O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə70/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

Yurist – amaliyotchi muloqot davomida qiziqtirayotgan shaxsning nafaqat tashqi qiyofasi, balki uning subyektiv dunyosi, rejalari, qilmishlarini tushunishga harakat qilishi lozim. Shu bois, birinchi ta’surotlarning yuzaga kelishida 3ta bosqich ish olib borish kera bo’ladi, ya’ni:
1) jismoniy individning tashqi xususiyatlari (jinsi, bo’yi, mimikasi, kiyimi, yurishturishi, rolliy jihatlari va h.k.)ni aniqlash;
2) hamkorning emosional va hulqiy ko’rinishlari va umumiy psixik holatlarini belgilash;
3)maqsadga muvofiq fikr yuritish va emosional ta’surotlar ostida hamkor obrazini tuzish (ijtimoiyrolliy va individualshaxsiy tomonlarini nazarda tutgan holda) va h.k.
Muloqot davomida shaxslar bir biriga bo’lgan tasavvurida yoqishi va yoqmaslik ma’nolarini bildirib qo’yishlari mumkin. O’zaro birbiriga yoqish jihatlari ijobiy munosabatlar orqali vujudga keladi. Shuning uchun, yurist psixologik aloqani o’rnatish va rivojlantirish paytida obyekt tomonidan o’ziga tegishli yoqish hisiyotini uyg’otishi lozim.
Bu yerda yurist va uni qiziqtiruvchi shaxs o’rtasida samiymilik, shaxsiy qadriyatlarning birligi, (ya’ni «yaxshi» va «yomon» tushunchalarning uyg’unligi), umuminsoniy ahloqiy normalarga rioya qilish kabi xislatlar namoyon bo’lishi lozim. Ya’ni, yurist va uni qiziqtiruvchi shaxs (obyekt) bir hil fikr yuritishlari, o’zlarining ichki dunyolarini birlashtirishi va tushinishlari kerak bo’ladi.
Muloqot jarayonida yurist o’zining erudisiyasi, intellektual jihatlari, sosial – psixologik tomonlari bilan ajralib turishi, o’zgalarni diqqat bilan eshitishi, ularning ko’zlariga qarab kerakli imoishoralar qila olish mahoratiga ega bo’lishi kerak.
Deyl Karnegi o’zining «Do’stlarni qanday ortirish mumkin va shaxslarga qanday ta’sir o’tkazish kerak?» kitobida o’zgalarga yoqish uchun 6 –ta usulni qo’llash kerakligi haqida gapirib o’tadi:
1. Suhbat davomida muloqatchi bilan samimiy munosabatda bo’lish;
2. Ko’proq jilmayish;
3. Suhbat davomida suhbatdoshning ismini ko’proq tilga olish;
4. Suhbatdoshni qiziqtiruvchi mavzular to’g’risida gap yuritish;
5. Suhbatdoshning nodir va betakrorligini o’ziga anglatish;
6. Suhbatdoshni diqqat bilan eshitish va o’zi to’g’risida so’z yuritishga undash.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə