O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev


Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə62/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri bu uning individualligidir, ya’ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig’indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi.
Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o’xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi qayg’ualam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo’lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqyelikning mangulikka yo’nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o’zining qadrqimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta’lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o’zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko’pincha, ularda har xil vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, o’zaro hyech bir o’xshamagan rollarni ijro etadi. Masalan, otaonaning, oilaning “egovi”, injiq, “Zo’ravon” bola o’z tengqurlari davrasida ehtiyotkorona harakat qilib, o’zini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaqtida boshqalarga qo’shilmaydigan sayohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va hamkorlikda, ulfatchilikda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan masalalardan bitta odamning o’zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan birbiriga qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turlituman vaziyatlarga, sharoitlarga mos, ularga mutanosib bo’lgan jihatlarni (jabhalarni) namoyon qiladi, uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqasida va shu singarilarida o’z zimmasiga olgan rollarni birbiriga qarama-qarshi emas, balki o’zaro hamohang tarzda o’ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining, sifatlarining birbiriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko’rsatuvchi alomatlardan biri bo’lib, undagi qarama-qarshilik, ziddiyat va shakllanib ulgirmagan xususiyatlarning ko’rsatkichi uning turli vaziyatlarda bajariladigan rollarning o’zaro birbiriga zidligi yoki nomutanosibligi hisoblanadi.
Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o’z zimmasiga olgan vazifalari va rollari qanchalik rangbarang bo’lmasin, turmushdagi mavqyei ko’p ma’no, ko’p qirrali xususiyatga ega bo’lishidan qat’i nazar, inson shaxsiga to’la mos keladigan haqiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi.
Unga beriladigan tavsif faqat uning o’ynaydigan asosiy rollarini, egallagan mavqyeining individualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqlash bilan emas, balki uning ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni o’zlashtirishga nisbatan munosabatini o’rganish orqali beriladi. O’zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif uning asosida gumanistik, mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va bu ijtimoiy jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi.
Jahon psixologiyasi fanining ilg’or taraqqiyparvar, gumanistik tadqiqotchilarining tajribasida ko’rsatilishicha, shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlari (xarakter xislati, temperament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, aqliy qobiliyatlari, iste’dod darajalari, barqaror qiziqishlari, hukmron motivlari, hissiyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, alohida odamda betakror, barqaror, turg’un birlikni tashkil etadi.
Bu esa, o’z navbatida shaxsni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qat’iyligi, stereotipligi to’g’risidagi fikrni qat’iy tasdiqlashga imkon yaratadi.
Psixik holatlar, hodisalar (hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar) uzluksiz ravishda o’zgarib turishi, ijtimoiy guruhlarda, hayotiy vaziyatlarda odam o’z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulqatvorning o’zgarishi, yoshni ulg’ayib borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik ta’sir asosida) muayyan darajada barqarorlikni saqlaydi.
Mazkur nisbiy barqarorlik odam qatnashadigan uning yashash sharoitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg’unlikda shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig’indisining doimiyligi bilan uzviy bog’liqdir. Biroq biz qayd qilib o’tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki shaxsni psixik tuzilishining o’zgarishi jahon psixologlarining bir qator tadqiqotlarida o’rganilgan. Bu o’zgarishlar odamning yashash muhiti, amalga oshiradigan faoliyatida namoyon bo’luvchi hisoblanib, ular ijtimoiy ta’sir, tarbiya sharoitiga bevosita aloqadordir.
Demak, shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o’zgaruvchan xususiyatlari inson xislatlarining yaxlitligi va o’zaro bog’liqligidan, tarkib topuvchi murakkab birlikdan iboratdir. Odatda shaxsni psixologik jihatdan o’rganish o’z tarkibiga ikki asosiy ilmiy muammoni qamrab oladi.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə