O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə72/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

Formal usullarga – maqsadga yo’naltirilgan kuzatuv va suhbat, xujjatlarni tahlil qilish, tarjimai holni o’rganish, turli anketa ma’lumotlarni qo’llash kabi usullar kiradi (ong darajasida)
Noformal usullarni – turli intuitiv imkoniyatlar yordamida qo’lga kiritilgan ma’lumotlar tashkil qiladi (ong osti darajasida)
Shaxsni o’rganish sxemasi
Qiziqtirayotgan shaxsni o’rganish davomida qo’yidagi maxsus sxemadan foydalaniladi.
1) Umumiy ma’lumotlar: tug’ilgan vaqti va joyi, millati, ma’lumoti, mutaxassisligi, ish joyi, mansabi, oilaviy sharoiti, turar joyi, siyosiy partiyalarga aloqadorligi va h.k.
2) Tashqi belgilari:
-yuzi (qisqacha og’zaki portreti, yuz tuzilishi);
-bo’yi (past, o’rta, baland, bo’yidagi kamchiliklar);
-og’irligi va badanining tuzilishi (oriq, oriqroq, to’la, o’ta to’la va h.k.);
-tashqi qiyofasi, kiyinishi (toza yoki toza emasligi, modaga rioya qilgan yoki qilmaganligi va h.k.);
-xatti-harakatlari (yaxshi, yomon ta’surot qoldiradi);
-ovozi (yoqimli, yoqimsiz, ko’chli, dumog’li va h.k.);
3) Hayotiy yo’li:
-ota-onasi (tug’ilgan joyi va vaqti, millati, turar joyi va h.q.);
- yoshlik damlari (oiladagi hayoti, oiladan tashqari, nechanchi farzand, aka-singillari, ularning munosabatlari, hayotidagi voqyealarning ta’siri va h.k.);
-maktab (maktabning yo’nalishi, qaysi maktabni tugatgan, yaxshi ko’rgan fanlari, tenqurlari bilan munosabatlari, maktab intizomini buzganligi yoki buzmaganligi, yutug’lari, o’qish faoliyatidagi baholari va h.k.);
-o’quv yurtlar (kirishning sababi, yutuqlari, olgan bilim, qo’nikma, malakalari, 16-19 yoshdagi ko’zga ko’ringan voqyealari);
-mehnat faoliyati va harbiy xizmati (mehnat va harbiy xizmatning xarakteri, ularga munosabati, mehnat faoliyatining shaxsga bo’lgan ta’siri);
-oilaviy hayoti (bolalari, kim bilan turmushda).
4) Hayotiy tarmoqlari:
-oilasi (eri, xotini, ota-ona va bolalariga munosabati);
-kasbi va mutaxassisligi;
-siyosiy va jamiyatdagi faoligi;
-bo’sh vaqtini o’tkazishi;
-sog’ligi;
5) Hulqi:
-doimiy qayfiyati (me’yorida, baland, yomon, qiyinchiliklarga bo’lgan munosabati, o’zini yo’qatib qo’yishi yoki yo’qotib qo’ymasligi, befarq bo’lishi);
-xissiyotlarining ko’rinishlari (tez, o’rta, oson jahli chiqishi, arzimas narsalarga kayfiyatining buzulishi);
- irodasining ko’rinishi (mustaqil, mustaqil emas, intizomli, qat’iy, qo’rqmas va h.k.);
-murakkab vaziyatlardagi hulqi (tinchlikni saqlaydi, o’zini yo’qotib qo’yishi, nutqi va harakatlarining mantiqiyligi yoki bunday emasligi);
-ichib olgan holatidagi hulqi (tinch, agressiv, nazoratni yo’qotishi, o’z-o’zi bilan bo’lishi, sergap, holi qolishi va h.k.);
-ahloqiy hulqi (ahloq normalariga rioya qilishi, ayollar bilan munosabati, rostgo’yligi, murakkab munosabatlarda jasurlik ko’rsatishi va h.k.).

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə