O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev


Shartli ravishda tanitadigan jarayonni insonning psixik faoliyati nuqtai nazaridan quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə109/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

Shartli ravishda tanitadigan jarayonni insonning psixik faoliyati nuqtai nazaridan quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
-tanib olish subyekti bo’ladigan obyektni idrok qilish. Aslida tanib olish uchun ko’rsatishdan avval keladigan ushbu bosqich psixologik nuqtai nazardan juda muhim bo’lgan obyektni idrok etish, idrok etilayotgan obyektning muhim (relevant) alomatlarining guvoh (jabrlanuvchi va boshq.) boshqalar tomonidan o’zlashtirilishi, bilib olinishi jarayoni, boshqacha qilib aytganda, obyektni perseptiv o’rganish jarayoni va shu asosda uning obrazini shakllantirish jarayonidan iboratdir.
Idrok qilinayotgan obyektning belgilari deganda tanib olish maqsadida foydalaniladigan xususiyatni yetarli darajada idrok qilish tushuniladi. Obyekt belgisining har biri alohida yoxud verbal darajada batafsil bayon qilinmaydigan, bir butun sifatida idrok qilinadigan bir yoki bir necha tanib olishga imkon beradigan omillardan iborat bo’lishi mumkin.
Masalan, tanib olish uchun ko’rsatishda shaxsning tanib olishda yordam beradigan aniq belgisini ko’rsatishga qiynalayotgan guvoh, shunga qaramasdan, muayyan etnik turdagi shaxs uchun xos bo’lgan tashqi ko’rinishi bo’yicha uni tanib olishi mumkinligini ta’kidlaydi. Uning alomatlarini batafsil bayon qilmasdan, obrazni bunday bilib olish qidirilayotgan shaxsni guvoh tanib ololmaydi degani emas (predmetlarni tanib olish uchun ko’rsatishda ham xuddi shunday bo’lishi mumkin). Shu bilan birga, shuni ham nazarda tutish lozimki, idrok qilinayotgan obyektning perseptiv obrazini bilib olishga obyektiv va subyektiv omillar ta’sir ko’rsatadi.
Tergovchiga obyektning belgilari sirasiga kiruvchi masalalarni aniqlashtirishdan tashqari, obyektning idrok qilinishiga, guvohning intellektual, mnemik qobiliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi obyektiv va subyektiv omillarni diqqat bilan baholashni tavsiya qilish mumkin.
So’roq qilish jarayonida guvoh bilan muloqot paytida unda bo’lib o’tadigan tergov harakatiga qiziqishni, ish bo’yicha haqiqatni tiklashda dastlabki tergov organlariga yordam berish istagini uyg’otish muhimdir;
  • ko’rsatilgan obyektlarni tanib oluvchi shaxsning ongiga muhr- langan obraz bilan solishtirish (qiyoslash). Bunday qiyoslash ulardan birini tanlash (bilib olish, tanib olish) bilan yakunlanadi. Turli obyektlarni tanib olish uchun ko’rsatishning prosessual tartibi, shartlari qonunda ko’rsatilgan (O’zbekiston Respublikasi JPK 127– 129-m.).


Jinoyatlarni tergov qilishda istalgan obyekt (ayniqsa, odamlar)ni tanib olish uchun ko’rsatish vaziyati psixologik jihatdan ancha murakkab hisoblanadi, chunki tanib oluvchiga ko’plab turli tashqi omillar ta’sir ko’rsatadi.


Bundan tashqari, ushbu tergov harakatining barcha ishtirokchilari, birinchi navbatda, tanib oluvchining o’zi tanib olishning natijalari turli jinoiy-huquqiy, ma’naviy-ruhiy oqibatlarga olib kelishi va bu unga alohida mas’uliyat yuklashi, orttirilgan psixik bosim holatini keltirib chiqarishini tushunishadi.
Tergov vaziyatini tahlil qilish dastlabki tergov faoliyatining shaxs huquq va erkinliklari bilan bog’liqligi bois tergov jarayonida xatoliklarga yo’l qo’ymaslik, noto’g’ri yo’nalishda ishni davom ettirmaslik, eng muhimi haqiqatni aniqlash va jinoyat prosessining vazifalarini ro’yobga chiqarish uchun zarur.
Tanib olish natijalarining tergovchi tomonidan baholash bos- qichi tanib olish jarayonining mantiqiy tugallanishi hisoblanadi. Ushbu jarayonning natijasi tergovchi uchun ravshan bo’lishi va shu tufayli uni baholashning aniq mezonlari belgilanmaganligi sababli, tanib olish jarayoniga daxldor barcha dalillar majmui yordamida baholanadi hamda isbotlash jarayonida foydalaniladi. Ya’ni, ular tergovchining ichki ishonchi asosida ish bo’yicha boshqa dalillar bilan birgalikda baholanadi. Tanib olish natijalarini tasdiqlovchi bosh- qa dalillarning mavjud bo’lmasligi, bundan tashqari, ushbu ma’lumotlarda ziddiyatlarning mavjudligi olingan natijalarning nisbatan ishonchliligiga shubha uyg’onishiga jiddiy asos bo’lib hisoblanadi.
Shunday qilib, tanib olish – bu natijalari asosan tanib oluvchi shaxs tomonidan tanib olinuvchi obyekt (predmet, fuqaro va boshq.)ni psixologik jihatdan to’g’ri idrok qilinishiga bog’liq bo’lgan samarali tergov harakatidir. Bunda asosiy vazifani tergovchi bajaradi. Ushbu bajariladigan ishlarni yuksak psixologik darajada o’tkazish muvaffaqiyatga, eng muhimi, jinoyat ishi bo’yicha haqiqatni aniqlashga olib keladi.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə