O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev


So’roqda qatnashishi shart bo’lgan shaxslarni taklif qilish



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə103/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

6. So’roqda qatnashishi shart bo’lgan shaxslarni taklif qilish
Qonunga binoan ayrim hollarda so’roq paytida tilni bilmaydiganlar uchun tarjimon, karsoqovlar uchun himoyachi, voyaga yetmaganlar uchun pedagog va qonuniy vakil qatnashishi shart.
Prokuror vaziyatga qarab barcha tergov harakatlari, jumladan, so’roqda ham qatnashishi mumkin. Bu shaxslarni taklif qilish va qatnashishini ta’minlash tergovchining zimmasiga yuk­latilgan.
7. So’roq rejasini tuzish
Reja so’roqni to’g’ri tashkil etish va samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Oddiy ko’rinishda u so’roq qilinuvchidan aniqlanishi kerak bo’lgan holatlar haqidagi savollardan iborat bo’ladi. Tergovchi to’g’ri ko’rsatma berishdan bosh tortishi mumkin bo’lganlar, ayniqsa, gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni so’roq qilishda barcha holatlarni nazarga olgan holda reja ishlab chiqishi kerak.
Unda ish holati, oydinlashtirilishi lozim bo’lgan masalalardan kelib chiqqan holda beriladigan savollar, so’roqda foydalanilishi mumkin bo’lgan materiallar aks etishi zarur. Tergovchi so’roq qilinuvchining o’zini qanday tutishiga qarab harakat qilishi, qaysi taktik usulni qo’llashi haqida so’roqqacha o’ylab qo’yishi lozim. Bu esa so’roq paytida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan qarama-qarshiliklarga ruhan tayyor bo’lishni ta’minlaydi.
So’roqning taktik holatlari
So’roq paytida tayaniladigan bir qator tamoyillar mavjud. Xususan, so’roq qilinuvchi bilan ruhiy aloqa o’rnatish muhim shart hisoblanadi. Har bir so’roq qilinuvchi o’ziga xos fe’latvor, ruhiyat, kasbiy ko’­nik­malarga ega. Tergovchi ish yuzasidan to’liq va xoli­sona axborot olishni xohlar ekan, so’roq qilinuvchining tabiatini, dunyoqarashini, holatini hisobga olmog’i darkor.
Ish yuzasidan to’liq axborot olish so’roq qilinuvchining vijdonan hamkorlik qilishga, axborot berishga tayyor ekanligiga bog’liq. Bunday hamkorlikka erishish uchun tergovchi axloqodob me’yorlariga qat’iy rioya qilgan holda qarshisida o’zi bilan teng huquqqa ega bo’lgan inson turganligini his qilishi zarur.
So’roqning taktik usullaridan biri so’roq qilinuvchi ish yuzasidan erkin hikoya qilishi uchun sharoit yaratishdir. Buning uchun tergovchi o’zining birinchi savolini so’roq qilinuvchining holatni aytib berishini chegaralab qo’yadigan tarzda bermasligi kerak.
Tergovchi zaruratsiz so’­roq qilinuvchining gapini bo’lib qo’ymaslikka harakat qilishi va o’zini ish bo’yicha barcha holatlardan xabardordek tutishi lozim.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə