O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev


Guvoh va jabrlanuvchi shaxslarni so’roq qilish psixologiyasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə105/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

Guvoh va jabrlanuvchi shaxslarni so’roq qilish psixologiyasi
Jinoiy ishda guvoh va jabrlanuvchilarning ko’rsatmalari ahamiyatlidir. Ularni so’roq qilish uchun quydagi tayyorgarlik darajasiga ega bo’lish kerak.
Guvoh va jabrlanuvchilarni so’roq qilishga qaratilgan tayyorgarlikning asosiy tartiblari:
  • jinoiy ishning materiallari va aniqlash uchun ko’zda tutilgan savollar jarayonini tahlil qilish;


  • so’roq qiluvchilar shaxsini o’rganib chiqish;


  • so’roqning yutug’i uchun kerakli bo’lgan sharoitlarni qo’llash;


  • tergovchining hulqi, xatti-harakatlari inobatga olinadi.


So’roqqa taklif qilinayotgan shaxsga ehtiyotkorlik bilan yondoshish lozim. Uni qo’rqitib yubormaslik uchun to’g’ri keladigan vaqt va imkoniyatlarni ishga solib ko’p kuttirib qo’ymaslik kerak. Psixologik aloqa o’rnatishning eng qulay usuli bu telefon orqali so’roqqa chaqirtirish. Chunki telefon orqali so’zlashuv ortiqcha hayajonlarni bartaraf qiladi va qarindoshurug’ va qo’niqo’shnidan so’roqqa chaqirilishini yashirish uchun yaxshi imkoniyatini beradi.


Bemorlar so’roqqa chaqirilmaydilar, tergovchi o’zi ularning yoniga boradi.
Jinoiy ishning belgilarini izohlash uchun guvoh (jabrlanuvchi) lar voqyea sodir bo’lgan joyga taklif qilinadilar.
Guvohlar alohida-alohida so’roq qilinadilar.
So’roqning yaxshi natijasiga ega bo’lish uchun tergovchi mohirona ish tutishi lozim. Bu yerda unga ilmiy bilim, shaxsiy sifatlar, qat’iyatli bo’lishi, adolatli, haqgo’y, o’zinio’zi tuta olishi, idoraviy va ruhiy mustahkam bo’lishi kabi ijtimoiy-psixologik sifatlar yordam beradi.
Guvoh va jabrlanuvchilar tomonidan faktlarni yodga olishlari uchun tergovchi ularga erkin so’zlashish imkoniyatini yaratib berishi lozim. Voqyeaning faktlari batafsil va puxta izohlanishi kerak.
Ularning ongiga jinoiy ish sodir bo’lganligini singdirish lozim.


Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi shaxslarni so’roq qilish psixologiyasi
Ularning prosessual holati har hil bo’lganligi bilan, psixologik nuqtai nazardan farqi juda katta emas.

Gumon qilinuvchi – har hil psixologik holatlarda bo’lishi mumkin (bir qaraganda o’ziga ishonadi, yoki ishonmaydi, g’amgin, o’zini yo’qotgan).


U ish yuzasidan katta ma’lumotlarga ega bo’ladi va shuning uchun qarshi harakat qilishga intiladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə