O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev


K.Levin tomonidan tavsiya qilingan



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə66/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

K.Levin tomonidan tavsiya qilingan “fazoviy zarurat maydoni” nazariyasi psixologiya fani uchun (o’z davrida) muhim ahamiyat kasb etadi. K.Levinning nazariyasiga ko’ra individning xulqi (xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini o’tovchi ishtiyoq (intilish), maqsad (niyat) lar bilan boshqarilib turiladi va ular fazoviy zarurat maydonining ko’lami va tayanch nuqtasiga yo’naltirilgan bo’ladi.
Yuqorida tahlil qilingan (sharhlangan) har bir nazariya shaxsning ijtimoiy xulqi (xatti-harakati) ni o’zgalar uchun yopiq yoki mahdud muhit xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tushuntiradi, bu o’rinda odam xohlaydimi yoki yo’qmi bundan qat’i nazar mazkur sharoitga moslashmog’i (ko’nikmog’i) zarur, degan aqidaga amal qilinadi.
Bizningcha, barcha nazariyalarda inson hayotining ijtimoiytarixiy vaziyatlari va obyektiv shart-sharoitlari mutlaqo e’tiborga olinmaganga o’xshaydi.
Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo’lib, u biogenetik, sosiogenetik omillarning qimmatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar taraqqiyotining birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Ushbu yondashishning uchta mustaqil yo’nalishga ajratib tahlil qilish mumkin, chunki ularning har biri o’z mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o’zaro tafovutlanadi.
Psixikaning irrasional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo’lmish emosiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyandalaridan biri bu amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o’ziga xos betakror xususiyatga egadir.
Birinchi davr go’daklik. Ushbu davrda go’dakda ongsizlikka asoslangan tashqi dunyoga nisbatan “ishonch” tuyg’usi vujudga keladi. Buning bosh sababchisi otaonaning mehrmuhabbati, g’amxo’rligi va jonkuyarligining nishonasidir. Agarda go’dakda ishonch negizi paydo bo’lmasa, balki borliqqa nisbatan ishonchsizlik hissi tug’ilsa, u taqdirda voyaga yetgan odamlarda mahdudlik, umidsizlik shaklida aks etuvchi xavf vujudga kelishi, ehtimol.
Ikkinchi davrda, ya’ni ilk bolalikda jonzodda yarim mustaqqillik va shaxsiy qadrqimmat tuyg’usi shakllanadi yoki aksincha, ularning qarama-qarshisi bo’lmish uyat va shubha hissi hosil bo’ladi. Bolada mustaqillikning o’sishi, o’z tanasini boshqarishga keng imkoniyat yaratib, bo’lg’usida shaxs xususiyatlariga aylanuvchi tartib va intizom, mas’uliyat, javobgarlik, hurmat tuyg’ularini tarkib toptirishga puxta zamin hozirlaydi.
Uchinchi davr o’yin yoshi deb atalib 5 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’ziga qamrab oladi. Mazkur davrda tashabbus tuyg’usi, qaysidir ishni amalga oshirish va bajarish maylini tarkib toptiradi. Mabodo unda xohishistakni ro’yobga chiqarishning yo’li to’sib qo’yilsa, ushbu holatda bola o’zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur yosh davrida davra, ya’ni guruhiy o’yin, tengqurlari bilan muloqotga kirishish jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi, natijada bolaning turli rollar sinab ko’rishiga, xayoloti o’sishiga imkon yaratiladi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg’usi, uni tushunish mayli tug’ila boshlaydi.
To’rtinchi davr maktab yoshi deb nomlanib, undagi asosiy o’zgarishlar ko’zlagan maqsadga erishish qobiliyati, uddaburonlik va mahsuldorlikka intilish tuyg’usi bilan ajralib turadi. Uning eng muhim qadriyati omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Ushbu yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham ko’zga tashlanadi va ularning qatoriga ijobiy xislatlari yetarli darajada bo’lmaganligi, ongi hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammolarni yechishda aqlzakovatning yetishmasligi, bilimlarni o’zlashtirishda qoloqligi (sustligi) va hokazo. Xuddi shu davrda shaxsda mehnatga nisbatan individual munosabati shakllana boshlaydi.
Beshinchi davr o’spirinlik o’zining betakror xislati, individualligi va boshqa odamlar bilan keskin tafovutlanishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, o’smirlik shaxs sifatida noaniqlik, muayyan rolni uddalamaslik, qat’iyatsizlik singari nuqsonlarga (illatlarga) egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati “rolni kechiktirish”ning o’zgarishi hisoblanib, birmuncha taraqqiyot bosqichiga ko’tarilishining daqiqasidir. Unda ijtimoiy hayotda bajarayotgan rollarining ko’lami kengayadi, lekin ularning barchasini jiddiy egallash imkoniyati mavjud bo’lmaydi, vaholanki bu kezda o’spirin rollarda o’zini sinab ko’rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o’spirinlarda o’z-o’zini anglashning psixologik mexanizmlarini batafsil tahlil qiladi, unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen (kasallik qo’zg’atuvchi) jarayonlar va ularning turli ko’rinishlari namoyon bo’lishini sharhlaydi.
Oltinchi davr yoshlik boshqa odamga (jinsga) nisbatan psixologik intim yaqinlashuv qobiliyati (uquvi) va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, jinsiy mayl bu sohada alohida o’rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tanholik va odamovilik kabi bexosiyat xususiyatlari bilan tafovutlanadi.
Yetinchi davr yetuklik davri deb atalib, hayot va faoliyatning barcha sohalarida (mehnatga, ijodiyotga, g’amxo’rlikda, pusht qoldirishda, tajriba uzatishda va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg’usi unga uzluksiz ravishda hamroh bo’ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki vazifasini bajaradi. Shuningdek, mazkur davrda ayrim jihatlarda turg’unlik tuyg’usi nuqson (illat) sifatida hukm surishi ehtimoldan holi emas.
Sakkizinchi davr, ya’ni qarilik inson tariqasida o’z burchini uddalay olganligi, turmushning keng qamrovligi, undan qanoatlanganligi (qoniqqanligi) tuyg’ulari bilan tavsiflanadi.
Salbiy xususiyat sifatida ushbu yoshda hayotdan, faoliyatdan noumidlilik, ulardan ko’ngil sovish his-tuyg’ularini ta’kidlab o’tish o’rinlidir. Donolik, soflik, gunohlardan forig’ bo’lishlik bu yoshdagi odamlarning eng muhim jihati, saxovati hisoblanadi, binobarin, har bir alohida olingan holatga nisbatan shaxsiyat va umumiyat nuqtai nazardan qarash ularning oliy himmati sanaladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə