaratilayotir.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12- noyabrdagi qo’shma majlisida ta’kidlaganidek, jinoiy-huquqiy sohadagi siyosatni takomillashtirishda jinoyat va jinoyat-prosessual qonunchiligini yanada liberallashtirish va insonparvarlik tamoyillariga muvofiqlashtirish eng muhim yo’nalishga aylandi.
Darhaqiqat, 2010 yil 22- dekabrda matbuotda e’lon qilingan “O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasiga qo’shimcha kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni ham buning amaldagi yana bir ifodasidir. Ushbu qonun bilan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o’tkazish” deb nomlangan 177-moddasi “Tayyorlanayotgan yoki sodir yetilayotgan jinoyat haqida o’z ixtiyori bilan arz qilgan va jinoyatni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi” degan to’rtinchi qism bilan to’ldirildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur qonun kelgusida latent jinoyatlari, ya’ni sodir yetilgan, ammo aniqlanmagan va davlat organlariga xabar qilinmagan jinoyatni o’z vaqtida aniqlash va ular oqibatlarining oldini olish maqsadida fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishini rag’batlantirishga yo’naltirilgan.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177moddasida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o’tkazish uchun jazo belgilangan. Jumladan, mamlakatimizda prokuratura organlari tomonidan 2007-2009 yillarda va 2010 yilning birinchi yarmida Jinoyat kodeksining yuqorida qayd yetilgan moddasi bilan 1 ming 264 jinoyat ishi qo’zg’atilib, ular bo’yicha 2,9 million AQSh dollari, 3,7 million Rossiya rubli, 7,8 million Qozog’iston tengesi, 32,7 ming yevro va 1,9 milliard so’m daliliy ashyo sifatida olib qo’yilgan.
Tahlillarning ko’rsatishicha, mazkur sohadagi jinoyatlarning 85 foizi ixtiyoriy ravishda tergov bilan hamkorlik qilishga rozilik bildirgan hamda noqonuniy valuta operasiyasining bir tarafi bo’lgan fuqarolarning arizalari asosida o’tkazilgan tadbirlarda fosh yetilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, aksariyat hollarda fuqarolarning ariza bilan ishtirok yetishi bu jinoyatning yuqori latentligi va isbotlashning murakkabligi bilan izohlanadi. Chunki valuta qimmatliklarini saqlashning o’zi jinoyat sifatida ye’tirof yetilmaydi va javobgarlik faqat ularni qonunga xilof ravishda olganda yoki o’tkazganda kelib chiqadi. Biroq, Jinoyat kodeksining 177-moddasida o’z ixtiyori bilan jinoyat haqida arz qilgan va uni ochishda faol yordam bergan shaxslar javobgarlikka tortilmasligi haqida norma mavjud emas.
Zero, Jinoyat kodeksining ayrim moddalarida o’z ixtiyori bilan jinoyat haqida arz qilgan va uni ochishda faol yordam bergan shaxslarni javobgarlikdan ozod yetishni ko’zda tutuvchi normalar mavjud. Ular ushbu turdagi jinoyatlar sodir yetilishining oldini olishda hamda ochishda dolzarb ahamiyat kasb yetadi. Jumladan, Jinoyat kodeksi 212-moddasining to’rtinchi qismiga muvofiq, basharti pora olishberishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir yetgandan keyin bu haqda o’z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko’ngildan pushaymon bo’lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo’lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Xuddi shunday me’yorlar O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 157, 159, 160, 211 va boshqa bir qator moddalarida ham o’z aksini topgan.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasida o’z ixtiyori bilan jinoyat haqida arz qilgan va uni ochishda faol yordam bergan shaxslarni javobgarlikka tortmaydigan norma mavjud emasligi fuqarolarni huquqtartibot idoralari bilan hamkorlik qilishga undamas yedi. Shu bois, ushbu moddaga kiritilgan qo’shimcha valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va o’tkazish bilan bog’liq xatti-harakatlarni, ya’ni xorijiy valyutalarning g’ayriqonuniy aylanmasiga chek qo’yish, ushbu ijtimoiy xavfli harakatlarning oldini olish hamda sodir yetilgan noqonuniy xatti-harakatlarni ochishda fuqarolarning huquqtartibot idoralari bilan hamkorlik qilishini faollashtiradi. Bundan tashqari, jinoyat qonunchiligiga kiritilgan mazkur o’zgartish mohiyatiga ko’ra, olijanoblik, insonparvarlik va bag’rikenglik tamoyillariga asoslanganligini hamda jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirishni namoyon yetadi.
Xulosa qilib aytganda, “O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasiga qo’shimcha kiritish to’g’risida”gi qonunning ijtimoiy hayotga tatbiq yetilishi, avvalo, fuqarolarning huquqtartibot idoralari bilan hamkorligini yanada faollashtirishga, latent jinoyatlarni o’z vaqtida aniqlashga hamda shu sohaga oid jinoyatlarning kamayishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, ayni paytda shaxsning manfaatlari ustuvorligini, huquq va erkinliklarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Jinoyatni tez va har tomonlama to’liq ochishda voqyea sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish tergov harakati juda muhim ahamiyatga ega. Voqyea sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish – bu, jinoiy ishni ochishda unga aloqador bo’lgan moddiy obyektlar, ularning belgi va bog’liqliklari, xususiyatlarini topish va o’rganish demakdir.
Voqyea sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish jinoiy ish to’g’risida ma’lumot yig’ish jarayonini tashkil qiladi. Bu jarayonni ko’zdan kechirish davomida tergovchi turli hil ma’lumotlarni izlab topish va qulay yo’llar yordamida sodir bo’lgan voqyeani hayolan ko’z oldiga keltirishga xarakat qiladi. Ya’ni sodir bo’lgan hodisa borasida versiyalar tuzadi.
Jiniy ish sodir bo’lgandan so’ng unga tegishli joyning tashqi ko’rinishi o’zgarib qolgan bo’lishi mumkin. Bu o’zgarishlarga dahildor bo’lgan dalillar yig’iladi va ular batafsil tekshiriladi va o’rganiladi.
Ko’zdan kechirishdagi yutuq va kamchiliklar o’zining ahamiyatiga ko’ra jinoyatni ochishga taalluqli versiyalarni yuzaga keltiradi (versiyalar yuritiladi). Lekin dastlabki versiyaning namoyon bo’lishi tergov ishini olib borishida salbiy natijalarga olib kelishi mumkin.
Voqyea sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish davomida jinoiy ishga taalluqli bo’lgan jinoyatning izlari boshqa buyum dalillarda namoyon bo’ladi.
Voqyea sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish boshqa tergov harakatlarining asosiy qismi bo’lib hisoblanadi (masalan, qo’lga olish, tintuv o’tkazish, tergov eksperimenti, ko’rsatmalarni joylarda tekshirish va h.k). Ushbu jarayon jinoyatni ochishda, dalillarni topishda eng asosiy tergov harakati bo’lib hisoblanadi, chunki jinoyatga aloqador bo’lgan ma’lumotlarni faqat o’sha joyda olish mumkin (qo’l-oyoq izlari, buzish qurollari va h.k.)
Hodisa joyini ko’zdan kechirish davomida tergovchi voqyeaning ko’rinishini ko’z oldiga keltiradi va versiyalar chiqaradi. Bu versiyalar keyingi tergov harakatlarini belgilab berishga yordam beradi. O’z ko’zi bilan ko’rish har qanday bayonnoma, sxema, suratlar, hujjatlarning tahlilidan afzaldir.
Hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish zudlik bilan amalga oshirilishi lozim, chunki bu ishning kechiktirilishi izlar va dalillarni yo’qolishiga olib keladi. Shuning uchun tergovchi tezlik bilan maqsadga intilgan holda o’z diqqatini jamlab harakat qilishi lozim.
Hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirishdan avval tashkiliy masalalarni hal etish lozim. Ya’ni, tezkor guruhni yig’ish, ilmiy texnikaviy vositalarni tanlash va tekshirib ko’rish, mutaxassislarni taklif qilish, joyni muhofaza qilish va h.k.
Hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish tergovchi rahbarligida mutaxassis, ekspert va boshqa ishtorikchilar huzurida yatkaziladi. Bu ish murakkab majmuadagi faoliyat bo’lib uning ishtirokchilari birnechta bo’lishlari mumkin (tergovchining harakatlari, surishtiruvchi organ hodimlari, mutaxassislar, xolislar va boshq.). Bu xodimlarning ishtirokini tergovchi puxta o’ylab chiqishi va tashkillashtirishi kerak.
Tergovchining faoliyati birnechta operasiyalardan iborat:
-faoliyat mohiyatini bilishi, vaziyatni qabul qilishi, faktlar, hodisalarni inobatga olishi va ular o’rtasidagi bog’liqlikni o’rnatish, taxminlar va versiyalar chiqarishi;
-faoliyatning qidiruv elementlari: o’zgarishlarni ko’ra olishi, izlarni olishi, daliliy isbotlarni aniqlashi;
-faoliyatining tashkiliy elementlari: muhofazani ta’minlashi, joyni ko’zdan kechirish mobaynidagi qatnashchilar orasida funksiyalarni taqsimlanishini belgilashi;
-faoliyatining tasdiqlash elementlari: mustahkamlash, tasdiqlash, faktlar, daliliy isbotlarni, izlarni belgilashi kabilar.
Jinoiy voqyealar tashqi dunyoda o’z izlarini qoldiradi. Tergov ishlarining kamchiliklaridan biri aynan shu izlarni ko’ra olmaslikdir.
Izlarni paydo bo’lishidagi asosiy qonuniyatlarni ko’ra olgan tergovchi hayolan jinoiy hodisa bo’yicha versiya tuza olishi mumkin (masalan, odam o’ldirish, o’g’rilik, tajovus ko’rsatish, bosqinchilik, qilishga oid izlar).
Bu izlarni joylarda ko’ra olish uchun tergovchidan kasbiy va hayotiy tajriba talab qilinadi. Tergovchining kuzatuvchanligi, hodisa sodir bo’lgan joyni rejali va maqsadiy ko’zdan kechirish natijasida bu ish muvafaqiyatli amalga oshiriladi.
Voqyea sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish davomida ko’pchilik tergovchilar tekislikni kuzatish bilan chegaralanib qoladilar (xonaning poli, yo’lning asfalt bilan qoplanganligi va h.k) va ko’pincha shu tekislikning “usti” va “ostida” nimalar bo’lishi to’g’risida o’ylab ko’rmaydilar.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə