O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə98/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

Olib qo’yish
Olib qo’yish tintuvga juda ham o’xshashdir. Xuddi tintuv singari bu tergov harakati ham fuqarodan, shuningdek, turli xil korxona, muassasa va tashkilotlardan jinoiy ishga ahamiyati bo’lgan hujjat va predmetlarni olishga qaratilgan. Ammo tintuvdan farqli o’laroq olib qo’yish har doim aniq ma’lum bir buyum va hujjatlarga nisbatan, ular qayerda va kimda ekanligi aniq bo’lganda qo’llaniladi.
Olib qo’yishda qidiruv ishlariga hojat yo’q, binobarin, olib qo’yishni o’tkazishda fuqarolarning manfaatlariga ta’sir nisbatan kamroq bo’ladi. Olib qo’yishda tergovchining vazifasi birorbir shaxsga yoki rahbarga ma’lum bir hujjatni yoki predmetni berishni taklif qilishdir. Rad javobi olinganda esa narsa yoki hujjatni majburiy olib qo’yish qo’llaniladi.
Davlat siriga ega bo’lgan hujjatlarni olib qo’yish holatlaridan tashqari olib qo’yish uchun prokurorning sanksiyasi talab qilinmaydi. Olib qo’yish diplomatik vakolatxonalar joylashgan yerlarda yoki ularning oila a’zolari istiqomat qiladigan joylarda o’tkazilsa, ularning roziligi bilan va albatta prokuror va Tashqi ishlar vazirligi xodimi huzurida o’tkazilishi zarur.
Olib qo’yishda ishtirokchilar doirasi xuddi tintuvdagi singaridir. Tintuvda qo’llaniladigan asosiy tavsiyalar olib qo’yishga nisbatan ham ishlatilishi mumkin. Agar ma’lum bir joyda kerakli hujjat yoki predmetlar bo’lmasa, ularni boshqa yerdan qidirish mumkin emas, chunki unda bu olib qo’yish emas, tintuv bo’ladi.
Olib qo’yish tintuvning bir qismi emas, balki mustaqil tergov harakatidir.
Olib qo’yishda aynan ish uchun ahamiyatli narsani yoki hujjatni, kopiyasini emas, uning asl nusxasini olishni ta’minlash zarur. Ana shunday xavfxatar mavjud bo’lganda, olib qo’yishga tintuvdagi singari mutaxassisni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Masalan, buxgalteriya hujjatlarini olib qo’yishda revizor, auditor yoki ekspertni taklif qilish zarur.
Agar o’g’irlangan (tortib olingan, tamagirlik yo’li bilan olingan) buyumlarni olib qo’yish ko’zda tutilgan bo’lsa, jabrlanuvchini taklif qilish mumkin.
Olib qo’yishni muvaffaqiyatli o’tishi ko’p hollarda tergovchining olib qo’yilayotgan shaxs bilan, olib qo’yish o’tkazilayotgan tashkilot vakili bilan aloqasiga bog’liq. Bunday vaziyatda shuningdek, kuzatuvchanlik va kerakli hamma narsa olinganligiga ishonch ham katta ahamiyatga ega. Agar tergovchi obyektlarni yashirilganligini his qilsa, u holda tintuv haqida qaror chiqaradi va tintuvga kirishadi.
Olib qo’yishning alohida turiga pochta-telegraf yozishmalarini hibsga olish va ularni olib qo’yish kiradi. Yozishmalarni olib qo’yish odatda, yashirinayotgan shaxsni, o’g’irlangan mulkni, berkitilgan qimmatbaho boyliklarni va boshqalarni topish uchun ishlatiladi. Pochtatelegraf yozishmalarini olib qo’yish faqat prokurorning sanksiyasi yoki sud qarori bilan amalga oshiriladi. Hibsga olish (olib qo’yish) haqidagi qarorda kimning yozishmalari va nima munosabat bilan hibsga olinganligini ko’rsatish zarur. Qaror odatda, tergovni qiziqtirayotgan yozishmalar kelib tushishi lozim bo’lgan (yoki doimo kelib tushadigan) aloqa bo’limi rahbari tomonidan ijro etiladi. Amalda aloqa bo’limi rahbari qarorda ko’rsatilgan yozishmani ushlab turadi va tergovchini bundan boxabar qiladi. Tergovchi yozishmalarni olib qo’yishni xolislar huzurida amalga oshiradi va bayonnoma bilan qayd qiladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə